Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
ichmoqchi bo‘lsam, u qo‘limdan tortib aroqni to‘kib yuborar edi. U ikki yoshga yetgach
vafot etdi. Men qayg‘uda qoldim... Sha’bon oyi edi. Bir kuni yarim tunda ichib mast 
bo‘lib yotib qolibman. Tush ko‘rdim. Go‘yoki qiyomat qoim bo‘libdi. Qabrimdan chiqib 
kelibman. Bundoq qarasam, yonimda katta ajdar meni yemoqchi bo‘lib turibdi. Undan 
qo‘rqib qochdim, u esa orqamdan quvlay boshladi. Har qancha tez chopsam ham, undan 
butunlay qochib ketolmas edim. Qocha turib yo‘lda oppoq libosli munkillagan cholni 
uchratdim. Unga: «Ey otaxon, meni anavi ajdardan qutqaring. U meni yemoqchi, halok 
qilmoqchi», deb yalingan edim, u: «Ey o‘g‘lim, men qarib, kuchdan qolganman, u 
mendan quvvatli, unga kuchim yetmaydi. Sen qochib, yo‘lingda davom etaver-chi, 
shoyad Alloh seni undan xalos etsa», dedi. Men tezroq chopa boshladim. Ajdar ham 
izimdan qolmay kelar edi. Yugura-yugura do‘zax tabaqalariga kelib qoldim. Do‘zax qizib, 
qaynab yotardi. Unga tushib ketishimga bir bahya qoldi. Shunda kimdir: «Sen mening 
ahlimdan emassan», dedi. U yerdan burilib yana qocha boshladim. Ajdar hamon quvlab 
kelar edi. Qocha-qocha ko‘zni qamashtiradigan nurli toqqa yaqinlashdim. Tog‘da qasrlar 
bo‘lib, ularning eshik va pardalari ko‘zga tashlanib turar edi. Shu payt kimdir: 
«Dushmani yetib kelib halok etmasdan turib manavi bechorani qutqaringlar!» dedi. 
Eshiklar ochilib, pardalar ko‘tarilib, u yerdan yuzlari oyday bolalar chiqib kelishdi. Qizim 
ham ular bilan birga edi. Meni ko‘rib oldimga tushdi. O‘ng qo‘li bilan ajdarni urgan edi, u 
qochib ketdi. Keyin tizzamga o‘tirdi-da: «Ey otajon, 
«Iymon keltirgan zotlar uchun Allohning zikri sababli va nozil bo‘lgan Haq – 
Qur’onga (tilovat qilinishi) sababli qalblari erib, qo‘rqish (vaqti) kelmadimi?!» 
(Hadid surasi, 16) dedi. «Ey qizim, sizlar ham Qur’onni bilasizlarmi?» deb so‘rasam, 
«Ha, sizlardan ko‘ra yaxshiroq bilamiz», dedi. «Bu yerda nima qilasizlar?» «Biz 
musulmonlarning vafot etgan yosh bolalarimiz. Qiyomat kunigacha shu yerda sizlarni 
kutib yashaymiz». «Ey qizim, meni quvlab, halok etmoqchi bo‘lgan ajdar nima edi?» «Ey 
otajon, u sizning yomon amallaringiz. Uni kuchaytirib – ko‘paytirib yubordingiz. Shuning 
uchun sizni halok qilmoqchi bo‘ldi». «Haligi munkillagan chol kishi kim edi?» «U sizning 
yaxshi amalingiz. Uni zaiflashtirib – kamaytirib qo‘ydingiz. Shu bois yomon amalingizga 
uning kuchi yetmadi. Allohga tavba qiling. Halokatga uchraguvchilardan bo‘lmang». 
Shunday deb u yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Men cho‘chib uyg‘ondim va darhol Allohga 
tavba qildim».
Ey birodar, xoh o‘g‘ildir, xoh qizdir yoshligida vafot etgan farzandning barakasini ko‘rib 
qo‘ying. Agar ota-ona savob umidida sabr qilar va «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, 
biz Unga qaytguvchimiz», deyishar ekan, ular uchun Alloh va’da qilgan yana boshqa 
ko‘plab manfaatlar hosil bo‘ladi. 
Fasl 
Sobit Jumahiydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar 
birontangizga musibat yetsa, mendan (judo bo‘lgandagi) musibatini eslasin. Zero, bu 
eng katta musibatdir». 
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Musulmonga yetgan har bir musibat, hattoki (badaniga) sanchilgan tikon 
sababli ham, Alloh uning gunohlarini o‘chiradi» (Muslim rivoyati). 
«Biror kishiga sabrdan ko‘ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan» (Muttafaqun 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling