Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 158.58 Kb.
bet5/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

KATTA SHIRK


Katta shirk – Allohga biron bir narsani sherik qilish, teng bilish va u zot bilan birga tosh, daraxt, quyosh kabi boshqa narsalarga ibodat qilishdir. U gunohi kabiralarning eng kattasidir. Allohning O‘zi saqlasin.

«Albatta, Alloh O‘ziga (biron narsaning) sherik qilinishini kechirmas. Shundan boshqa gunohlarni O‘zi xohlagan kishilar uchun kechirur...» (Niso surasi, 48).
Ya’ni shirkni kechirmaydi. O‘zi xohlagan bandalarining shirkdan boshqa gunohlarini kechiradi.
Shirk Alloh taoloning:

«...Albatta, Alloh (O‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, Uning o‘zigina mag‘firatli, mehribondir» (Zumar surasi, 53), oyati karimasidagi «barcha gunohlar» sirasiga kirmaydi.

«...Chunki shirk keltirish katta zulmdir» (Luqmon surasi, 13).

Ya’ni, shirk qabih amal va yaqqol zulmdir, bir narsani o‘z o‘rnidan boshqa o‘ringa qo‘yish, haqqini poymol qilishdir. Kimki yaratuvchi bilan yaralmish – maxluqni, iloh bilan www.ziyouz.com kutubxonasi


4
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy but-sanamni barobar deb bilsa, shak-shubhasiz, u aqlsiz, ahmoqdir. «Zolim» deb nomlanishga, hayvonlar qatorida sanalishga loyiqdir.

«Albatta, kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur».
Kimki Allohdan boshqani iloh deb e’tiqod qilsa, hech qachon jannatga kirmaydi, degan ma’nolarni uqib olish mumkin. Chunki jannat Allohni bir deb biluvchi muvahhidlar makonidir.

«...uning borar joyi do‘zaxdir. Zulm qilguvchilar uchun biron yordamchi bo‘lmas» (Moida surasi, 72).
Ya’ni, uning uchun Allohning azobidan qutqaruvchi ham, yordamchi ham bo‘lmas. Bu haqda ko‘plab oyatlar mavjud.

Kimki Allohga iymon keltirib, mo‘min holida vafot etsa, garchi do‘zaxda gunohiga yarasha azoblansa-da, aniq jannatiy bo‘lganidek, Allohga shirk keltirib mushrik holida o‘lgan kimsa, shak-shubhasiz do‘zaxiydir.

Buxoriy va Muslim rivoyatida kelgan hadisi nabaviyyada shunday deyiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sizlarga gunohi kabiralarning eng kattalari haqida xabar beraymi?» deb uch bor so‘radilar. Biz: «Ha», dedik. «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish», dedilar. Suyangan holda edilar, shundan so‘ng o‘tirib oldilar-da: «Ogoh bo‘linglar, yolg‘on gapirish va yolg‘on guvohlik berish», deya takrorlayverdilar. Hattoki, biz qaniydi, sukut qilsalar, dedik» (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Halok etuvchi yettita gunohdan saqlaninglar», dedilar-da, birinchi navbatda Allohga shirk keltirishni zikr qildilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ey Ibn Xattob, bor, odamlarga «jannatga faqatgina mo‘minlar kiradi», deb jar sol» (Muslim, Ahmad rivoyati).


Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling