Meva sharbatlari reja: Uy sharoitida mevalarni qayta ishlab sharbat olish


Tarkibidagi muallaq zarralariga qarab etsiz va etli sharbatlarga ajraladi


Download 62 Kb.
bet3/7
Sana12.10.2023
Hajmi62 Kb.
#1699949
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-mavzu

Tarkibidagi muallaq zarralariga qarab etsiz va etli sharbatlarga ajraladi.
E t s i z sh a r b a t l a r loyqa, shaffoflantirilmagan va tiniq, shaffoflantirilgan turlarga ajraladi. Ular meva hujayralarining erimas to‘qimalaridan ajratilgan sharbati. Tamomila shaffof bo‘lishi uchun sharbat maxsus texnologiya asosida tindiriladi va filьtrlanadi. Agar sharbat tiniq bo‘lishi shart bo‘lmasa u holda dag‘al muallaq zarralarni gidromexanik usulda ajratib olish kifoya qiladi.
E t l i sh a r b a t l a r (n e k t a r l a r) ishqalab olingan gomogenizatsiyalangan massaga katta miqdorda qand siropi qo‘shilgan ko‘rinishida ishlab chiqariladi. “Suyuq mevalar” etli sharbatlarning turi hisoblanib o‘ta mayin maydalangan va ozroq miqdorda qand siropi qo‘shilgan meva massasi hisoblanadi.
Shaffof sharbatlar yoqimli tashqi ko‘rinishga ega. Konsistensiya va ta’mi ichimliklarga qo‘yiladigan talabga mos keladi. Shaffof sharbatlar etli sharbatga nisbatan saqlash muddatida kamroq o‘zgarishga duch keladi. Ularni sterillovchi filьtrlash yo‘li bilan konservalash mumkin. Shaffoflantirilgan sharbatlar konsentrlanadi, shaffoflantirilmagan sharbat konsentrlanganda uning tarkibidagi biopolimerlar (pektin, kraxmal) tufayli ular jelelanadi. Agar sharbat lekyor-aroq yoki alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishda YATM sifatida ishlatilsa u holda shaffoflantiriladi. Ayni vaqtda etsiz sharbat ishlab chiqarishda ballast moddalar (sellyuloza) bilan birgalikda qimmatli mineral moddalar hamda suvda erimas provitamin A – karotin ham qisman yo‘qoladi. Shuning uchun karotinga boy xom ashyo (o‘rik, mandarin, apelьsin) -dan etli sharbat ishlab chiqariladi.
Sharbatni kristall shaffof holiga ketlirish mahsulot ta’mini yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Etli sharbatlar ishlab chiqarishda mevaga odatda o‘tkir bug‘ bilan ishlov beriladi, so‘ngra ishqalab maydalaniladi. Buning natijasida mahsulot tarkibiga kondensat qo‘shiladi va melanoidinlar hosil bo‘lish reaksiyalarini hamda vitaminlar parchalanishini jadallashtiradi.
Etli sharbatlar to‘gridan to‘g‘ri ichish uchun juda quyuq konsistensiyaga ega. Shuning uchun ularga suyuq qand siropi qo‘shib qariyb ikki barobar suyultiriladi, suv va qand qo‘shilishi natijasida sharbat o‘z tabiiyligini yo‘qotadi. “Suyuq meva” turdagi etli sharbatlarda bu kamchilik ancha yo‘qotilgan, chunki ularning tarkibida 30-60 mkm o‘lchamli to‘qimalar mavjud.
Etli va etsiz sharbatlar texnologiyalari keskin farq qilganligi uchun ular alohida ko‘riladi.

Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling