Mazkur o‘quv-uslubiy majmua orqali universitetni bitiruvchi talabalar bo‘lg‘usi mutaxassis-kadrlar kundalik ish yuritish jarayonida ko‘plab duch kelinadigan hujjatlar bilan ishlashni o‘rganadilar


Download 1.52 Mb.
bet2/90
Sana14.03.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1266423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
-Davlat tilida ish yuritish

MAJMUA TARKIBI



Sahifasi




  1. Amaliy mashg‘ulotlar matni

6-144- betlar

5.Mustaqil ta’lim mavzulari

145 bet

6.Hujjat turlari ilovalari



146- 155- betlar

Glossariy





156-170-betlar

7.Nazorat savollari va testlar

171-185-betlar



8. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

186-bet

1-MAVZU. «Davlat tilida ish yuritish» faniga kirish .

Dunyodа uch mingdan yeti minggacha til mаvjud, lеkin bаrchа tillаrgа hаm dаvlаt tili dеgаn shаrаfli mаqоm nаsib etmаgаn. Аksаriyat tillаr impеriya dаvlаtlаrning hududidа mа`lum millаtlаrgаginа uy-ro‘zg‘оr tili sifаtidа xizmаt qilаdi. Yer yuzidа o‘z suvеrеn huquqigа egа bo‘lgаn (ikki yuz аtrоfidа) nеchtа dаvlаt bo‘lsа, shungа yaqinroq dаvlаt tili mаvjud bo‘lar ekan. E`tibоr qiling! Milliy qomusimizning ma’lumotiga ko‘ra, Yer yuzidаgi uch ming tildаn аtigi 116 tаsi dаvlаt tili mаqоmigа egа. O‘zbеk tilining bu mo‘tаbаr minbаrdаn o‘rin оlishi, ya`ni dаvlаt tili mаqоmigа egа bo‘lishi - bu bir bаxt, qоlаvеrsа, mo‘jizа!


Shundаy ekаn, qоnun yo‘li bilаn himоyagа оlingаn оnа tilimizni ko‘zimizgа surtishimiz, аsrаb-аvаylаshimiz, uni hаr tоmоnlаmа rivоjlаntirishimiz, uning rаsmiy dоirаdаgi nufuzini yanаdа оshirishimiz vа tаkоmillаshtirishimiz biz uchun fаrzdir.
Mamlakatimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi ona tilimizni yanada takomillashtirishga, unga bo‘lgan e’tiborning yanada kuchayishiga imkoniyat yaratdi. O‘zbek tilini yuksak darajaga ko‘tarish, uni rivojlantirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Milliy istiqlol hayotimizning hech bir istisnosiz barcha sohalarida bo‘lgani kabi ona tilimiz rivoji uchun keng yo‘l ochdi. Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv tildan tashqari, rasmiy –ish yurutish tilini ham bilishi zarur. Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan bugungi kunda o‘zbek tilida mukammal hujjatchilikning shakllanishi uchun butun imkoniyatlar ochildi. O‘zbek tilidagi hujjatchilikini takomillashtirishda mavjud tajribalardan ko‘z yumub bo‘lmaydi. Lekin hali juda ko‘p va xo‘b ishlar qilinmog‘i lozim.
Davlat tilida ish yuritish fanining vazifasi talabalar va o‘quvchilarning ish yuritish bo‘yicha yozma nutq savodxonligini rivojlantirishdan iboratdir. Unda berilgan rasmiy hujjatlarni tayyorlash haqidagi nazariy ma’lumotlar hamda hujjatlarning zaruriy qismlarini to‘gri qo‘yish tamoyillari, mavzularni mustahkamlashga oid mashqlar va topshiriqlar talabalar va o‘quvchilarning bu boradagi amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling