Media savodxonlik Odamlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va


Download 144.15 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.01.2023
Hajmi144.15 Kb.
#1134519
Bog'liq
Media savodxonlik - Vikipediya



Media savodxonlik
Media savodxonlik — Odamlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va
yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplami.
Media savodxonlik isteʼmolchilarga axborot va ommaviy dasturlarda tashviqot, senzura yoki
biron vaziyatni faqat bir tomondan koʻrsatish kabi holatlarga ommaviy axborot vositalarini
nima majbur qilayotganligini tahlil qilish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining egasi,
ularning moliyalashtirish modeli kabi tarkibiy elementlarni tushunish imkonini beradi.
Boshqacha qilib aytganda, media savodxonlik — bu tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini ommaviy
axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qoʻllash qobiliyati.
[1]
Media savodxonlik — insonlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon
beradigan koʻnikmalar toʻplamidir. Qaysi manba ishonchli, qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi mumkinligini
media savodxonligi yuqori boʻlgan odam osongina sezishi mumkin boʻladi.


Ommaviy axborot vositalari yoshlar hayotidagi katta taʼsirga ega kuchdir. Musiqa, televizor,
video oʻyinlar, jurnallar va boshqa ommaviy axborot vositalari dunyoni qanday koʻrishimizga
kuchli taʼsir koʻrsatadi, bu taʼsir koʻpincha bolalik davridan boshlanadi. Ommaviy axborot
vositalarini isteʼmolchilar tanqidiy tahlil qila olishlari uchun ularda media savodxonlik
koʻnikmalari va odatlarini bolalikdan rivojlantirish kerak boʻladi. Bu koʻnikmalarga ommaviy
axborot vositalariga bazaviy darajada kirish, uni muayyan tushunchalar asosida tanqidiy tahlil
qilish, shu tahlil asosida baholash va nihoyat, ommaviy axborot vositalarini oʻzi ishlab
chiqarish kiradi. Media savodxonligi koʻnikmalarini oʻrganishning ushbu jarayoni media taʼlim
deb ataladi.
UNESCO
tashkiloti tomonidan XXI asrda media taʼlimni targʻib qilish madaniy-maʼrifiy
rivojlanishning ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtirof etildi hamda aynan shu yoʻl bilan media
savodxonlikni oshirish mumkinligi takidlandi.UNESCO odamlarning tanqidiy fikrlash va toʻgʻri
qaror qabul qilish darajasini yaxshilash uchun ommaviy axborot vositalari va media
savodxonlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Tashkilot, ayniqsa, siyosatchilar,
oʻqituvchilar, ommaviy axborot vositalari mutaxassislari, yoshlar tashkilotlari va ushbu
sohadagi nochor aholi qatlamlarining salohiyatini oshirishga intiladi, aʼzo davlatlarga milliy
ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligi siyosati va strategiyalarini
shakllantirishda yordam beradi.
Media savodxonlikni oʻrganadigan eng qadimgi tashkilot bu 
National Telemedia Council (http
s://www.nationaltelemediacouncil.org/)
 (Milliy Telemedia Kengashi) Viskonsin shtatining
Madison shahrida joylashgan va Marieli Rou 50 yildan ortiq rahbarlik qilgan. Tashkilot dastlab
„Telemedium“ deb nomlanuvchi media savodxonlik jurnalini nashr ettirgan.
Dunyoning turli mamlakatlarida media savodxonlik boʻyicha dasturlar ishlab chiqilgan. Hozir
ushbu dasturlarni davlatlar kesimida koʻrib chiqamiz.
Turli mamlakatlarda media savodxonlikni oshirish
boʻyicha bajarilgan ishlar
Adabiyotlar
Havolalar


Soʻnggi tahrir 2 oy avval MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Media_savodxonlik&oldid=30
77286
" dan olindi 

Download 144.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling