5-modda. Budjet tizimining asosiy prinsiplari
Budjet tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
budjet tasnifi tizimi, hisob-budjet hujjatlari va budjet jarayoni tuzilishining yagonaligi;
budjet tuzilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
turli darajadagi budjetlarning o‘zaro bog‘liqligi;
Davlat budjeti balansliligi;
davlat daromadlarini aniq manbalar bo‘yicha va xarajatlarini yo‘nalishlari (moddalari) bo‘yicha rejalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti xarajatlarini budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag‘lar doirasida va xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan maqsadlarda amalga oshirish;
(5-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
barcha darajadagi budjetlarning mustaqilligi.
[OKOZ:
Do'stlaringiz bilan baham: |