Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


UMTS (Universal Mobile Telecommunications System)


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114
UMTS (Universal Mobile Telecommunications System) 
Mobil Telekommunikatsiyalar Universal Tizimi bo‘lib, u Yevropada 
3G texnologiyalarni joriy etish uchun Telekommunikatsiyalar 
Standartlari Yevropa Instituti (ETSI) ishlab chiqadigan standartlardan 
biri hisoblanadi. Bugungi kunda mobil aloqaning rivojlanishini 
aniqlaydigan asosiy omil ovozli telefoniya hisoblanadi. GPRS va 
EDGE texnologiyalarning paydo bo‘lishi, keyin esa UMTSga o‘tish 
ovozli aloqadan tashqari, ko‘plab qo‘shimcha imkoniyatlarga yo‘l 
ochadi. UMTS bu ma’lumotlarni yuqori tezlikli uzatish, Mobil 
Internet, Internet, intranet va multimedia asosidagi turli ilovalar 
hisoblanadi. UMTS uchun asosiy texnologiya Kod bo‘yicha Ajratishli 
Keng plosali Ko‘p stansiyali Ulanish (WCDMA) hisoblanadi. Bu 
Telekommunikatsiyalar Standartlari Yevropa Instituti (ETSI) 1998 
yilning sentyabrida tanlagan revolyusion radioulanish texnologiyasi 
barcha 3G multimediali xizmatlarini ta’minlaydi.
WCDMA/UMTS tizimlari takomillashgan GSM asosiy tarmog‘i 
va WCDMA texnologiyasi bo‘yicha radiointerfeysni o‘z ichiga oladi.
Mobil abonent uchun radiokanaldagi uzatish tezligi 2 Mbit/sgacha 
etadi. WCDMA 2 GGs chastotalar diapazonida ishlaydigan tizimlarda 
foydalanish 
uchun 
mo‘ljallangan bo‘lib, bu diapazon bu 
texnologiyaning barcha afzalliklarini to‘liq darajadan ishlatilishiga 
imkon beradi. Masalan, 5 MGs kenglikdagi WCDMA bitta 
tashuvchisi 8 kbit/sdan 2 Mbit/sgacha ma’lumotlarni uzatilishi 
tezligini talab qiladigan aralash xizmatlarni taqdim etilishini 
ta’minlaydi. WCDMA bilan moslashuvchan mobil terminallar esa 


95 
ITU tavsiyalariga muvofiq birdaniga bir necha xizmatlar bilan ishlay 
oladi. 
HSAT (1G), (2G, 2.5G) va (3G) avlodlari taqdim etadigan 
xizmatlar imkoniyatlarini taqqoslash 2.2-jadvalda keltirilgan. 
2.2- jadval
HSAT (1G), (2G, 2.5G) va (3G) avlodlari taqdim etadigan xizmatlar 
imkoniyatlarini taqqoslash 
Avlod 
1G 
2G 
2.5G 
3G 
Foydala-
nilgan davri 
80-90 yy 
2000 y 
gacha 
2001-2002 yy 
2003 illari 
Xizmatlar 
Telefon
(ma’lu-
motlarni 
analog 
uzatish)
Telefon 
(nutqni 
raqamli 
uzatish), 
Qisqa 
elektr 
xabar-larni 
qabul 
qilish-
jo‘natish, 
O‘yinlar, 
Ovozli 
pochta, 
Internet 
Telefon
Konferensiya-
lar
Davomli elektr 
xabarlarni 
qabul qilish-
jo‘natish,
Ovozli 
tasvirlarni
qabul qilish-
jo‘natish, 
Fakslarni
qabul qilish-
jo‘natish,
Ovozli pochta, 
Internet,
Mijozning 
joylashish 
o‘rniga bog‘liq 
xizmatlar,
Mobil banking,
Radio/MP3 
Pleyer, 
Karaoke
Multi-o‘yinlar, 
Foto suratga 
olish
Telefon (nutqni raqamli 
uzatish )
Videotelefon
Konferensiiyalar 
Videokonferensiyalar
Elektr xabarlarni qabul 
qilish-jo‘natish,
Ovozli tasvirlarni qabul 
qilish-jo‘natish, 
Fakslarni qabul qilish-
jo‘natish,
Ovozli pochta, 
Video pochta
Internet xizmatlarga 
yuqori tezlikli ulanish,
Mijozning joylashish 
o‘rniga bog‘liq xizmatlar,
Mobil banking,
Radio/MP3 Pleyer, 
Karaoke
Multi-o‘yinlar, 
TV/Video Pleyer
Olisdan tibbiy 
diagnostika, ta’lim olish,
Avtomobil navigatsiyasi, 
shahar navigatsiyasi 
Video/foto suratga olish
Ma’lu-
motlarni 
uzatish 

9.6 Kbit/s 
dan 
4.4 
Kbit/sgacha 
57.6Kbit/sdan 
115Kbit/sgacha 
144Kbit/sdan 
2Mbit/sgacha 


96 
Uchinchi 
avlod 
xizmatlari 
to‘plamiga 
videotelefon, 
videokonferensiyalar, video-pochta, Internetga yuqori tezlikli ulanish, 
TV/video pleer, olisdan tibbiy diagnostika, o‘qish, avtomobil va 
shahar 
navigatsiyasi, 
video/foto 
suratga 
olish 
qo‘shiladi. 
Ma’lumotlarni uzatish tezligi sezilarli ortadi. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling