Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)
Xavfsizlikni ta’minlash usullari [1]
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
5c78e023dfdea
Xavfsizlikni ta’minlash usullari [1]
Metod - maqsadga erishish usulidir. Xozirgi karaetgan xolatimizda maqsad xavfsizlikni ta’minlashdir. Metodlar prinsiplarni konstruktiv va texnikaviy jixatdan xaqiqiy borliqqa gavdalantirish bilan amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlashusullarini bilgan xolda inson bilan ishlab chiqarish muxiti tavsiflari orasidagi o’zaro ta’sirlarni kelishish mumkin, ya’ni ma’lum xavfsizlik darajasiga erishish mumkin. Xavfsizlik usullarini o’rganishdan oldin, biz uyidagi yangi tushunchalarni kiritamiz. Ko’rilaetgan faoliyat jarayonida insonning turgan joyi gomosferadeyiladi. Xar doim va davriy ravishda sodir bo’lib turadigan xavfli joy noksosferadeyiladi. Bu sferalarni xavfsizlik nuqtayi nazardan qo’shish mumkin emas. Xavfsizlikni ta’minlash usullari 3 xil turga bo’linadi: USUL - A, gomosfera bilan noksosferani bir- biridan joy yoki vaqt jixatdan ajratish usuli. Bu usul ishlab chiqarish jaraenlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, jixozlarni masofadan boshqarish, manipulyator va robotlarni qo’llash bilan amalga oshiriladi. USUL - B, xavfsizlik prinsiplarini qo’llab xavflarni yo’q qilish va noksosferani (ishlab chiqarish muxitini) normallashtirish, xamda noksosfera xarakteristikalarini inson xarakteristikalariga moslashtirishga asoslanadi. Bu usul insonlarni shovqin, chang, gaz, jaroxatlanish va xokazo xavfli omillardan ximoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi, xamda qisman xavfsiz texnikani yaratish bilan amalga oshiriladi. Agar A va B metodlarni qo’llash bilan talab qilingan xavfsizlik darajasiga erishish ta’minlanmaganda V - metod qo’llaniladi. USUL - V, tegishlicha ximoya vositalari yordamida insonlarning ximoyalanish xususiyatlarini oshirishga, xamda insonni noksosferaga moslashtirishga asoslangan. Bu usul kasbiy tanlash, o’qitish, instruksiyalarberish, psixologik ta’sir qilish va shaxsiy ximoya vositalarini qo’llash bilan amalga oshiriladi. V - metodni amalga oshirishda noksosfera xarakteristikalarini o’zgartirish uchun xar xil vositalar qo’llaniladi. Real sharoitlarda yuqorida keltirilgan usullarning bittasi yordamida zarur xavfsizlik darajasini xar doim ta’minlash mumkin bo’lmaydi. Bunday xolatlarda yuqorida keltirilgan usullar majmuasini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling