"moliya" kafedrasi furqatov rustam furkatovich budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masala


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/50
Sana02.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#189792
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Bog'liq
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari

OT

sns

 —  joriy  moliya  yilidagi  katta  ilmiy  xodim-izlanuvchining  mehnatiga 

haq  to’lash  jamg’armasi,  yagona  ijtimoiy  to’lovni  hisobga  olgan  holda  (joriy 

moliya  yilining  1  yanvar  holatidagi  katta  ilmiy  xodim-izlanuvchining  lavozim 

maoshidan kelib chiqqan holda hisoblanadi); 



N

sns

 — OTMning oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o’qiyotgan 

katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning o’rtacha yillik soni. 

OTMning  xarajatlar  smetasini  tuzish  “Budjet  tashkilotlari  va  budjet 

mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash 

va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”20ga asosan amalga oshiriladi. 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 

414-son «Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish 

to’g’risida»gi

21

 

qaroriga, 



budjetdan 

moliyalashtirishning 

tasdiqlangan 

xarajatlarning  bazaviy  normativlari  va  yuqorida  keltirilgan  ormativ  va  tuzatuvchi 

koeffitsientlarga  muvofiq  OTM  mustaqil  ravishda  xarajatlar  smetasini  hamda 

tasdiqlangan  namunaviy  shtat  birliklari  asosida  shtatlar  jadvalini  tuzadi  va 

tasdiqlaydi. 

Xarajatlar  smetasi,  shtatlar  jadvali  va  professor-o’qituvchilar  tarkibining 

shtat  formulyarlarini  tuzish  o’rnatilgan  tartibga  qat’iy  rioya  qilgan  holda  va 

xarajatlarning bazaviy normativlari va tuzatish koeffitsientlari asosida hisoblangan 

mablag’lar hajmi doirasida amalga oshiriladi. 

                                                           

20

 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 yil 15 dekabrda 2634-son bilan ro‘yxatga olingan. 



21

 O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami, 1999 y., 9-son, 51-modda 




29

 

 



Xarajatlarning  bazaviy  normativlari  va  ularga  tuzatish  koeffitsientlarini 

qo’llash asosida hisoblangan OTM uchun budjet mablag’lari hajmi quyidagi qat’iy 

tartibda taqsimlanadi: 

ish haqi va yagona ijtimoiy to’lov; 



stipendiyalar; 

to’liq  davlat  ta’minotida  bo’lgan  etim  va  ota-onasining  qarovisiz  qolgan 



OTM talabalarini moddiy ta’minlash; 

kommunal xizmatlar uchun xarajatlar; 



qolgan joriy xarajatlar va boshqa xarajatlar. 

Bunda: 

xarajatlar  smetasiga  ish  haqi  mablag’lari  bazaviy  lavozim  maoshlari, 



Yagona tarif setkasi bo’yicha razryadlar va ish haqi stavkalari, ularga qonunchilik 

bilan  belgilangan  ustama  va  qo’shimchalardan kelib chiqib hamda  amaldagi 

namunaviy  shtat  birliklari  va  normativlarga,  professor-o’qituvchilar  tarkibining 

yillik individual ish rejalariga va boshqalarga amal qilgan holda kiritiladi; 

yagona  ijtimoiy  to’lov  miqdori  xarajatlar  smetasiga  qonunchilikda 



o’rnatilgan miqdorlarda kiritiladi; 

stipendiya xarajatlari stipendiyalar miqdorlari va amaldagi stipendiya bilan 



ta’minlash tartibiga muvofiq hisoblanadi; 

to’liq  davlat  ta’minotida  bo’lgan  etim  va  ota-onasining  qarovisiz  qolgan 



OTM  talabalarining  moddiy  ta’minoti  bo’yicha  xarajatlar  qonunchilikka  muvofiq 

hisoblanadi; 

energiya  resurslari,  kommunal  xizmatlar  xarajatlari  va  joriy  xarajatlarni 



hisoblash  natural  ko’rsatkichlar,  energiya  resurslari  va  kommunal  xizmatlarning 

amaldagi narxlari va tariflariga asosan amalga oshiriladi. 

Bunda,  qoida  tariqasida,  OTMlariga  ish  haqi  va  yagona  ijtimoiy  to’lovlar 

uchun  ajratilayotgan  budjet  mablag’larining  hajmi,  davlat  granti  asosida  ta’lim 

olayotgan talabalar ulushiga mos ravishda nazarda tutiladi. 



30

 

 



OTMning  ayrim  budjet  xarajatlari  bo’yicha  debitor  qarzdorligi  mavjud 

bo’lganda  xarajatlarning  bazaviy  normativlari  asosida  hisoblangan  budjet 

xarajatlarining hajmi mazkur qarzdorlik summasiga kamaytiriladi. 

OTMning  kreditor  qarzdorligi  xarajatlarning  bazaviy  normativlari  asosida 

aniqlangan  budjet  xarajatlar  smetasi  mablag’lari  doirasida,  mablag’  etishmagan 

taqdirda — mazkur OTMning budjetdan tashqari mablag’lari hisobidan qoplanadi. 

Agar  2014  yilda,  OTM  uchun  I  va  II  guruhlar  bo’yicha  xarajatlarning 

bazaviy  normativlari  va  tuzatish  koeffitsientlari  asosida  hisoblangan  budjet 

mablag’lari  hajmi  2014  yil  uchun  tasdiqlangan  xarajatlar  smetasidagi  tegishli 

guruhlar  bo’yicha  rejalashtirilgan  mablag’lar  hajmidan  ko’p  bo’lsa,  mablag’ 

etishmovchilik  asoslangan  hisob-kitoblarga  muvofiq  budjetdan  qo’shimcha 

ajratiladigan mablag’lar hisobidan qoplanadi. 

Bunda,  agar  OTMga  xarajatlarning  bazaviy  normativlaridan  kelib  chiqib 

ajratilishi  ko’zda  tutilgan  budjet  mablag’lari  hajmi,  OTMning  2014  yilgi 

tasdiqlangan budjet xarajatlari smetasidagi tegishli guruh xarajatlari hajmidan kam 

bo’lsa,  2014  yilga  tasdiqlangan  budjet  xarajatlari  smetasidagi  mablag’lar  hajmi 

kamaytirilmaydi. 

Ish  haqi  va  stipendiyalar  miqdorlarining,  energiya  resurslar  va  kommunal 

xizmatlar  narxlari  va  tariflarining  oshishi  munosabati  bilan  OTMlarning  budjet 

xarajatlar  smetasi  bo’yicha  vujudga  keladigan  qo’shimcha  mablag’ga  ehtiyoji 

asoslangan  hisob-kitoblarga  muvofiq  budjet  mablag’lari  hisobidan  O’zbekiston 

Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o’rnatilgan tartibda qoplanadi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining  qarorlariga  asosan  alohida  OTMlariga  xarajatlarning  bazaviy 

normativlari  va  ularga  tuzatish  koeffitsientlarini  qo’llash  yo’li  bilan  hisoblangan 

IV  guruh  xarajatlari  uchun  budjet  mablag’lari  hajmiga  qo’shimcha  ravishda 

budjetdan ajratiladigan mablag’lar nazarda tutilishi mumkin. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining  qarorlarini  bajarish  uchun  OTMlari  uchun  qo’shimcha  budjetdan 

ajratiladigan  mablag’lar,  tasarrufida  OTMlari  mavjud  bo’lgan  vazirliklar,  davlat 




31

 

 



qo’mitalari va idoralarning asoslangan hisob-kitoblariga ko’ra nazarda tutiladi va 

o’rnatilgan tartibda OTMlarning xarajatlar smetasini tuzish jarayonida yoki tegishli 

moliya  yili  davomida  nazarda  tutilishi  mumkin  (xarajatlar  smetasiga  tegishli 

o’zgartirishlar kiritish orqali). 

Xarajatlar  smetasi  va  shtatlar  jadvalini  ro’yxatdan  o’tkazish,  ularga 

o’zgartirishlar  kiritish  hamda  xarajatlar  smetasi  ijrosi  bo’yicha  hisob-kitob  va 

hisobotlar qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

Xarajatlarning  bazaviy  normativlari  va  tuzatish  koeffitsientlarining 

qo’llanilishi  munosabati  bilan  OTMlarning  budjet  xarajatlari  qayta  hisob-kitob 

qilinib,  OTMlarning  2014  yilga  tasdiqlangan  budjet  xarajatlar  smetalariga 

o’rnatilgan tartibda tegishli o’zgartirishlar kiritilishi mumkin. 

OTM  xarajatlarini  moliyalashtirish  (to’lash)  O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  1999  yil  3  sentyabrdagi  414-sonli  qarori  bilan 

tasdiqlangan  Budjet  tashkilotlari  xarajatlarini  moliyalashtirish  (to’lash)  tartibi  va 

boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. 

OTM  xarajatlarini  to’lash  o’rnatilgan  tartibda  O’zbekiston  Respublikasi 

Moliya  vazirligi  G’aznachiligi  va  uning  hududiy  bo’linmalari  tomonidan 

respublika g’aznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi. 

“Boshqa  xarajatlar”  IV-guruhi  bo’yicha  mablag’lar  belgilangan  limitlar 

doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi: 

to’liq  davlat  ta’minotida  bo’lgan  etim  va  ota-onasining  qarovisiz  qolgan 

OTM talabalarini moddiy ta’minlash; 

dori-darmonlar; 



kommunal xizmatlar; 

boshqa xarajatlar. 



Xarajatlar smetasining to’g’ri tuzilishi va ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim 

etilgan xarajatlar smetasi hisob-kitoblarida ko’rsatilgan OTMning ishlab chiqarish 

ko’rsatkichlari (maydoni, kubaturasi, sarflanayotgan kommunal xizmatlar bo’yicha 

natural ko’rsatkichlar hajmi va ular bo’yicha xarajatlarning tasdiqlangan xarajatlar 

smetasiga  va  pasport  ma’lumotiga,  shartnomalarga  va  hokazolarga  mosligi)ning 



32

 

 



to’g’riligi va asoslanganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq OTM rahbari 

va bosh buxgalteri shaxsan javobgar hisoblanadilar. 

Shtatlar 

jadvalini 

va 

professor-o’qituvchilar 



tarkibining  shtatlar 

formulyarining  to’g’ri  tuzilishi  hamda  Yagona  tarif  setkasi  bo’yicha  razryadlar, 

bazaviy  lavozim  maoshlari,  ustama  va  qo’shimchalarning  to’g’ri  qo’llanilishi 

bo’yicha javobgarlik OTMlarining moliya va buxgalteriya xizmatlariga yuklatiladi. 




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling