Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
103
— Yaxshi qilibdi. Kelishdik, a? 
— Nimaga? 
— Siz bundan buyog‘iga ashulangizni aytib, tinchgina yurasiz. 
Elchin zaharli jilmaydi. 
— Men siz bilan sulh tuzgani kelmagan edim. 
— To‘g‘ri, siz iltimos bilan keldingiz. Lekin eski paxtani chuvaganingiz uchun men omadi 
gapni aytdim. 
— Men eski paxtani chuviganim yo‘q. Jamshidning o‘limi sababini bilmoqchi edim. 
— Buni Xudo biladi. 
Shu gaplardan so‘ng ko‘zlar to‘qnashdi. Ayni nafasda ikkalasining ko‘ngliga bir 
mazmundagi gap kelgan, ammo tilga ko‘chirishga andisha qilishayotgan edi. Andisha 
qarshisida til ojiz qolgan mahalda ko‘zlar bevafolik qilib, fikrni oshkor etishi mumkin. 
Hozir shu hol yuz berdi. 
— Jamshid Zaynabga... suykalgan edimi? — deb so‘radi Elchinning ko‘zlari. 
— Suykalganini ko‘rganim yo‘q, ammo uyingga borganini aniq bilaman, — dedi 
Chuvrindining ko‘zlari. 
— Asadbek... qaynotam buni qayoqdan bilib qoldi? 
— O‘z ko‘zlari bilan guvoh bo‘ldi... 
— Zaynab... shilta qizlardan emas edi? 
— Bu dunyo hayotidan har narsani kutish mumkin... 
So‘nggi savolga javobni Chuvrindining ko‘zlari emas, Elchinning ko‘ngli aytdi. O‘z 
savoliga o‘zi javob berdi-yu, yuragida sanchiq turib, beixtiyor chap ko‘kragini ushladi. 
— Maza qochdimi, Hofiz, — dedi Chuvrindi. Elchin javob bermagach, xuddi o‘ziga-o‘zi 
gapirganday past ovozda dedi: — motorni ehtiyot qilish kerak. 
Elchin o‘rnidan turdi. Eshik tomon bir qadam tashlab, Chuvrindiga o‘girildi: 
— Motor, Xudo xohlasa, yelkadagi yukni manzilga olib borishga chidaydi. 
XII b o b 
I 
Shunday odamning bolasi?! 
Anvar bundan qirq yil avvalgi tergov hujjatlarini o‘rgana turib, o‘ziga tez-tez shu savolni 
berar, ammo tayinli maqbul javob topa olmas edi. Necha ming odam chaquv, tuhmat 
qurboni bo‘lgan yillarda Asadbekning otasi hech bir chaquvsiz, hech bir tuhmatsiz holda 
jazoga tortilgan edi. Uni qamash uchun chaquvning hojati yo‘q edi. Huquq ilmini 
o‘rganayotgan talabaning urushning dastlabki oylaridayoq safarbar etilgani, qo‘shin 
qurshovda qolgani, ko‘plar qatori asir olingani, kontslagerdan qochgani, Yugoslaviya 
o‘rmonlarida, tog‘larida jang qilgani... chaquvga muhtoj emas, barchasi hujjatlarga 
muhrlangan edi. Uning aybi bir — Yugoslaviya dohiysi Tito bilan shaxsan tanish bo‘lgan. 
Bu ham tuhmat emas. Urush tugagach, dohiy uni bag‘riga bosib suratga tushgan
qahramonlik nishoni topshirgan. Avvaliga u ham Ittifoq qahramoni sifatida qadr 
topganday bo‘ldi. So‘ngroq, Stalin bilan Tito orasidan ola mushuk o‘tgach, Yugoslaviya 
partizanlari bilan birga jang qilgan barcha sovet askarlari xoinlar ro‘yxatidan o‘rin oldilar. 
Ularga «Sen Tito qo‘shinida jang qilgansan» deb ayb taqashmadi. Unga qadar asirga 
tushgan edilar, qamash uchun shuning o‘zi kifoya edi. Tergovdagi savollarning 
mazmuniga qaraganda ular kontslagerdan qochmasliklari lozim ekan, jonlarini garovga 
qo‘yib, jang qilmasliklari shart ekan. O‘zbekiston qayoqdayu Yugoslaviya qayoqda?! 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling