Bir kuni janobi Rasululloh (s.a.v.) ashoblar bilan suhbatlashib o‘tirgandilar. Keyin
– Tushimda jannatni ko‘rdim. Bir ayol ko‘rkam va ulug‘vor bir qasr hovlisida o‘ziga oro
berib turardi. Men farishtalardan: «Bu qasr kimniki?» deb so‘radim. Ular: «Umar ibn
Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq).
Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi
13
Xattobnikidir», deyishdi. Shunda men Umarning nihoyatda rashkli ekanligini eslab,
qasrdan nari ketdim.
Umar ibn Xattob (r.a.) Rasuli akramning (s.a.v.) bu gaplarini eshitib, to‘lqinlanib
ketganidan ho‘ngrab yig‘lab yubordi va yig‘i aralash shunday dedi:
– O’ Allohning Rasuli, ota-onam sizga fido bo‘lsin, kelib-kelib sizdan rashk
qilarmidim?!
Do'stlaringiz bilan baham: