Mexanik maydalagich
Valli tegirmon quyidagilardan tarkib topgan
Download 67.22 Kb.
|
Dosnazarov Atabek Kurs jumisi
Valli tegirmon quyidagilardan tarkib topgan:
qobiqdan, tarelkadan va ikkita valdan. Vallar o’qlarga joylashtirilgan, ular podshipniklarga o‘rnatilgan va richaglarga mustahkamlangan. Prujina bosimi va ularning og‘irlik kuchi ta’sirida vallar tarelkaga siqiladi. Tegirmon ustiga esa separator o‘rnatilgan. Tarelka elektrodvigatel va reduktor orqali aylanadi. Tegirmonga berilayotgan material tarelkani aylanishi mobaynida, tarelka va vallar orasida maydalanadi. Xalqa kanali orqali berilgan havo maydalangan materialni tegirmondan separatorga chiqarib beradi. Qolgan mayda fraksiyalar chang bostirgich qurilmasiga yuboriladi, yirigi - separatordan tegirmonning kukunlagichiga qaytariladi. Rolikli-mayatnikli tegirmon quyidagilardan tarkib topgan: qobiqdan, vertikal valdan, yuqorigi qismiga mahkamlangan traversadan. To‘rtta o‘q, roliklar bilan sharnirli traversaga o‘rnatilgan. Vertikal val elektrodvigateldan, remenli uzatgich va konusli tishli uzatgichlar orqali aylanadi. Tegirmon qobig‘ining atrofida xalqasimon qobiq joylashgan. Tegirmon ustiga o‘rnatilgan sektorli oziqlantirgich mahsulotni tegirmonga uzatadi. Oziqlantirgichning barabani remenli uzatgich, val, val va xrapli mexanizm orqali aylanadi. Rolikli-mayatnikli tegirmon quyidagilardan tarkib topgan: qobiqdan, vertikal valdan, yuqorigi qismiga mahkamlangan traversadan. To‘rtta o‘q, roliklar bilan sharnirli traversaga o‘rnatilgan. Vertikal val elektrodvigateldan, remenli uzatgich va konusli tishli uzatgichlar orqali aylanadi. Tegirmon qobig‘ining atrofida xalqasimon qobiq joylashgan. Tegirmon ustiga o‘rnatilgan sektorli oziqlantirgich mahsulotni tegirmonga uzatadi. Oziqlantirgichning barabani remenli uzatgich, val, val va xrapli mexanizm orqali aylanadi. Vertikal valning aylanishi mobaynida markazdan qochuvchi kuchlar ta’sirida roliklar xalqaga siqilishadi. Roliklar orasidan o‘tayotgan material maydalanadi va havo bilan chiqariladi (yoki issiq gaz bilan) va xalqasimon kojux orqali separatorga uzatiladi. Separatordan mayda fraksiya chang bostirgich qurilmasiga yuboradi, yirik fraksiya tegirmonni kukunlagichiga qaytariladi. Issiq gazlarni berish bilan birga tegirmonda materiallarni bir vaqtning o‘zida maydalash va qurilish konstruksiyalarini ham qo‘llash mumkin. Download 67.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling