Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
umarbekov ziyouz com
www.ziyouz.com кутубхонаси
6 so‘nggi nafasiga qadar qog‘ozga tushirgan asarlari turli mavzularda bo‘lsa-da, ularni nurli bir zanjir o‘zaro bog‘lab turadi. Bu nurzanjirning nomi — muhabbatning totli va azobli alangasi, poklik va makr olishuvi, mehr va hayo... Qisqa qilib aytilsa, hikoyalarni inson hayotining achchiq va shirin bodasi haqidagi yaxlit asar ham demoqlik mumkin. Ayni o‘rinda ma’lum bir masalaga turlicha munosabatda bo‘lishlik, turlicha tahlil va turlicha xulosalar chiqarishlik yozuvchining dunyoqarashi naqadar kengligi, mushohadasi baquvvatligini isbot etuvchi dalildir. Talabchan kitobxonning diqqatini yana bir nuqtaga tortishni istardik: ayrim asarlar yarim asrdan beri yashab kelyapti. Bundan keyin ham yashaydi. Faqat yolg‘ondan uzoq samimiy asarlargina shunday uzoq umr ko‘rishlari mumkin. O’lmas Umarbekovning hikoyalarida o‘z farzandiga mehri baland onalarni tez-tez uchratamiz. Biroq, ularni bir-birlariga o‘xshatish mumkin emas. Ularning har birlari farzandlarini o‘zlaricha qadrlaydilar. Solihabibi («Yer yonganda»), Sevara xola («Kuz havosi»), raisa Ma’piratning onasi («Husn»)... Bularning hayotlari ham bo‘lakcha, farzandi arjumandiga mehri ham bo‘lakcha. Qizining oqsoqligidan ichi kuyib raisa Ma’piratning onasi «Ey Xudo! Uni shunday yaratgandan ko‘ra, ko‘zimni ko‘r qilsang bo‘lmasmidi?!» deb ko‘ngli vayron bo‘ladi. Qizining o‘zini ayamay ishga berilishi ham onani bezovta qiladi. Savri xola esa urushda bedarak ketgan o‘g‘lini har kuni kutadi. Nazarida o‘g‘li Berdiali qovun qo‘ltiklab eshikdan kirib kelayotganday bo‘laveradi. Urushda bedarak yo‘qolgan bir odam yigirma bir yilda uyiga qaytibdi, mening bolamga o‘n yetti yil bo‘libdi, deb umid qiladi. Uni bu dunyoda, bu hayotda shu umid ushlab turadi. «Sovg‘a»dagi Shahodat xola esa shahardan qo‘nim topgan o‘g‘lidan pul olganida butun qishloqqa jar solgisi keladi, faxrdan ko‘ngli yayraydi. Bemehr o‘g‘li xat yozmay qo‘yganida esa farzandining bu illatini yashirishga urinadi. Dardini ichiga yutadi. Hikoyaning yakuni esa har qanday odamning qo‘nglini vayron qilib yuboradi. Yozuvchi faqat o‘zbek onalariga xos fazilatlarni ilg‘ay olgan va mahorat bilan tasvirlagan. O’lmas akaning barcha asarlarida keksalarning ichki dunyosi alohida mahorat bilan aks ettirilgan. Keksalar — dunyoni tashlab ketishga tayyorlanayotgan odamlar — avlodlariga nimalarni qoldirishyapti? Ularning qanday armonlari bor, umidlari qanday? G’ulomqodir ota («Boboyong‘oq») qishloqning yangilanishiga karshi emas, ammo o‘tmishdan yodgorlik daraxtni ko‘zi qiymaydi. Boboyong‘oq — o‘tmish qadriyatlari timsoli. Uni kesish o‘ziga xos fojia. G’ulomqodir ota bilan nabira — o‘tmish va ertaning bog‘liqligini aks ettiruvchi bir timsol. Sulaymon otaning takdiriga befarq qaramaydigan birodarlari Xolparang bilan Hakimbek otalar («Marusya xolaning miltig‘i»), urush yillari tankning keskin burilishi natijasida uyining bir cheti shikastlangan ayolni qidirib borgan Nizomiddin aka («So‘nggi safar»), urushga ketgan Haydaralining qo‘ylarini boqib, ko‘paytirib, endi o‘z egasiga topshirish ilinjida yashayotgan Sarsonboy otani («Qiyomat qarz») kimning, qanday asarida ko‘rish mumkin? Ha, bular betakror odamlardir! Bu soddalik, bu to‘g‘rilik hamma xalqlarda ham aynan shundaymasdir. Shuning uchun ham o‘zga adabiyotlarda bunday obrazlarni deyarli uchratmaymiz. O’lmas akaning ijodlariga xos yana bir narsa — nomus, hayo, iffat masalalari turli obrazlar yordamida turlicha yechiladi. Gulchehra («Odam bo‘lish qiyin»), professor Sabohat Qodirova («Ota va o‘g‘il»), O’g‘iloy («Mening o‘g‘ilbola jiyanim»)ning takdirlarida nomus borasida ozgina o‘xshashlik borday. Biroq, ularning hayotlari, oqibat esa bir xil emas. Ularga nisbatan ota-onalarining munosabatlari ham turlicha. Sanobarni ota-onasi, qarindoshlari sira-sira kechirishmaydi. Holbuki, uning nomusi o‘zining xohishi bilan toptalmagan edi. O’g‘iloyni esa ota-onalari kechirishadi. Hatto erini qidirib Pokistonga borishi uchun otasi mashinasini sotib, pulini beradi. Bu kabi asarlarni birlashtiruvchi yana bir g‘oya — ota-ona duosini olmaslik baribir yaxshilik bilan tugamaydi, degan haqiqatdir. O’lmas akaning so‘nggi hikoyalari — yozuvchining vasiyatlari ham o‘quvchini poklikka, to‘g‘ri yashamoqlikka undaydi. Nopoklik oqibatidan ogohlantiradi. O’lmas aka so‘nggi nafaslarida ham qalamga xiyonat qilmadilar. Yuraklari to‘xtagunga qadar ham odamlarga yaxshilikni istadilar. So‘nggi nafasgacha odamlarni sevib yashadilar. Shu jihatdan qaraganda O’lmas aka o‘zlarini o‘qitgan, tarbiya |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling