Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
Nega grajdanin, deyapsan, sen avval aybimni isbotla, qama, undan keyin grajdanin
deyaver. 
— Grajdanin nachalnik deb avval kim aytdi? 
— Menmi? Ha... men bunaqa so‘roqlarda o‘tiraverib o‘rganib ketganman. Hali bunaqa 
so‘roqlarni ko‘p ko‘rsam kerak. 
— Yo‘q, ko‘p ko‘rmaysiz, bunisi oxirgisidir. 
— Nega endi? Chiqarib yubormoqchimisan? 
— Yo‘q, endi chiqish tushingizga ham kirmaydi. Endigi hukm bittagina o‘q bo‘ladi. 
— Qo‘rqitma, nachalnik. Qo‘rqadigan ahmoqlar o‘lib ketishgan. Menga qara, sen yosh 
ekansan, men sendaqalarning ko‘pini ko‘rganman. Sen boshni qotirmaginu maqsadingni 
ayt. Faqat mayda bezorilikni tirkama. Obro‘yim to‘kilishini istamayman. 
«Hali bunda obro‘ ham bor-a?!» deb kulib qo‘ydi Zohid. 
— Gap bunday, Petrashvili, biz obro‘yingizni to‘kmaslikka harakat qilamiz: bo‘yningizga 
birato‘la qotillikni ilamiz, ma’qulmi? 
— Qanaqa qotillik?! 
Petrashvili bu savolni xotirjam tarzda, xuddi yaqin oshnasiga «Qayoqqa ketyapsan, 
ahvollaring yaxshimi?» deb so‘raganday berdi. Qamoqlarda ko‘p yurganidan shunday 
sovuqqonmidi yo tabiatan bezmidi, Zohid farqlay olmadi. U yana Jamshidning rasmini 
o‘rtaga qo‘ydi: 
— Shu yigit o‘ldirilgan. 
Bunaqa shilta ishni menga ilma, nachalnik, ovora bo‘lasan, isbot qilolmaysan. Bu 
qilig‘ingdan vishkaning hidi kelib turibdi1.
— Ha, ana, bilar ekansiz-ku? 
— Dalil kerak. 
— Mana bitta dalil, — dedi Zohid suratni qo‘liga olib. 
— Bizni kayfligimizda qo‘lga olgansan. Suratni o‘zing tashlab qo‘ygansan. Surat 
chepuxa, shu bolaning kallasini uzib yonimga tashlab qo‘yganingda ham isbotlay 
olmaysan. 
Kavkazlikning ikkinchisi ham qariyb shunday javob berdi. Ikki kundan so‘ng Zohid 
Sayfini chaqirtirdi. Sayfi qator turgan yetti kishi orasidan ikki kavkazlikni tanidi. 
Shundan keyin ham ular yigirma sakkizinchi mayda katta yo‘l bo‘yida bo‘lganlarini tan 
olishmadi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling