Mundarija Kirish. Asosiy qism: I bob. Ishchi kuchi bozori mohiyati va uni tartibga solishning nazariy asoslari


Davlatning ishchi kuchi bozorini takomillashtirishi va samaradorligini oshirish yo`llari


Download 0.59 Mb.
bet10/12
Sana05.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1432304
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi

3.2. Davlatning ishchi kuchi bozorini takomillashtirishi va samaradorligini oshirish yo`llari.
Tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish bu jarayonda ishtirok etuvchi barcha sub’ektlar: ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakat, ishchi kuchini import qiluvchi mamlakat, ish beruvchilar, bandlikka ko’maklashuvchi organlar va mehnatkash- migrantlar manfaatlarining muvofiqligiga yo’naltirilishi lozim.
Davlatning mehnat migratsiyasi rivojlanishi borasidagi muhim vazifalaridan biri - mehnat migratsiyasining milliy iqtisodiyotga ijobiy ta’sirini imkon qadar ko’paytirish, norasmiy migratsiyaning oldini olish, mehnatkash-migrantlaming
ijtimoiy himoyasini ta’minlash3'.
Tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solishning asosiy dastaklari quyidagilar hisoblanadi:

  1. Davlatning mehnat migratsiyasi bo’yicha turli xalqaro Konventsiyalarga qo’shilishi. Milliy qonunchilik asosida mehnatkash-migrantlarning huquqlarini mustahkamlash.

  2. Manfaatdor mamlakatlar o’rtasida ikki va ko’p tomonlama hukumatlararo kelishuvlar, bitimlar tuzish. Ularda son kvotasi, ishga yollash shartlari, mehnat va ijtimoiy huquq me’yorlariga amal qilish kafolati, norasmiy kirib kelishga qarshi choralar, migratsiyaning davomiyligi, qaytishliligi kabi majburiyatlar kelishib olinadi.

  3. Hamma migrantlar ustidan o’matiladigan to’g’ridan-to’g’ri ma’muriy nazorat ularga xorij pasporti berish, chiqish vizalarini rasmiylashtirishda cheklovlar o’matish, kasb-malakasiga nisbatan aniq talablar qo’yish, ishchi kuchi importi davlat monopoliyasiga chek qo’yish orqali amalga oshiriladi.

  4. Xorijda ishga joylashtirish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash. Ushbu metod qator vazifalarni hal qilishda eng qulay sanaladi, awalo, ishchi kuchini yollash shartlarini nazorat qilish, norasmiy migratsiyaning oldini olish, mehnatkash-migrantlami ijtimoiy himoyalashni ta’minlaydi.

Migratsiya jarayonlarini boshqarishning xorij tajribasi shuni ko’rsatadiki, xorij ishchi kuchini qabul qiluvchi mamlakatlarda ishchi kuchi sifatiga talablar qo’yilishi (ma’lumoti to’g’risidagi hujjat, mutaxassislik bo’yicha ish staji); keluvchilar uchun yosh chegarasini o’matish; sog’lig’i to’g’risidagi ma’lumotnoma; ishchi kuchi importining son kvotasi; milliy- hududiy ustunliklar; immigrantlami jalb qilishga yo’naltirilgan maxsus dasturlar; migrantlar mehnatidan noqonuniy foydalanuvchilar, ishchi kuchining noqonuniy importi bilan shug’ullanuvchilarga nisbatan jazo choralari tizimi ishlab chiqiladi.
Ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlaming migratsiya siyosati
quyidagi vositalami o’z ichiga oladi:

  • mehnatkash migrantlar uchun qulay mehnat, yashash sharoitlarini yaratish va ishga joylashtirish, moliyaviy hamda huquqiy kafolatlarni taqdim etish bo’yicha talablar tizimi;

  • xorijdan pul o’tkazmalarini rag’batlantiruvchi valyuta va bank siyosatini o’tkazish; valyuta jamg’armalari bo’yicha imtiyozlar berish (depozitlar bo’yicha yuqori foiz, soliqlardan ozod qilish, xorij valyutasidagi o’tkazmalarga imtiyozli pochta va telegraf tariflari va b.);

  • qaytib kelayotgan mehnatkash migrantlarga qulayliklami ko’zda tutuvchi bojxona siyosatini o’tkazish;

  • emigrantlar uchun ish o’rinlari topish dasturlarini ishlab chiqish;

  • reemigrantlarga uy-joy sotib olish, qurish, xususiy biznesini ochish uchun imtiyozlar va kreditlar berish.

Tashqi migratsiya jarayonlarini boshqarishning muhim shakllaridan biri immigratsiya nazorati tizimi hisoblanadi. Immigratsiya nazoratini o’tkazishdan maqsad - immigrantlar oqimini boshqarishdir. Xalqaro ishchi kuchi migratsiya jarayoni uch darajada boshqariladi:

  1. Milliy darajada - alohida davlatning o’z mamlakatida migratsiya siyosatini amalga oshirish bo’yichatadbirlar yig’indisi.

  2. Xalqaro darajada - jahon hamjamiyati hududlarida ishchi kuchi migratsiyasini amalga oshirish choralari yig’indisi.

  3. Integratsion darajada - turli integratsiya uyushmalari doirasida ishchi kuchi migratsiyasini boshqarish bo’yichatadbirlar yig’indisi.

Migratsiya siyosati quyidagi organlar tomonidan amalga oshiriladi:

  1. Milliy darajada - Mehnat vazirligi; Adliya vazirligi; Ichki ishlar vazirligi; migratsiya xizmatlari organlari; bandlikka ko’maklashuvchi tashkilotlar.

  2. Xalqaro darajada - Xalqaro Mehnat Tashkiloti; Xalqaro Migratsiya Tashkil oti.

  3. Integratsion darajada - turli integratsiya tashkilotlariga a’zo davlatlar o’rtasida tuzilgan shartnoma, kelishuv, bitimlami bajarish orqali amalga oshiriladi (masalan, YEI, «NAFTA»).

Iqtisodiy taraqqiyot aholi soniga, uning mehnatga layoqatli qismi miqdoriga va hudud bo’ylab qanday joylashganligiga bog’liq. Rivojlangan mamlakatlarda XXI asr bo’sag’asida mehnat resurslarining umumiy va tarkibiy yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Aholi sonining qisqarishi, qariyalaming ko’pligi, aholining qarishi, mehnatga layoqatli va mehnatga layoqatsiz qismlari o’rtasidagi nisbatlaming o’zgarishi yaqin kelajakda rivojlangan mamlakatlarning demografik ko’rinishini yanada yaqqolroq ko’rsatib beradi. Bugungi kunda Xalqaro Mehnat Tashkilotining maTumotlariga ko’ra, immigrantlar rivojlangan mamlakatlarning demografik holatini yaxshilaydi. Frantsiyada, Germaniyada, SHvetsiyada hamma tug’ilayotgan yosh chaqaloqlaming 10% i ko’chib kelganlar hissasiga to’g’ri keladi. Bu ko’rsatkich SHveytsariyada - 24%, Lyuksemburgda - 38% ni tashkil etadi.
BMT Taraqqiyot Dasturining 2019 yil hisoboti ma’umotlariga ko’ra, mehnat migrantlarining 50% i o’z yashash hududlari chegarasida, 40% i qo’shni va yaqin davlatlarda mehnat faoliyatini olib borishadi. SHu bilan birga ishchi kuchini import va eksport qiluvchi mamlakatlar o’rtasidagi yaqinlik nafaqat geografik jihatdan, balki diniy va til omillari bilan ham aniqlanadi. 10 ta migrantdan taxminan 4 tasi shu davlatning tilini biladi.
Migratsiya bo’yicha xalqaro tashkilotning sotsiologik tadqiqotlariga ko’ra, jahondagi migrantlaming 52 % ini erkaklar va 48% ini ayollar tashkil etmoqda. Yevropa Ittifoqi davlatlarida XXI asr boshida erkaklar ulushi 48% dan 52% ga ko’tarilgan bir paytda Osiyo davlatlarida aksincha, erkaklar ulushi 47% dan 45% ga pasaydi.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining tarkibini, miqdorini tahlil qilish qator xususiyatlami aniqlash imkonini berdi. Rivojlangan davlatlarda umumiy bandlar tarkibida migrantlaming ulushi salmoqli o’rin tutmoqda va o’sib borish tendentsiyasiga ega. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida xorij ishchi kuchi asosan qurilish, xizmat ko’rsatish sohalarida band. Ushbu tarmoqlarda xorij ishchi kuchining ulushi 70% ni tashkil etadi. Oxirgi 10 yillarda savdo tarmoqlarida ishlaydigan immigrantlaming soni 50% ga, xizmat ko’rsatish sohasida esa 70% gako’paydi.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, migrantlaming o’rtacha yoshi 32-33 yoshni, ulaming 75 % dan ortig’ini 40 yoshdan kichiklar tashkil qiladi.
BMTning bashoratlariga ko’ra, 2000-2050 yillarda rivojlangan mamlakatlarda mavjud aholi sonini saqlash, iqtisodiy faol qismini qoplash, o’rnini to’ldirish uchun amaldagi netto-immigratsiya muhimdir. 2050 yillarda YE I aholisini 2000 yillar darajasida saqlash uchun yiliga 949 ming chet elliklami qabul qilish kerak; mavjud iqtisodiy faol aholi sonini saqlash uchun 1,4 mln., iqtisodiy faol va nofaol aholi o’rtasidagi nisbatni kamayib ketishining oldini olish uchun esa 12,7 mln. chet elliklami qabul qilish kerak bo’ladi. So’nggi holatda immigrantlar umumiy oqimi 50 yil ichida 700 mln. ni hamda o’sha davrga kelib immigrantlar va ularni avlodlarining Yevropa Ittifoqi aholisi sonidagi ulushi 75% ni tashkil qilishi mumkin bo Tar edi.
Ishchi kuchi migratsiyasining namoyon bo’lish shakllaridan biri “aqllaming oqishi”dir. Tadqiqot ishida ham yuqori malakali mutaxassislaming xorijda ishlash uchun chiqib ketishlari - “aqllarning oqishi” masalasi o’rganib chiqildi va xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining “aqlning oqib o’tishi” shakli barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgani aniqlandi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan yuqori malakali kadrlaming migratsiyasi shakllandi. Bu omil rivojlanayotgan mamlakatlarda jiddiy salbiy o’zgarishlarga olib keladi, rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining aksariyat qismini kapital bilan ta’minlaydi. Industrial rivojlanish yo’nalishini yangi mutaxassislar bilan ta’minlash juda muhimdir. AQSHda 1970-80 yillarda injenerlaming 10% dan ko’prog’ini, vrachlaming 20% dan ko’prog’ini xorijliklar tashkil qilgan.
Fan, ilmiy tadqiqot sohasidan “aqllaming oqib ketishi”, olimlarning xorijga, boshqa faoliyat sohalariga ketib qolishini anglatadi. “Aqllaming oqib ketishi” iborasi ko’pincha “iqtisodiy xavfsizlik”, “texnologiyalarning oqib ketishi”, “g’oyalarning o’g’irlanishi” kabi tushunchalar bilan uyg’unlikda qo’llana boshlandi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot tashkilotining bergan baholariga ko’ra, 1990-2010 yillarda Rossiyadan barcha yo’llar orqali ilm-fan sohasini tark etgan olimlar va muhandislar umumiy miqdoridan 10-15 foizi ko’chib ketgan. 2019 yil jahonda ishchi kuchi migratsiyasi qatnashchilarining 23,5% i oliy, 32,7% i o’rta maxsus, 41,0% i tugallanmagan o’rta ma’lumotli- lardan iborat bo’lgan bo’lsa, O’zbekistonda esa ushbu jarayon yanada yaqqol namoyon bo’lib, 33,9% oliy ma’lumotlilar, 40,0% o’rta maxsus, 25,0% tugallanmagan o’rta ma’lumotlilar tashkil etdi.
Bugungi kunda yuqori malakali mutaxassislar mehnat qilgan va ta’lim olgan davlatlarida turli ilmiy jamiyat, tashkilotlar bilan hamkorlik qiladilar. U yerda turli yo’nalishlarda olingan bilim, tajriba, malakalarini ma’lum vaqtdan so’ng o’z mamlakatlarida qo’llash mamlakat fani, ilmi va iqtisodiyoti rivojlanishiga hissa qo’shadilar.
BMTning taxminiy hisob-kitoblariga ko’ra, 2050 yilga borib O’zbekistonda 40 mln.dan ortiq aholi yashaydi. Tabiiyki, bu holat migratsiya jarayonlarini samarali boshqarish siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish masalasini hal qilishni taqozo etadi. Ishchi kuchi eksporti iqtisodiy resurs sifatida mamlakatning iqtisodiy o’sishi va aholi turmush darajasining oshirish strategiyasini amalga oshirishga yordam beruvchi muhim jihatlardan biriga aylanishi mumkin. Uzoq istiqbolda (2025-2050 yillargacha) aholi o’sishining barqaror uzoq muddatli kamayish tamoyili kuchayadi. O’zbekiston aholisi sonining yillik o’sish sur’ati
2025 yilga borib 0,9 foizga va 2050 yilga borib esa, 0,5 foizgacha kamayadi. Aholining umumiy miqdori 2025 yilda 34,2 mln. kishidan, 2050 yilda esa 40,5 kishidan iborat bo’ladi. Jumladan, 2025 yilda 0-14 yoshlilar aholining 24,4 foizini, 2050 yilga borib 2000 yildagi 36,3% ga nisbatan 19,9 foizni tashkil qiladi. Ayni paytda aholining ishga layoqatli qismi (15-59 yoshlilar) 2025 yilda 63,9 foizga o’sadi. Lekin uzoq istiqbolda ushbu ko’rsatkich pasayib, 2050 yilga borib 57,8 foizga tushadi. Mehnatga layoqatli yoshdan katta kishilar (60 yosh) soni ortib, 2025 umumiy aholiga nisbatan 11,7 foizni, 2050 yilga kelib 22,3 foizni tashkil etadi.

5-jadval



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling