Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad va vazifalari. (2-soat) Reja


-mavzu: TIKUVCHILIK MASHINASOZLIGI


Download 1.14 Mb.
bet28/57
Sana16.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1514987
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57
Bog'liq
ma\'ruza servis 2222222

10-mavzu: TIKUVCHILIK MASHINASOZLIGI. (2-soat)
Reja:

  1. Tikuvchilik mashinasozligi

  2. Hozirgi vaqtda jahonda tikuv mashinalarini ishlab chiqaruvchi firmalar

  3. «Durkopp-Adler» firmasi haqida umumiy malumot.

  4. Tikilayotgan kiyimdagi nuqsonlar.

Mamlakatimiz mustaqillik yillarida ahоli ehtiyojini sifatli mоllarga bo´lgan talabini qоndirish maqsadida respublikamizga juda ko´plab chet el texnоlоgiyalari kirib kela bоshladi. Shu bilan bir qatоrda qo´shma kоrxоnalar sоni yildan-yilga оrtib ketishi kuzatilmоqda. Bоzоr iqtisоdiyoti sharоitida asоsiy e`tibоr sifatga qaratish jоizdir.


Mamlakatimizdagi barcha turdagi sanоat kоrxоnalarida sifatli mahsulоtlar ishlab chiqarish, hamda jahоn bоzоrlarida raqоbatbardоshligini оshirish uchun birinchi navbatda kоrxоnalarda mavjud bo´lgan eski asbоb-uskunalarning o´rniga zamоnaviy bo´lgan xоrijiy davlatlarning asbоb-uskunalari bilan jihоzlash, ishlab chiqarishda idishlarga jоylashtirish, saqlash va transpоrtda tashish davrida, hamda ulardan samarali fоydalanishda qo´yilgan talablarga riоya qilish, mahsulоt sifatini barqarоrligini ta`minlash lоzim bo`ladi. Shu bilan birgalikda davlatlar оrasida iqtisоdiy, texnikaviy, madaniy alоqalarni rivоjlantirish va tiklash, xalqarо tashkilоtlar tоmоnidan ishlab chiqarilayotgan standartlarni uyg`unlashtirishdir.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulоtlarning ekspоrt salоhiyatini оshirib bоrish natijasida uning ishlab chiqarish darajasining yaxshilanishiga оlib keladi. Mahsulоt sifatidan davlatning texnik takоmillashgani va rivоjlanganligiga bahо bersa b´oladi.
Hozirgi vaqtda jahonda tikuv mashinalarini ishlab chiqaruvchi 100 dan ortiq firma va korxonalar mavjud. Shulardan eng yirik firma va mashinasozlik korxonalari haqida to‘xtalamiz. «Zinger» mashinasozlik firmasi tashkil qilinganidan hozirga qadar asosan charm va tikuvchilik mahsulotlarini tayyorlashga mo‘ljallangan moki baxyali maishiy va sanoat tikuv mashinalarini ishlab chiqaryapti. «Shtrobel» (Germaniya) firmasining 200 dan ortiq turli tipdagi ko‘rinmas chok hosil qilib tikuvchi mashinalari ko‘p davlatlarda, jumladan, mamlakatimiz yengil sanoati korxonalarida keng qo‘llanilmoqda. Zanjirsimon baxyali tikuv mashinalari Amerikada «Yunion Spetsial», yarimavtomatik ravishda ishlaydigan tikuvchilik sanoati mashinalari esa «Riss» firmalarida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. «Rimoldi» (Italiya) firmasida ishlab chiqarilayotgan bir, ikki va ko‘p ipli zanjirsimon baxyali takomillashtirilgan, avtomatik boshqaruvli va murakkab texnologik jarayonlarni bajaruvchi maxsus tikuv mashinalarida tikish sifatini nazorat qiluvchi elektron qurilmalar o‘rnatilgan (2-rasm). «Torrington» firmasida esa barcha ko‘rinishdagi tikuv mashinalari uchun ignalar tayyorlanadi. Keyingi 25–30 yil ichida Yaponiyada tikuvchilik sanoati mashinasozligi ancha rivojlandi. «Yamoto», «Juki», «Kansai Spetsial», «Seyko» firmalarida pnevmatik va elektron-mexanik qurilmali avtomatik va yarimavtomatik mashinalar, avtomatik boshqaruvli tizimlar katta hajmda ishlab chiqarilyapti. «Juki» firmasining zanjirsimon baxyali yo‘rmab tikish mashinalari barcha turdagi gazlamalarni sifatli tikishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda texnik va texnologik talablarga javob beruvchi qo‘shimcha mexanizm va qurilmalar qo‘llanilgan (3-rasm). XIX asr oxirlaridan boshlab Germaniyadagi «Pfaff», «Adler», «Durkopp» firmalari poyabzal va kiyim tikishga mo‘ljallangan moki va zanjirsimon baxyali tikuv mashinalarini boshqa davlatlarga eksport qilmoqda. «Durkopp-Adler» mashinasozlik firmasida avtomatik va 2-rasm. «Rimoldi» (Italiya) firmasining avtomatik boshqaruvli murakkab texnologik jarayonlarni bajaruvchi tikuv mashinari.
«Durkopp-Adler» firmasining yarimavtomatik tikuv mashinalari. «Juki» (Yaponiya) mashinasozlik firmasining gazlama chetlarini yo‘rmab tikish va maxsus yarimavtomatik tikuv mashinalari. yarimavtomatik tikuv mashinalari (4-rasm), texnologik jarayonlar uchun hisoblash texnikasi, elektron boshqaruv qurilmasi, mikroprotsessor vositalaridan keng foydalanilgan ixtisoslashgan sistemalar ishlab chiqarilyapti. «Tekstima» mashinasozlik birlashmasida maishiy va sanoat tikuv mashinalari, «Pannoniya» (Vengriya) mashinasozlik kombinatida tugma qadash, halqa hosil qilish yarimavtomatlari, bichish mashinalari va dazmollash uskunalari, «Minerva» (Chexoslovakiya) firmasida asosan siniq baxya qatorli tikuv mashinalari ishlab chiqarilmoqda. Podolsk (Rossiya) mexanika zavodi dunyo miqyosida taniqli mashinasozlik korxonasi hisoblanib, ishlab chiqaradigan ko‘p turdagi sanoat tikuv mashinalari, yarimavtomatlari puxtaligi va uzoq muddat ishlashi bilan alohida o‘rin egallaydi. «Rostov» mexanika zavodi ishlab chiqargan yo‘rmab tikish mashinalari sanoatimizda keng qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari, «Toyota» (Yaponiya), «Bernina» (Shveytsariya), «Xuskvarno» (Shvetsiya) firmalarida ishlab chiqarilgan tikuvchilik sanoati mashinalari va uskunalariga talab ortib bormoqda.
Tikilayotgan kiyimdagi baxyaqator ko‘rinishi ham moki tanlanishiga bog‘liq. Yashirin zanjirsimon baxya hosil bo‘lishda yoysimon ko‘rinishdagi igna (1), igna plastinasi (3) tagidagi bo‘rttirgich (2) qatnashadi. Yoysimon igna (1) gazlama (4) qatlamining yarim qalinligiga anchiladi. Bu jarayon ignaning yoysimon trayektoriya bo‘yich harakati orqali ta’minlanadi. Zanjirsimon baxyali tikuv mashinalarida moki funksiyasini chalishtirgich bajaradi. Ish jarayonida chalishtirgich (1) igna (2) ipi (4) halqasini ilib olib, hamda vertikal bo‘ladi. Gazlama chetlarini uch ipli yo‘rmab tikuvchi mashinalarda baxya hosil bo‘lish jarayonida igna bilan ikkita ustki va ostki chalishtirgichlar qatnashadi. Bir ipli yo‘rmalash baxyasi igna bilan ikkita kengaytirgich ishtirokida olinadi. Tishli reyka gazlamani bir baxya uzunlikka surish vazifasini bajaradi. Gazlamani surish mexanizmi baxyaqator yirikligini sozlash, gazlama surilish yo‘nalishini o‘zgartirish qurilmalaridan tuzilgan. Gazlama surilishi tishli reyka va tepki ishtirokida amalga oshiriladi. Ba’zi tikuv mashinalarida gazlama surilish jarayonida ikki, uch yoki to‘rttadan iborat ishchi organlari qatnashadi.
Baxya uzunligi yo‘nalishi bo‘yicha bo‘ylama tebranmaharakatlanuvchan igna va tishli reyka ishtirokida gazlama surilishi: 1 — tepki; 2 – igna; 3 – tepki asosi; 4 – ustki material; 5 – ostki material; 6 – tishli reyka. Tishli reyka ellipssimon trayektoriya bo‘yicha harakatlanadi. Ip tortgich ignaning pastga harakatida, moki atrofida aylantirilishida sarf bo‘ladigan ipni uzatish va baxyani taranglash uchun xizmat qiladi. Zanjirsimon chok bilan tikuvchi mashinalarda ip tortgich funksiyasini ip uzatgich bajaradi. Ip tortgichlar ko‘p hollarda murakkab harakatlanuvchi richag ko‘rinishida tayyorlanadi. Ip tortgich o‘z funksiyasini igna va moki ishlari bilan hamkorlikda bajaradi.
Tikuv mashinalarida har xil ko‘rinishdagi ip tortgich konstruksiyalari qo‘llanilgan. Ip uzatish sistemasiga ipni taranglash qurilmasini qo‘llamasdan sifatli baxyaqator olib bo‘lmaydi. Moki baxyali tikuv mashinalarida naycha qopqog‘ida prujinali taranglash qurilmasi o‘rnatilgan. Ipning taranglanishi vint yordamida prujinaga bosim berish natijasida ta’minlanadi. Baxyaqator sifati ustki va ostki iplarning taranglik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Taqsimlagich ko‘p ignali tikuv mashinalarida ustki iplarni taqsimlash vazifasini bajaradi. Taqsimlagich ko‘p hollarda bir, ikki va ko‘p ipli zanjirsimon chokli ko‘p chiziqli baxyaqatorlar o‘rtasidagi bitta ipni taqsimlash vazifasini bajaradi. Ipni taqsimlash chok tartibini, ko‘rinishi va xossasini o‘zgartiradi.
Nazorat savollar.

  1. Tikuv mashinalarining turlari?

  2. Tikuv mashinalarining asosiy ishchi organlari?

  3. «Durkopp-Adler» firmasi ishlab chiqargan mashinalari?



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling