2. O’qitishning to’lov miqdori, muddatlari va to’lash tartiblari:
2.1 Kunduzgi ta`lim shakli (ta’lim tili Rus), 5112100Texnologik ta`lim ta'lim yo'nalishi (mutaxassisligi) uchun 2020/2021 o'quv yilida
to'lov miqdori mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining 17 barobarida belgilangan.
Kunduzgi ta’lim shakli asosida ta’lim oladigan talaba stipendiyasiz o’qigan taqdirda umumiy summadan stipendiyaning yillik bazaviy
miqdori chegirib tashlanadi. (stipendiyaning bazaviy miqdori Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi).
Ta’limning sirtqi va kechki shakllarida tahsil oladigan talabalar uchun stipendiya nazarda tutilmagan bo’ladi.
2.2 O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasiyaning 2020 yil 28 avgustdagi
3son majlis bayoni 32bandiga asosan 2020/2021 o’quv yilida istisno tariqasida amaldagi bazaviy to’lovkontrakt miqdorlari uchun
kunduzgi shaklda o’qiydigan (bakalavriat va magistratura) talabalariga 10 foiz chegirma qo’llaniladi. Ta’limning boshqa shakllari
uchun mazkur chegirma nazarda tutilmagan.
2020/2021 o’quv yilida o’qitishning yillik to’lov miqdori 5771349 (besh million yetti yuz yetmish bir ming uch yuz qirq to`qqiz
) so’mni tashkil etadi.
2.3 Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori oshirilganda to’lovkontrakt qiymati miqdori navbatdagi semestr boshidan mos
ravishda oshiriladi.
2.4 Talaba tahsil olayotgan o’quv yillari uchun kontrakt to’lov miqdorlari va tariflari o’zgarganda, buyurtmachi yoki jismoniy
shahslarga to’lovlarni amalga oshirishlari uchun har bir o’quv yilida to’lov varaqalari rasmiylashtirilib beriladi.
2.5 O’qitish uchun to’lov haqining kamida 50 % ni birinchi kurs talabalari uchun 1 noyabrgacha, ikkinchi va yuqori kurslar uchun 1
oktyabrgacha, to’lovning ikkinchi qismini 1 martgacha (ta’lim krediti rasmiylashtirilsa 15 martgacha) to’lanishi shart.
2.6 Talaba ichki tartib qoidalarni, o’quv intizomini buzganligi va akademik o’zlashtirmaganligi shuningdek, shartnoma shartlarini
bajarmaganligi uchun o’qishdan chetlashtirilganda ilgari to’lagan pullar qaytarib berilmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |