Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


ALLOHNING DO‘STLARI – AVLIYOLARGA OZOR BERISH


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

ALLOHNING DO‘STLARI – AVLIYOLARGA OZOR BERISH 
Alloh azza va jalla aytadi: 
«Mo‘min va mo‘minalarga biron gunoh qilmaslaridan ozor beradigan kimsalar 
ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58). 
«O‘zingizga ergashgan mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni, ularga 
xush xulq bilan kamtarona muomalada bo‘ling)!» (Shuaro surasi, 215). 
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Alloh taolo: «Kim mening do‘stimga dushmanlik qilsa, haqiqatda Men u bilan 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
jang qilishga kirishganimni bildirgan bo‘laman», dedi» (Buxoriy). 
Boshqa bir rivoyatda: «Menga qarshi jangga kirishibdi», deyilgan. 
Hadisda aytiladiki, Abu Sufyon bir necha sheriklari bilan Salmon, Suhayb va Bilol oldiga 
kelgan edi, ular: «Allohning qilichlari Allohning dushmanidan oladiganini hali olib 
bo‘lmadi», deyishdi. Shunda Abu Bakr roziyallohu anhu ularga: «Quraysh oqsoqoli va 
sayyidiga shu gapni aytasizlarmi?!» dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Ey 
Abu Bakr, ehtimol ularni g‘azablantirgandirsiz?! Bordi-yu ularni g‘azablantirgan 
bo‘lsangiz, shak-shubhasiz, Rabbingizni g‘azablantiribsiz», dedilar. Abu Bakr ularning 
oldiga kelib: «Ey birodarlar, sizlarni g‘azablantirib qo‘ydimmi?!» deb so‘ragan edi, ular: 
«Yo‘q, ey birodar, Alloh sizni mag‘firat qilsin», deya javob berishdi (Muslim rivoyati). 
Fasl 
Alloh taolo aytadi: 
«Siz o‘zingizni erta-yu kech Parvardigorlarining yuzini – roziligini istab, U 
zotga duo-iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting!» (Kahf surasi, 28). 
Bu oyati karimaning nozil bo‘lish sababi quyidagichadir: Barcha payg‘ambarlar bilan ro‘y 
berganidek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ham dastlab faqir kishilar 
iymon keltirgan edilar. U zot Salmon, Suhayb, Bilol va Ammor ibn Yosir roziyallohu 
anhumlarga o‘xshagan faqir kishilar bilan majlis qurib o‘tirar edilar. Dastlab faqirlar 
ergashishi payg‘ambarlik alomati ekanini eshitgan mushriklar Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam atrofidagi faqir musulmonlarni haydatib yubormoqchi bo‘lishdi. Shu maqsadda 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Muhammad, atrofingdagi 
kambag‘allarni haydab yubor. Ular bilan birga o‘tirishdan biz jirkanamiz. Agar ularni 
haydab yuborsang, senga oliynasab, oliymaqom kishilar iymon keltiradi», deyishdi. 
Bunga javoban Alloh taolo: «Ertayu kech Parvardigorining Yuzi – roziligini istab, Unga 
duo-iltijo qiladigan zotlarni atrofingizdan haydamang», oyatini tushirdi. 
Faqir musulmonlarning haydalishidan umidlari uzilgan mushriklar, u zotga: «Ey 
Muhammad, agar ularni haydamasang, unda bir kunni ularga, bir kunni bizlarga tayin 
qil», deb shart qo‘yishdi. Shunda Alloh taolo quyidagi oyati karimani nozil qildi: 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling