Metallurgiya kafedrasi


Tajriba ishlarini bajarishning umumiy qoidalari


Download 487.16 Kb.
bet2/17
Sana21.04.2023
Hajmi487.16 Kb.
#1375225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Tajriba

Tajriba ishlarini bajarishning umumiy qoidalari.
Tajriba mashg’ulotlari guruxchalarga bo’lingan holda 3-4 talaba tomonidan bajariladi. Tajribalarni bajarishga texnika xavfsizligi sinovidan o’tgan talabalar qo’yiladi. Bajarilishi lozim bo’lgan tajribalar haqida nazariy va amaliy bilimga ega bo’lgan talabalar, uni bajarishga ruxsat etiladi. Tajriba natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilib, o’qituvchiga topshiriladi.
Hisobotni topshirish tartibi:
1. Har bir talaba alohida hisobot yozadi.
2. Hisobot aniq va ravon yozilishi kerak.
3.Tajribalarni bajarish tartibini talaba bilishi shart.
4. Himoya qilingan yozma hisobot o’qituvchiga topshiriladi.

Texnika xavfsizlik qoidalari.
1. Ishni bajarish tartibini aniq o’rganib olish.
2. O’qituvchining ruxsati bilangina ishni bajarishga kirishish.
3. Hech bir modda va narsani og’izga tatib ko’rish mumkin emas.
4.Talaba jarayonning mazmunini tushuntirib bera olishi hamda kimyoviy reaksiyalarni yoza olishi kerak.
5. Himoyalovchi vositasisiz quruq va suyuq moddalarni qo’l bilan ushlamaslik.
5.Talaba jarayon haqida to’liq va to’g’ri xulosa chiqara bilishi kerak.
6. Maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositasisiz ishlash man etiladi.
7. Ish joyida chekish, ovqatlanish man etiladi.

Laboratoriya ishi № 1
Minerallarning solishtirma massasini aniqlash.
Ishdan maqsad: Ruda, konsentrat vа minerallarning fizik хоssаlarini o’rganish.
Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy malumotlar
Minerallarning solishtirma og’irligi ularni gravitatsiya maydonida ajratish уchун асосiй хусусiят hiсобланадi.
Boyiтish amaliyotida solishtirma og’irlikni aniqlash uchun minerallarning alohida bo’laklari suvda yoki havoda yoki 10 – 15 mm li o’lchov kolbasi, piknometr yordamida 0,01 – 0,02 gr aniqlikkacha analitik tarozida tortish yuli bilan aniqlanadi.
Monokristalning havodagi va suvdagi og’irligini bilgan holda mineralning solishtirma og’irligi quyidagi formuladan hisoblanadi.


(1)
Rudaning olingan Na’munasidan mineralning monokristalini ajratish qiyinligi tufayli minerallarning solishtirma og’irligini aniqlash uchun 1 – 2 mm li bo’laklar lupa yordamida puch tog’ jinslaridan ajratiladi. Shunday qilib, istalgan mahsulot (ruda, kontsentrat va x.k.) ning solishtirma og’irligini aniqlash mumkin.



Download 487.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling