Microsoft Word Хурсанбоев С. Ёш боксчиларни машғулот ва мусобақа фаолиятида жароҳатлар олиш сабабларини аниқлаш docx


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/20
Sana05.01.2022
Hajmi1.67 Mb.
#227862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
kucg

I-BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI 

1.1.  Yosh bokschilarni musobaqa va mashg‘ulotdagi  

jarohatlari 

YOsh  organizm  tashqi  ta’sirlar  (mexanik,  termik,    elektr,  nur, 

psixik  va  boshqalar)  ta’siridan  organ  va  to‘qimalarning  anatomik, 

fizioligik              funksiyalarida              o‘zgarishlar              va              zararlangan 

organizmning          mahalliy          va         umumiy          reaksiyasini          keltirib 

chiqaradigan  ta’sir  jarohatlanish  deyiladi.  Jarohatlanishga      sabab   

bo‘ladigan   ta’sirga   ko‘ra   jarohatlar, mexanik,   ximiyaviy,   elektr,   nur,   

psixik,   operatsion   va   turlarga bo‘linadi. 

Jarohatlanish  ko‘pincha  organizm  to‘qimalariga  mexanik  ta’sir, 

ya’ni  bevosita  mexanik  kuch  (zarb  tegish,  ezilish,  cho‘zilish)  ta’sirida 

yuzaga keladi. 

Jarohatlanish  xarakterini  hisobga  olib,  tramalar  yakka,  kup, 

oddiy va  kombinatsiyalangan turlarga bo‘linadi.  Jarohatlanishlarni qay   

darajada      xaf      solishiga      qarab      quyidagi      guruhlarga      bo‘lish 

mumkin: 

jarohatlanish vaqtida yoki undan keyin dastlabki soatlarda 



bevosita kelib chiqadigan xaf. Qon oqish, kollaps, shok, hayotiy muhim 

organlarning jarohatlanishi ana shular jumlasidandir. 

travmadan so‘ng turli muddatlarda (bir necha soatdan bir 



necha haftagacha) paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan xaflar. 

kechikkan  xaf  va  asoratlar  zararlanishdan  so‘ng  ancha 



muddat o‘tgach aniqlanadi. (39,53) 

Murabbiy  shug‘ullanuvchilarning  treniroka  qoydalariga  to‘la 




rioya  qilishlarini  diqqat  bilan  kuzatib  borishlari  lozim.  Ular 

mashg‘ulot  aqtida  sportchilar  yo‘l  qo‘ygan  ayrim  kamchmlik  va 

xatolarni  xolis  ko‘rsatish  va  tuzatishi,  bunda  shoshma-shosharlikka 

yo‘l  qo‘ymasligi  har  bir  sportchining  umumiy  qoydalarga,  intizomga 

bo‘ysunishiga erishishi lozim. 

Murabbiylar 

mashg‘ulotlarda 

sportdan 

jarohatlanishning 

kamroq  kuzatilishi  tasdiqlangan.  Jarohatlanishlar  ko‘pincha  etarli 

malakasi  bo‘lmagan  sportchilarda  uchraydi.  Jarohatlanishning  og‘ir-

engilligi  tashqi  omillarning  kuchiga  a  ta’sir  qilish  vaqtiga  bog‘liq 

bo‘ladi. Jarohatlanish katta kichikligiga a og‘ir engillishga qarab engil, 

o‘rtacha va og‘ir jarohatlanishlarga ajratiladi. 

Boksda shikaslanishda engil tramalar ko‘proq uchraydi. Sportda 

jarohatl anishl arni ng o g‘ir li-engil ligi spor t tur lari ga bog‘liqdir. 

Bokschilarning  80  foizdan  ortiq  jarohatlangan  sportchilar 

sportga  qaytib  kelib  sport  bilan  shug‘ullanaveradi.  SHu  bilan  birga 

ayrim  sportchilar  (3-5%)  jarohatlanish  natijasida  to‘liq  tiklana 

olmasdan sport bilan shug‘ullana olmasligi aniqlandi. 

Bokschilarning  mashg‘ulot  va  musobaqalardagi  janglarida 

jarohatlanishning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  bor:  u  deyarli  engil 

kechadi, yopiq jarohatlar, jumladan bo‘g‘im, pay va muskullar esa lat 

eydi  a  jarohatlanadi,  gohi  suyaklar  kam  jarohatlanadi,  umuman 

olganda aksari qo‘l chiqadi. 

Kuch  bilan  bajariladigan  mashg‘ulot  mashqlarida  kuchlanish 

sport  faoliyatining  asosiy  tarkibiy  qismidir.  SHu  bilan  birga  raqib 

bilan  jangga  tushgan,  gimnastika  mashqlari  bajarilganda  ham 

ku c h la ni sh   s o di r   b o ‘l is hi   mu mki n.   Ku c hl a ni sh   u mu mi y   qo n 



aylanishiga  ta’sir  qiladi.  Kuchlanish  kukrak  ichidagi  bosimning 

ortishiga  sabab  bo‘ladi,  natijada  kavak  venalar  qisilib,  yurakka 

venos  qonning  oqib  kelishi  qiyinlashadi.  SHu  bilan  birga  qonning 

urish  haj mi  ha m  kamaya di.  Bu nga  javo ban  yur ak  qis qa ris h  

tezligining  kompensator  ortishi  natijasida  qonning  bir  minutli  hajmi 

deyarli 


kamaymaydi. 

Kuch 


ishiga 

odatlangan 

shaxslarda 

kuchlanish  qon  tomir  sistemasidagi  qonning  qayta  taksi  mlanishi 

bilan  kuzatiladi.  Kuchlanish  tugagandan  so‘ng,  odatda  kuchli  nafas 

chiqariladi.  Bunda  ko‘krak  ichidagi  bosim  pasayadi  va  yurak  faoliyati 

normallashadi.  Hushdan  ketish  holati  ko‘pincha  shtangachilarda 

kuzatiladi.  Ammo  sportchining  hushdan  ketish  qisqa  muddatli 

bo‘ladi,  chunki  bosh  miyaning  kislorodga  ehtiyoji  paydo  bo‘lishm 

bilanoq  sportchi  kuchlanishini  tugatadi  va  bosh  miyaning  qon  bilan 

ta’minlanishi o‘sha zahoti tiklanadi. 

Hushdan  ketish  holatlarining  bokschilar  faoliyati  jarayonida 

kuchli  zarba  urilish  natijasida  yurak  faoliyatining  keskin 

sustlashishi yoki yurak to‘xtashi tufayli rivojlanishi mumkin. 

Boks  mashgulotlarida  gavdaning  ba’zi  bir  qismlariga  (pastki 

jag‘,  chakka,  uyqu  arteriyasi  joylashgan  er)  o‘ng  va  chap  qovurg‘a 

osti,  quyosh  chigalining  joylashishi  erga  kuchli  va  keskin  zarb 

berilganda,  bokschi        muvozanatni        yo‘qotishi,        ba’zan        esa    

ongning        vaqtincha  buzilishi  (vaqtincha  hushdan  ketish)  bilaы 

xarakterlanadigan nokaut yoki nokdaunga uchrashi mumkin. Nokdaun 

bir necha sekund davom etadi. Nokaut ancha uzok, (10 sekdan ortiqroq) 

cho‘ziladi.  Bu  hollarda  hushdan  ketish  mexanizmi  har  xil  bo‘lishi 

mumkin.  Masalan,  nokaut  boshga  urilganda  miya  o‘rnidan 



qo‘zg‘alishi  bosh  miya  chayqalishi  natijasida  sodir  bo‘ladi.  Quyosh 

chigali  zonasiga  urilganda  adashgan  nervning  tonusi  ortishi  tufayli 

yurakning  qisqarish  ritmi  reflektor  ravishda  sekinlashadi.  Bo‘yinga 

urilganda  karotid  sinus  sindromi  degan  holat  rivojlanadi.  Bunda 

sinokarotid  nerning  tanachasi  mexanik  ta’sirlanishi  natijasida 

adashgan nerv orqali reflektor ravishda  yurak  faoliyati buzilib,  yurak 

urish sekinlashadi yoki qisqa muddatga to‘xtaydi. 

Bosh  miyaning  qon  bilan  etarli  darajada  ta’minlaыmasligi 

tufayli  kislorod  tanqisligi  rivojlanishi  va  hushdan  ketish  yuzaga 

keladi.  Pasti  jag‘ga  yoki  quloqqa  urilganda  nokaut  yoki  nokdaun 

vestibulyar  apparatining  ko‘chma  silkinishi  tufayli  vujudga 

kelishi  mumkin.  Nokdaun  yoki  nokaut  ko‘pincha  boks  texnikasi  va 

taktikasini  etarli  darajada  egallamagan  sportchilarda  uchraydi. 

SHuning  uchun  bunday  patologik  holatlarning  oldini  olish 

choralaridan  biri  murabbiyovka  jarayonini  samarali  uyushtirishdir. 

Boks  mashg‘uloti  qoidalariga  qatьiy  rioya  qilish  va  sportchilarda 

ximoya  reaksiyalarini  yuksak  darajada  rivojlantirish  muxim 

ogoxlantiruvchi choralardir. 

Katta  yoshdagi  bokschilar  (sport  masteri,  birinchi  sport 

razryadiga  era  bo‘lgan  sportchi)  nakautdan  keyin  bir  oy,  katta 

yoshdagi  yigitlar  to‘rt  oy,  kichik  yoshdagi  yigitlar  faqat  olti  oy 

o‘tgandan  keyin  mashg‘ulot  mashg‘ulotlariga  kiritiladi.  Ikki  marta 

nakaut  xolatida  bo‘lgan  katta  yoshdagi  sportchilar  uch  oydan  keyin, 

uch  marta  nokaut  holatida  bo‘lganlar  esa  oxirgi  nokautdan  bir  yil 

o‘tgandan 

keyin 


(nevrologik 

o‘zgarishlar 

bo‘lmasa) 

sport 


mashg‘ulotlarida  qatnashishlari  mumkin.  Bunday  og‘ir  patologik 


holatlarning 

oldini 


olish 

mashg‘ulot 

jarayoni 

samarali 

uyushtirishdir.  Boks  mashg‘ulotlarini  o‘tkazish  qoidalariga  rioya 

qilish 


va 

sportchilarda 

h i m o y a  

q i l i s h  

u s u l l a r i n i  

t a k o m i l l a s h t i r n i s h  

a s o s i y  

ogohlantiruvchi 

tadbirlardir. 

Trenrovka  mashg‘ulotlarida  bokschilar  albatta  himoya  qiluvchi 

shlemlardan  foydalanishlari  lozim.  Yillab  ringda  qatnashgan 

ko‘pgina  yuqori  malakali  bokschilar  bir  marta  ham  nokaut  yoki 

nokdaunga uchramaganligi qayd qilingan. (25) 


Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling