Мулоҳаза ва хулоса чиқариш referat


Download 99.87 Kb.
bet4/20
Sana25.02.2023
Hajmi99.87 Kb.
#1229514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
feya

Bo‘ysunish munosabati sig‘ishadigan mulohazalardan mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo‘lgan mulohazalar o‘rtasida bo‘ladi. Bunda umumiy mulohazalar bo‘ysundiruvchi, juz’iy mulohazalar bo‘ysunuvchi bo‘ladi. Bo‘ysunish munosabatida umumiy mulohazalar chin bo‘lsa, ularga bo‘ysunuvchi juz’iy mulohazalar ham chin bo‘ladi. Lekin juz’iy mulohazalar chin bo‘lganda, umumiy mulohazalar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. Agar umumiy mulohazalar xato bo‘lsa, ularga bo‘ysunuvchi juz’iy mulohazalar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi.

YUqoridagi 1- misolda A1– xato, I1 – chin; E1 – xato, O1 – chin bo‘ladi. Ma’lum bo‘ladiki, umumiy mulohazalar xato bo‘lsa, juz’iy mulohazalar chin bo‘lishi mumkin.
2- misolimizda A2– mulohaza chin bo‘lgani uchun unga bo‘ysinuvchi I2 mulohaza – chin; E2 - mulohaza xato bo‘lgani uchun unga bo‘ysinuvchi O2 mulohaza ham xato bo‘ldi.
4. Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil bo‘lgan juz’iy mulohazalar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu mulohazalar bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato bo‘lmaydi. Agar ulardan birining xatoligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi, albatta, chin bo‘ladi. YUqoridagi 1- misolimizda I1- va O1- mulohazalar bir vaqtda chin bo‘lsa, 2misolimizda O2 – mulohazaning xatoligi aniq bo‘lgani uchun I2 – mulohaza chindir.
Ekvivalentlik munosabatidagi mulohazalar hamma vaqt chin bo‘ladi, chunki ularda aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, “A. Oripov O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasining muallifi” va “A. Oripov – O‘zbekiston Qahramoni” mulohazalari o‘zaro ekvivalentdir, ya’ni ular bir xil sub’ektga, lekin har xil predikatga ega bo‘lgan mulohazalardir.
Mulohazalarning chinligiga ko‘ra munosabatini ifodalovchi yuqorida ko‘rsatilgan qonuniyatlar bilishda va xulosa chiqarishda katta ahamiyatga ega Murakkab mulohazalar, ularning turlari va chin bo‘lish shartlari. Mulohazalarni inkor qilish. Mulohaza tarkibidagi mantiqiy ega va/yoki mantiqiy kesimni ifodalovchi terminlar soni birdan ortiq bo‘lsa, murakkab mulohaza deb ataladi. Murakkab mulohazalar «va», «yoki», «agar... unda» kabi mantiqiy bog‘lamalar, inkor qilish va modal terminlarni qo‘llash orqali ikki va undan ortiq oddiy mulohazalarning o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. Mantiqiy bog‘lovchisining mazmuniga ko‘ra murakkab mulohazalar quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: birlashtiruvchi (kon’yunktiv), ayiruvchi (diz’yunktiv), shartli
(implikativ), ekvivalent.

Download 99.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling