Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Menga do‘zaxga birinchi bo‘lib kiradigan uch toifa ko‘rsatildi. Zolim amir, 
molidagi Alloh haqini ado qilmaydigan boy va mutakabbir kambag‘al» (Ibn Xuzayma, Ibn 
Hibbon rivoyati). 
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam aytdilar: «Kimda-kim takabburlik qilib kiyimini sudrab yursa, qiyomat kunida 
Alloh unga qaramaydi» (Buxoriy rivoyati). 
Salama ibn Akva’ roziyallohu anhudan: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning huzurlarida chap qo‘li bilan taom yedi. «O‘ng qo‘lingda ye», degandilar, 
«Yeyolmayman», dedi. Shunda Nabiy: «Yeyolmay qol», dedilar. Uni o‘ng qo‘lda 
yeyishdan faqat kibr to‘sib turgan edi. Shundan keyin u o‘ng qo‘lini og‘ziga olib 
borolmaydigan bo‘lib qoldi» (Muslim rivoyati). 
Ayrim salafi solihlar aytganlarki, Allohga osiylik qilib sodir etilgan birinchi gunoh kibrdir. 
Alloh taolo aytadi: 
«(Ey Muhammad alayhissalom), eslang, Biz farishtalarga Odamga ta’zim qiling 
deyishimiz bilan ular sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib, kofirlardan 
bo‘ldi» (Baqara surasi, 34). 
Kimki Iblisga o‘xshab haqdan kibr qilsa, uning iymoni befoydadir. 
Bandalardan ilmi tufayli takabburlik qiladigan va o‘zini boshqalardan afzal deb biladigan 
kimsa eng yomon mutakabbirdir. Uning ilmi ham befoydadir. Zero, kimki oxirat uchun 
ilm talab qilsa, ilmi uni bosiq – tavoze’li qilib qo‘yadi, qalbi xushu’ga to‘ladi va nafsi 
xotirjam bo‘ladi. Ilm uning nafsiga qo‘riqchi-posbon bo‘lib oladi va yalqovlik qilmasdan 
har vaqt uni nazorat qilib, hisob-kitob qilib turadi. Bordi-yu, g‘aflatda qolsa, nafs haq 
yo‘ldan bo‘yin tovlaydi va halok etadi. 
Kimda-kim faxrlanish, boshliq bo‘lish, musulmonlarni ahmoq qilish, masxaralash va 
o‘zini ustun qo‘yish uchun ilm talab qilsa, yuqoridagi oyat va hadislarda aytilganidek 
jannatga kirmaydi». 
Kuch va quvvat buyuk va oliy Allohnikidir. 
To‘rtinchi gunohi kabira 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling