Mikroiqtisodiyot mоnоpоliyaga nima?


“Narx-iste′mol” chizig`i nimani ifodalaydi?


Download 89.33 Kb.
bet17/33
Sana17.06.2023
Hajmi89.33 Kb.
#1551340
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT (javoblari)

145. “Narx-iste′mol” chizig`i nimani ifodalaydi?


146. Daromad samarasi qanday holatda yuz beradi?
Daromad samarasi – bu ne′mat narxi o`zgarishi (almashish samarasi hisobga olinmaganda) natijasida real daromad o`zgarishining iste′molchi talabiga ta′siridir. Daromad samarasi iste′molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini ko`rsatadi va u bir byudjet chizig`idan boshqa byudjet chizig`iga iste′molchining optimal tovarlar majmuasiga o`tishini aks ettiradi.

147. Almashtirish samarasi qanday holatda yuz beradi?
Almashish samarasi – bu naflik darajasi o`zgarmaganda, tovarlar narxi o`zgarishi munosabati bilan iste′mol tovarlariga talab tarkibining o`zgarishidir. Almashish samarasi X ne′mat narxini o`zgarishi natijasida Y ne′matni qo`shimcha X ne′mat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizig`i TU1bo`yicha bo`ladi.
148.Yakka va bozor talabi qanday farqlanadi?
Bozor talabi alohida bozordagi iste′molchilarning individual talablari yig`indisi bilan aniqlanadi. Bozor talabi chizig`i esa ma′lum bzordagi iste′molchilarning individual talablari chiziqlarini qo`shish orqali olinish mumkin.
149.Daromad va almashtirish samaralarining mazmunini ifodalab bering.
Daromad samarasi iste′molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini ko`rsatadi va u bir byudjet chizig`idan boshqa byudjet chizig`iga iste′molchining optimal tovarlar majmuasiga o`tishini aks ettiradi.
Almashish samarasi – bu naflik darajasi o`zgarmaganda, tovarlar narxi o`zgarishi munosabati bilan iste′mol tovarlariga talab tarkibining o`zgarishidir. Almashish samarasi X ne′mat narxini o`zgarishi natijasida Y ne′matni qo`shimcha X ne′mat bilan almashtirilishini ifodalaydi.
150.Ishlab chiqarish omillariga nimalar kiradi?
Ishlab chiqarish omillari — Ishlab chiqarishda qoʻllanadigan resurelar; yer, mehnat, kapital, tadbirkorlik faolligi (tadbirkorlik qobiliyati) kabi omillar Ishlab chiqarish omillari hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi, miqdori ulardan foydalanish darajasiga boglik, boʻladi.

Download 89.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling