Mehnat muhofazasi va medisina harakati (faoliyati)ni bajaruvchi insonlarning vazifalari


Download 3.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/209
Sana27.10.2023
Hajmi3.44 Mb.
#1726693
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   209
Bog'liq
мехнат ва соглик мухофазаси(к.жеймс)

 
Zahira rejalar 
 
Zahira rejalari o’z ichiga quyidagilarni olishi kerak: favqulotda choralar
shoshiling telefon raqamlari, favqulotda xodisalar bo’yicha mas’ulning ismi va 
zaruriy ko’riladigan birlamchi choralar. Qutqaruvchilarning barcha o’quv 
xisobotlari ham saqlanishi lozim. 


236 
Xavfli chiqindilar bo’yicha ko’rsatma 
Xavfli chiqindilar bo’yicha ko’rsatma olinmasdan turib xavfli chiqindilar 
masalasini joylarda xal etib bo’lmaydi. Ruxsat olib, joylarda xavfli chiqindilarni 
xatarini bartaraf qilish xarajatlari va ish xajmi katta bo’lishi mumkin (40 qism 270 
CFR). Xavfli chiqindilardan qutulish uchun birinchi bo’lib, mo’ljallangan yig’ib 
olish va tozalash qurilmalaridan foydalaniladi. Korxonalar EPAga bu chiqindi 
haqidagi ma’lumot va uning identifikasiya raqamini yuboradi. Ishlab chiqaruvchi 
yoki chiqindini yig’ib olgan mas’ullar uni qadoqlab va markalab jo’natishga 
tayyorlaydi. Jo’natilgan chiqindilarning keying taqdiri ham ishlab chiqaruvchi 
zimmasida qoladi. Chiqindilarni zararsizlantirishda lisenziyalangan yoqish 
usullaridan foydalanish afzal usul xisoblanib, chunki unda kimyoviy moddalar 
parchalanib boshqa javobgarlik qolmaydi. Ularni ko’mib zararsizlantirish uchun 
esa tegishli idoralarning ruxsati olinishi kerak.
 
Bir jinsli xavfli chiqindilar va ularga yo’naltirilgan Nizom 
Yo’naltirilgan nizom (49 qism 172 CFR)da jamoat yo’llarida xavfli 
chiqindini baxavotir tashish uchun ularni konteynerga to’g’ri qadoqlash talab 
qilinadi. Konteynerlarni markalashda ularni identifikasiyasi, “Xavfli chiqindi” 
so’zi qo’yilishi talab qilinadi. Bunda xavfli chiqindilarni deklarasiyalash ham 
nazarda tutiladi. Bu ma’lumotlat xavfli maxsulot tashish jarayoni xujjatlariga 
biriktirilgan bo’lishi shart. Bu tegishli maxsulotni mo’ljallangan manzilga 
bexavotir olib borishni nazorat qilish va ta’minlash uchun ishlab chiqilga. 
Jo’natilayotgan chiqindilar haqidagi ma’lumot deklarasiyada sanab o’tilganlarga 
mos bo’lishi shart.

Download 3.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling