Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
34
Boig'usi donishmandning otasi uylanishga uylanibdi-yu, lekin ancha vaqt farzand ko'rolmay 
yuribdi. Boyoqish donishmandning otasi deb nom chiqarish ishtiyoqida keragidan ortiq qarib qolgan 
ekanmi, xullas, farzand hasratida ko'p kuyunib yuribdi. Oxiri, kunlardan birida xotini boshqorong'i 
bo’lganini aytibdi. Endi u: «Ishqilib, bola zaif tug'ilsin», deb iltijo qiladigan bo’libdi. Nega deganda
aksariyat donishmandlar nimjon chaqaloqlardan yetishib chiq- 
qan ekan. Xotinning ko'zi yoribdi. Tilab olgan chaqalog'i shunaqayam nimjon ekanki, uning tirik 
qolishiga hech kimning ko'zi yetmabdi. Haytovur, bola o'lmay qopti. Qadim zamonlarda bir 
donishmand shoir o'tgan ekan. Qalin bir kitobda naql etilishicha, o'sha zukko shoir juda yoshligida 
ona sutidan mahrum bo'lgan ekan. Donishmand bolaning otasi shu kitobni topib o'qigach, bir oylik 
chaqaloqni ona ko'kragidan ajratib olibdi. Bola bir yoshida belanchakdan yiqilib, ko'zi shikastlangan 
ekan, otasi bag'oyat xursand bo'libdi. Sababi — allaqaysi bir donishmand ham g'ilay o'tgan ekan. Endi 
uning yagona tilagi qolibdi. Ishqilib, o'g'limning bo'yi o'smasin, deb oh-voh chekib yurganmish. Zotan, 
uning bilishicha, donishmand xalqi aksariyat past bo'yli bo'lar ekan. 
Shu gaplardan keyin men bu bola nima uchun o'zining isminiyam darrov aytib berolmasligiga 
tushundim. Nazarimda, u sukut saqlab javob berishdan ko'ra, ko'proq otini eslashga harakat 
qiladiganga o'xshaydi. 
Hikmat maktabga kelmay qo'yganini eshitib, qattiq xafa bo'ldim. Bechora qizning ahvoli nima 
kechdiykin? 
Kecha maktabda bizni emlab ketishdi. Shuning uchun bugun darsga bormadim. Hozir xatni qutiga 
tashlab kelaman. Keyin arifmetikaga o'tiraman. O'qituvchimiz uyga ancha vazifa bergan edi. Chap 
qo'lim rosa og'riyapti. Hatto qimirlatolmayman. 
Omon bo'l, Zaynab. Senga hamisha muvaffaqiyat tilayman. 
Ahmad Tarbay.

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling