Мулоҳаза ва хулоса чиқариш referat
YAgona o‘xshashlik metodi
Download 99.87 Kb.
|
feya
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAgona tafovut metodi.
- Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi.
- Qoldiqlar metodi.
YAgona o‘xshashlik metodi. Unda o‘rganilayotgan hodisaning sababi haqidagi xulosa shu hodisaning kuzatilayotgan tomonlarini solishtirish, ularning o‘xshash tomonini aniqlash asosida hosil qilinadi. Bu metoddan foydalanib xulosa chiqarilganda, hodisaning kuzatilayotgan hollari uchun faqat bitta holatgina umumiy bo‘lsa, ana shu holat mazkur hodisaning sababi deb olinadi. YAgona o‘xshashlik metodining formulasi:
1.ABS __________ a ADE__________ a AGF__________ a ______________________ Demak, A xolat ma’lum darajada a xodisaning sababidir. YAgona tafovut metodi. Bu metod faqat ikki holatda, ya’ni hodisaning vujudga kelgan va kelmagan hollarini taqqoslash asosida hodisaning sababini aniqlash usuli bo‘lib, unda mavjud hollar bir-biridan faqat bitta holati bilan farq qiladi. SHuning uchun ham mazkur holat kuzatilayotgan hodisaning sababi bo‘lsa kerak, deb taxminiy xulosa hosil qilinadi. AVS________a BC ________a emas. ___________________________________ Demak, A xolat a xodisaning sababi bo‘lishi mumkin. Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi. Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodiga muvofiq, bir holatning o‘zgarishi hodisaning o‘zgarishiga ham olib kelsa, shu holat kuzatilayotgan hodisa o‘zgarishining sababidir. 1.AVS--------a 2.A1VS---------a 3.A2VS---------a ..... N. AnBC-------an _______________________________ Ehtimol, A xolatning o‘zgarishi unga mos xolda a ning o‘zgarishiga sababchidir. Qoldiqlar metodi. Bu metod tatbiq etiladigan ob’ekt murakkab hodisadan iborat bo‘lib, bittasidan boshqa qismlarining sabablari aniq bo‘lganda, ana shu qolgan qismni vujudga keltiruvchi sababni topish maqsadida qo‘llaniladi. ABC________abc B___________b C___________c ____________________________ Demak, a ning sababi A bo‘lishi mumkin. Qoldiqlar metodiga ko‘ra, agar o‘rganilayotgan murakkab hodisani tashkil etuvchi hodisaning (yoki hodisa qismining) bitta holatdan boshqa holatlar bilan aloqasi zaruriy tavsifga ega bo‘lmasa, ana shu qoldiq holat mazkur hodisaning (hodisa qismining) sababi bo‘lishi mumkin. Ilmiy induksiyaning boshqa metodlari singari qoldiqlar metodi ham ehtimoliy bilim olish vositasi hisoblanadi. Download 99.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling