Mundarija O’quv materiallar
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
MAJMUA akademik yozuv 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilova 3. Topshiriq.
- Mashq.
- Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. Dars bosqichlari Mashgulotalr tartibi
- Ilova 3. Hujjatchilikning ijtimoiy hayotdagl o’rni, takomillashtirish va kamchiliklar
- 6-dars Mavzu: Ish yuritish tili va uslubi
- Ilova 3. Hujjatlar tili va uslubi
Ilova 2. 1-topshiriq. Matn parchalarini o'qib, ularning qaysi nutq uslubiga xosligini aniqlang. Har bir matnning uslubiy o ‘ziga xosligini asoslab bering. I. 7- modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo‘mitasining roziligi bilan o‘zbek tiliga joriy etiladi. « 0 ‘bekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi qonunidan II. Notiqlik qadimgi Sharqda juda katta ijtimoiy-siyosiy mavqega ega bo‘lib, umumdavlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan. U bir necha turga ajratilgan: 1. Ilmiy-siyosiy ma’ruza. 2. Bahs-munozarali nutq. 3. Targ‘ib va tashviq qilish ruhidagi nutq. 4. Marsiya nutqi. 5. Tabrik nutqi va boshqalar. Ilova 3. Topshiriq. Klaster usulidan foydalanib rasmiy-ish uslubiga xos bo’lgan xususiyatlarni tushuntiring. rasmiy-ish uslubi 38 Mashq. Matnni o’zbek tiliga tarjima qiling. Рекомендация Это официальный документ, который составляется в целях рекомендации какого-либо лица на определенную должность, либо в члены различных государственных и общественных организаций, либо для представления к наградам. Он может быть выдан как админстрацией, так и отдельным лицом (лицами). В последнем случае в конце документа указывается должность и фамилия лица, которая дает рекомендацию, заверенные подписью и печатью организации. Текст рекомендации во многом схож с текстом харатеристики. Различие заключается в том, что в характеристике находят отражение основные положительные и отрицательные качества работнока. А в рекомендации наряду с этим, отдельный упор делается на те его качества, которые характеризуют его как специалиста в своей области и выражается уверенность в том, что данный работник может выполнить возлагаемые на него обязанности. Представление к различным наградам также составляется и оформляется в форме рекомендации. Реквизиты рекомендации: 1. Название документа (Рекомендация). 2. Текст докукмента. 3. Должность, фамилия, имя, отчество (инициалы) лица, который дает рекомендацию. 4. Подпись. 5. Дата. 6. Печать учреждения. 39 Mashq. Quyidagi so’z birikmalari ishtirokidagi gaplar tuzing. Ularni rasmiy yoki shaxsiy munosabatni ifodalashiga ko’ra guruhlarga ajrating. Iltimos qilmoq, talab etilmoq, o’qishga kirmoq, vazifadan ozod etilmoq, aytilganlarni inobatga olgan holda, salom yetkazmoq, jadvalga muvofiq, ko’ngilni ko’tarmoq, amalga oshirmoq, aytib bermoq, zimmasiga yuklamoq, vaqt topolmaslik, dasturlovchi bo’lib ishlamoq, ro’yxatga olinmoq, hushxabar yetkazmoq, haroratni pasayishi oqibatida. Mashq. Berilgan matndan rasmiy uslubga xos so’z va so’z birikmalarini ko’chirib yozing. Matnni rus tiliga tarjima qiling. 5-dars Mavzu: Hujjatchilik таrixi va uning takomillashuvi Vaqt: 2 soat Talabalar soni: 15-30 Dars turi: Amaliy Darsning maqsadi: Hujjatchilik таrixi va uning takomillashuvi haqida to'liq ma'lumot berish Darsning vazifalari: 1. Ilk hujjatlar haqida to'liq ma'lumot berish. 2. Hujjatchilikning keyingi bosqichi bilan tanishtirish. Kutilayotgan natijalar: 1. Talabalar ilk hujjatlar haqida to'liq tushunchaga ega bo'ladilar. 2. Hujjatchilikning rivojlanishi haqida ma'lumotga ega bo'ladilar. Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. Dars bosqichlari Mashg'ulotalr tartibi 40 O'qituvchi Talaba 1.Kirish (15 daq) O'qituvchi talabalardan uyga vazifani so'raydi. Talabalar javob berishadi. 2. Asosiy qism (30 daq) 1. Talabalardan ilk hujjatlar haqida nimalar bilishlarini so'raydi. 2. Ilk hujjatlar haqida ma'lumot beradi. 3. Hujjatchilikning qanday rivojlangani va bugungi kuni haqida ma'lumot beradi. 1. Talabalar javob berishadi.(Ilova 1) 2. Talabalar tinglab savol berishadi.(Ilova 2) 3. Talabalar tinglab savol berishadi.(Ilova 3) 3. Mustahkamlash (20 daq) O'qituvchi talabalarga mavzuga doir topshiriqlar beradi. Talabalar topshiriqlarni juft bo'lib bajarishadi. (Ilova 4) 4. Yakuniy qism (5 daq) O'qituvchi talabalarga uyga vazifa beradi: Mavzuga doir materiallar yi'ib ularni gapirib berish. Uy vazifasi 5. Hujjatchilik tаrixi va uning takomillashuvi. Ilova 1. Ilk hujjatlar 41 Ilova 2. O'zbek tilining izohli lug'atida “Hujjat” so'ziga quyidagicha izoh beriladi: "Hujjat” arabcha so‘z bo'lib, qayd qilish, tasdiqlash ma’nosini bildiradi. Shuningdek, u ijtimoiy tarixiy ahamiyatga ega bolgan yozuv va suratlar, asar yoki adabiyot ma’nosini ham ifodalaydi. O‘tmishdagi hujjatlar aslida yaqindagina vujudga kelmagan. U qadim davrlarga borib taqaladi. Turkiy xalqlarda ham hujjat tuzish qadimdan mavjud bo'lgan. X- asr va undan oldingi davrlarga oid turli hujjat namunalari bizgacha yetib kelgan. Hatto M.Qashg'ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida “Bushug‘” so‘zi uchraydi. U elchiga qaytib ketish uchun beriladigan ijozat qog'ozi, shuningdek, elchilarga beriladigan sovg‘a ma’nolarini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” asarida yorliq va noma ma’nosi o'rnida “bildargulik” so‘zi ishlatilgan. Hozirgi kunda faol qo‘llanishga o'tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so'zdan olingan. Sho'rolar davrida bu so‘z “raport” deb yuritilardi. Qadimshunos olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ko'pgina ma’lumotlarga ega bo'lindi. Namangan viloyati Kosonsoy shahri yaqinidagi Mug1 qal'asidan VII- VIII asrga oid 80 ta hujjat topilgan. Ular milliy so‘g‘d yozuvida bo'lib, toldan kesilgan tayoqcha, teri va xitoy qog‘ozlariga bitilgan. Hujjatlar mazmunan huquqiy xarakterga ega. Bir turkumi diplomatik aloqalarga oid bo lib, arablarga qarshi harbiy kuchlami birlashtirish masalasiga bag'ishlangan. Hujjatlarda buyruqlar, soliq va boj yig‘ish moliyaviy harajatlar ro'yxati va boshqalar aks etgan. Xorazm xarobalaridan esa charm va taxtachaga yozilgan hujjatlar topilgan. Tuproqqal'a hayot bo‘lgan davrdagi xonadan a'zolarining ro'yxati, harbiy chaqiriq, soliq, jon-mol ro'yxati, xo'jalik asboblarini olingani haqidagi tilxat qadimgi hujjatlardan darak beradi. Turkiy tillar mutaxassisi S.E.Malov “Памятники древнетюрской письменности” (М-Л, 42 1951) asarida qadimgi turkiy yozuvida XIII asrlarda bitilgan qadimgi hujjat (shikoyat, oldi- sotdi, ijaraga qo'yish, tilxat) namunalarini keltiradi. Qimmatli ma’lumot beruvchi X-asr olimi Abu Abdulloh al-Xorazmiy “llmlar kaliti” asarining “arab” ilmlari qismida ish yuritish daftarlarini sharhlab, Samoniylar davlatidagi soliq xillari va ularni yig'ish yo'li, hajmi, Sharq mamlakatlarining hududlarida ishlatilgan og‘ irlik hamda o'lchov birliklarini keltiradi. Askarlar ro'yxati, beriladigan maosh, kiyim-kechak shakllarini keltiradi. O'sha davrda Markaziy Osiyoda keng tarqalgan o'lchov birliklari haqida ma’lumot beradi. Ular boshqa manbalarda hozir uchramaydi. “Eski uyg‘ur yozuvi” (Q.Sodiqov), «Древней Хорезм» (С.П.Толстой), «Ганчи, ганчибоши в Какандском хандстве» (А.Л.Тротская) kabi manbalarning ahamiyati katta. Ma’lum bo'lishicha, X-XIX asrlarda farmon, yorliq, noma, bitim, arznoma, qarsnoma, vasiqa, vaqfnoma, tilxat kabilar keng iste'molda bo'lgan. Hozirgi kunda vaqfnoma, vasiqa, noma, arsnoma kabi hujjatlar tilimizda ishlatilmaydi. Manba sifatida “Boburnoma" asarining o'z o‘rni bor, chunki unda farmon, mirzo, sulh, tamg'a hatto ariza o'rnida “arsadosh” qo'llanilgan. Shuni qayd qilish mumkinki, hozirgi kunda tilimizda tor ma’noga ega bo'lgan '"patta” so'zi XlX-asrda Qo'qon xonligida keng ishlatilgani ma’lum. Dunyoning har bir mamlakatida qadimdan rasmiy ish qog'ozlari qo'llanilib kelgan. Masalan: eramizdan avval bo'lgan Bobil (Vavilion) davlatining 1792 - 1950 - yillar podshoxi Xammurapining buyrug'i bilan tayyorlangan qonunlar majmuasi mavjudligi haqida amerikalik sharqshunos Edvard Kira “Они писали на глине” (1984-у) asarida ma’lumot beradi. Qonun majmuasi 247 moddadan iborat bo'lib, u basalt ustuniga qadimgi mixxat bilan yozilgan. Qonunda yerga egalik, savdo- sotiq, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar aks etgan. Bobil hozirgi Iroqning janubiga to‘g‘ri keladi. Rossiyada hujjat yuritish IX-X asrlardan boshlangan. X-asrga kelib shartnomalarda muhrlar qo’llana boshlagan. XlV-asr oxirlaridan boshlab 43 hujjatlar qog‘ozlarda o‘z ifodasini topishga o‘tgan. Manbalar Pyotr davrida “Dokument” so‘zining ishlatila boshlaganidan darak beradi. U tor ma’noda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) o‘rnida ishlatilgan. Keng ma’noda-guvoh beruvchi, ibratli, namunali, dadil, isbotlovchi ma’nosida qo‘llanilgan. Turkiston Respublikasidan ajralib chiqqan O'zbekiston respublikasi 1924- yil 31-dekabrda 48-raqamli “Ishlarni o‘zbek tilida yuritish” to‘g‘risida muhim qaror qabul qildi. Qarorda butun boshqaruv idoralarida hamma rasmiy ish qog'ozlari faqat o‘zbek tilida yuritish, o‘zbekcha rasmiy hujjatlar tuzish, yo'riqnomalarni tayyorlash topshirildi. Qarorni hayotda qo'llash uchun ishchi hay’at yuzaga keldi. Har bir tashkilot, muassasa va idoralarda ish yuritish bo'limlari tashkil qilindi. Qarorda dekretga bepisand qarovchilarga chora ko'rish kerakligi ta'kidlangan edi. Ish qog‘oz namunalari maxsus tayyorlandi. Ammo 30-yillarda vaziyat o‘zgardi. Ayniqsa 1938-yilgi qabul qilingan “Об обязательном изучении русского языка” qaroridan keyin milliy tillar, xususan, o'zbek tilini cheklash, mensimaslik siyosati boshlandi. Ish yuritish asosan, rus tilida yuritiladigan bo'ldi. Nihoyat, 1989-yili O'zbekiston Kespublikasining “Davlat tili to'g'risida” qonuni qabul qilindi. Qonunga muvofiq 8 yil mobaynida barcha rasmiy hujjatlar o'zbek tilida yozilishi kerak edi. 1995-yil 21-dekabrda qonunning yangi tahrir qilingan variantida o'zgartirish va qo'shimchalar o'z ifodasini topdi. Qonunning 8-19-moddalarida ish yuritish o'zbek tilida, shuningdek, ish qog'ozlari rus hamda boshqa tillarda tuzish va qabul qilish mumkinligi ko'rsatib o‘tilgan. Bu respublikada milliy munosabatlarning barqarorligini ta'minlash bilan bog'liq edi. 1995-yil 24-avgust 339-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi o'zbek tilining lotin imlosiga asoslangan yangi alifbo qoidalarini tasdiqladi. Ish qog'ozlari yangi alifboda qoidalarga rioya qilingan holda yoziladigan bo'ldi. Ilova 3. Hujjatchilikning ijtimoiy hayotdagl o’rni, takomillashtirish va kamchiliklar 44 O'zbekiston mustaqil bo'lgach, ish yuritishning ijtimoiy hayotdagi o'rni o'zgacha tus oldi. Hujjatlarni avval rus tilida belgilangan qolipda yozilgan bo'lsa, ularni o'zbekona tayyorlash yo'liga o'tildi, e’tibor o'zgardi. Rasmiy ish qog'ozlarining ahamiyati ortdi, chunki jamiyat bilan uning a'zolari o'rtasidagi munosabat, hatto davlatlar orasidagi aloqa, davlat tashkilotlari ichidagi qonun- qoidalar davlat tilida keng yuritila boshlandi. O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 18-avgustda 424-son qaror qabul qildi. Qaror tom ma’nodagi hujjatchilikni shakllantirish va rivojlantirish yo'lida muhim qadam bo'ldi. 1999- yil 29-martda 140-son qaroriga ilova qabul qilinib, unda ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo'yicha namunaviy yo‘riqnoma berildi. Yo‘riqnomada umumiy qoidalar, shuningdek, hujjatlashtirish, kelgan xat-xabarlarni qabul qilish va ro'yxatga olish, jo'natish, hujjatlarning ijrosi ustidan nazorat tartiblari ko'rsatilgan. Vazirbr Mahkamasining qarorlari so‘zsiz tom ma’nodagi o‘zbek hujjatchiligini hozirgi kun talablari asosida shakllantirish va rivojlantirishda maqsadga muvofiq ish bo’ladi. O‘zbek tilidagi hujjatchilikni takomillashtirishda mavjud tajribalardan foydalanish o'rinli. Bunda albatta o'zbek tilining o‘z qonun-qoidalariga rioya qilish kerak. Masalan, sana yozishda o‘zbek tilining tabiatga mos qilib avval yil keyin oy “2007-yil 8-mart” deb yozish to'g'ri bo'ladi. Hujjatlarni sof o'zbek tilidagi andozalarini yaratish, bular bilan bog'liq atamalarning bir xilligiga erishish takomillashtirishning muhim masalalaridan. Hujjatlar tuzish, ijro etish uslubi ustida ish olib borish, Davlat bo‘yicha yagona nusxalarini ishlab chiqish shu kunning dolzarb vazifasiga kiradi. Bu ishlarning sust borishida hujjatlarni tuzish yo'llari, shakli, tili, uslubini o'rganuvchi va belgilab beruvchi ilmiy markazning yo’qligi deb hisoblash o'rinli. Hozirgi davrda ish yuritishning “yuragi” kompyuter bo'lib qolmoqda. Asosiy hujjatlar kompyuterda yoziladi. Elektron pochta, faks orqali uzatiladi. Ish yuritishga kompyuterlar o'tgan asrning 60-yillarida kirib kelgan. 80-yillarda 45 avtomatlashtirilgan tizimga keng yo'l ochilgan. Katta va kichik EHMIar boshqaruv faoliyatida hujjatlarni ro'yxatga olish, tekshirish, nazorat ishlarini o'tkazish, saqlash, hujjatlarni tayyorlashda muhim o‘rin egalladi. O'zbekistonda kompyuterning keng tusda hayotga kirib kelishi 2000-yillarning boshiga to'g'ri keladi. Faqatgina yuqori idoralardagina ish yuritishda EHMdan foydalanish imkoniyati mavjud edi. Ilova 4. 1-topshiriq. Gaplarni o ‘qing. Eski uslubga xos lisoniy qoliplaming ma’nosini izohlang va hozirgi adabiy tildagi muqobillarini qavsda ko'rsatib ko‘chiring. 1. Xoja Kalonga salom degach, so‘z ulkim, Shamsiddin M u h am m ad Atovag ‘a keld i... Tengri taolo d in umid andoqdurkim, bu oraning ishi Tangri taolo inoyati bila bot saranjom topgan. («Boburnoma»dan). 2. Qulluq arzadosht ulkim, safardin salomatliq bila qaytib, maskanga tushulgan xabardin davlatxoh qullar shodmon b o ‘ldilar. Umid ulki, hamisha davlat ila sog‘ va salomat bo‘lub olam ahlig‘a komron bo‘lg‘aysiz. (Alisher Navoiy, «Munshaot»dan). 3. Yer-u ko'kni yaratgan Tangri taologa cheksiz shukrlar bo‘lsinki, yetti iqlim mamlakatlarining ko‘pini mening farmonimga kirgizdi va olim sultonlari va hokimlari menga egilib, itoat qilish halqasini jon quloqlariga taqdilar. («Temur tuzuklari»dan). 4. Biri ulkim, viloyat molin mashvaratsiz olib turursiz va bu ma’hud emas erdi... Chun sizning tobug‘ingizga ayturga davlatxohlig1 so‘zini ayturg‘a ma’murmen. U1 jihatdin go‘stohliq bila arzadosht bitildi. (Alisher Navoiy, «Munshaot»dan). 2-topshiriq. Ish yuritishda ilgari qoMlangan quyidagi so‘zlarning hozirgi tilimizdan ma’nodoshlarini toping va ular ishtirokida gaplar tuzing: munshaot, yorliq, patta, noma, chopar, munshiy, farmoni oliy, mirzaboshi, devonbegi. 46 6-dars Mavzu: Ish yuritish tili va uslubi Vaqt: 2 soat Talabalar soni: 15-30 Dars turi: Amaliy Darsning maqsadi: Ish yuritish tili va uslubi haqida to'liq ma'lumot berish Darsning vazifalari: 1. Ish yuritish tili bilan tanishtirish. 2. Ish yuritish uslubining o’ziga hosliklarini izohlash. Kutilayotgan natijalar: 1. Talabalar Ish yuritish tili haqida to'liq tushunchaga ega bo'ladilar. 2. Ish yuritish uslubi haqida ma'lumotga ega bo'ladilar. Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. Dars bosqichlari Mashg'ulotalr tartibi O'qituvchi Talaba 1.Kirish (15 daq) O'qituvchi talabalardan uyga vazifani so'raydi. Talabalar javob berishadi. 2. Asosiy qism (30 daq) 1. Talabalardan ish yuritish nima ekanligini so'raydi. 2. Ish yuritish tili haqida ma'lumot beradi . 3. Ish yuritish uslubini tushuntirib beradi. 1. Talabalar javob berishadi.(Ilova 1) 2. Talabalar tinglab savol berishadi.(Ilova 2) 3. Talabalar tinglab savol berishadi.(Ilova 3) 3. Mustahkamlash (20 daq) O'qituvchi talabalarga mavzuga doir topshiriqlar beradi. Talabalar topshiriqlarni juft bo'lib bajarishadi. (Ilova 4) 47 4. Yakuniy qism (5 daq) O'qituvchi talabalarga uyga vazifa beradi: Mavzuga doir materiallar yi'ib ularni gapirib berish. Uy vazifasi 6. Ish yuritish tili va uslubi. Ilova 1. ISH YURITISH Ilova 2. Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi. Bu uslub muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubidir. Bu uslub, shuningdek, davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladí. 48 Rasmiy uslub yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi - axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. Rasmiy uslubga xos har qaysi hujjat turining o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo‘ysunadi. Ilova 3. Hujjatlar tili va uslubi Hujjatlarning tili va uslubiga qadimdan e’tibor berishgan. Bir qat'iy tartibda qonun-qoidalarga rioya qilingan holda yozilgani ma’lum. Turkiy tilida teri, yog‘och, sopol, va pergamentlarga yozilgan hujjatlar talablariga ko‘ra bitilgan. Turkiy tilda bitilgan hujjatlar X-XII asrlarda, o‘zbek (turkiy) tilida yozilgan hujjatlar XIV-XVI asrlar Amir Temur davriga to‘g‘ri keladi. O‘zbek tilida hujjatlar tuzish keyingi asrlarda ham davom etgan, ammo qisman fors tilida ham rasmiylashtirish bo‘lgan. Hujjatlar tili umumadabiy tildan ajralgan emas. U vazifasiga ko‘ra rasmiy uslubga xos. Rasmiy uslub xarakteriga muvofiq hujjatlarda aniqlik, mantiqlik, ishonarlilik va ihchamlik yuzaga keladi. Shuning uchun ham hujjatlar rasmiy uslub talablariga javob bera olishi talab qilinadi. Bu o‘z o‘rnida hujjatlarning axborotlarini rasmiy ravishda xolisligini yuzaga keltiradi. Hujjatlar tilining o‘ziga xosligi shundaki, unda (trafaretli) so‘z qolipli va andozali so‘z birikmalari, gaplar qo‘llaniladi. Bu jihati bilan ilmiy, matbuot, badiiy uslublardan farq qiladi. Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyingi davrda hujjatlar tilida ishlatilayotgan so‘zlar qatlami ayrim “eskirib qolgan” deb hisoblanadigan 49 atamalar bilan to‘lgani aniq. Masalan, bildirgi (bildirish), ma’lumotnoma, tavsifnoma, bayonnoma va boshqalar. Hujjatlarning leksik xususiyatlaridan biri, unda trafaret, qolipli bir shaklda qo‘llaniladigan so‘zlar ishlatilishidadir: buyuraman, tasdiqlayman, ma’qullansin, eshitildi va b. Hujjat tilida badiiy asarlarda qo‘llaniladigan o‘xshatish jonlantirish, tasviriy so‘zlar, shuningdek so‘zlashuv uslubiga xos shevaga oid hamda dag‘al so‘zlar, kitobiy-tantanavor so‘zlar uchramaydi, ishlatilmaydi. Istagan holda so‘zlarni qisqartma shaklda berish qoidaga to‘g‘ri kelmaydi. Umumqabul qilingan qisqartma so‘zlardan foydalanish mumkin. Morfologik jihatdan ham hujjatlar tili o‘ziga xos, ya’ni unga erkalash- kuchaytirish qo‘shimchalari, subyektiv baho so‘zlari ishlatilmaydi. Hujjatlarda 2 shaxs qo‘shimchasi qo‘llanilmaydi, chunki hujjatlar fe’lning 1 yoki 3 shaxs nomidan yoziladi. Shu tufayli - man (buyuraman, so‘rayman, tavsiya etaman), -miz, -di qo‘shimchalari so‘zlarga qo‘shilib ishlatiladi (iltimos qilamiz, eshitildi, so‘raydi, so‘zga chiqdi va b.) Hujjatlarning o‘ziga xosligi shundaki, ularda harakat nomlari ko‘p qo‘llaniladi (masalan, joriy etish, hizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoya qilish). Fe’lning buyruq-istak mayli majhul nisbat shaklining qo‘llanishi ko‘proqligi bilan hujjatlar xarakterli (ko‘paytirilsin, bajarilsin, iltimos qilamiz, so‘raymiz) dir. Fe’lning o‘tgan hamda hozirgi-kelasi zamon shakllarining qo‘llanish doirasi hujjatlarda kengroq (qatnashdilar, so‘raydi, ma’qullaydi, hisobga olinadi va b.). Sonlarning ishlatilishi hujjatlar turiga qarab tartibga rioya qilingan holda yoziladi. Ayrim hujjat turlari, masalan, ishonchnoma, tilxat kabilarda sonlar son bilan ham, so‘z bilan ham yozish talab qilinadi. Pul, moddiy 50 boylik bilan bog‘liq hollarda qoidaga muvofiq son bilan birga uning yozma ifodasi hujjatda o‘z ifodasini topgan bo‘lishi shart deb qabul qilingan. Hujjatlarda qolipga tushgan so‘z birikmalari, sintaktik tuzilmalar ko‘p qo‘llanadi. (masalan, men, Mahmudov Ozod..., ro‘yxatga olinsin, ... qilish maqsadida, ....qaror qilindi, Siz rahbarlik qilayotgan). Hujjatlarda turgan frazeologik birikmalar, ya’ni ko‘chma ma’noda qo‘llanuvchilar ishlatilmaydi. Gaplar turiga kelganda darak gapning xabar, axborot beruvchi, ta’kidlovchi xarakterdagi turlari keng qo‘llaniladi. Odatda so‘roq, undov mazmunidagi gaplar, shuningdek murakkab qo‘shma gaplar ishlatilmaydi. Hujjatlarni madaniy tuzilishda, tayyorlashda, imlo va tinish belgilari, xat boshiga alohida e’tibor berish zarur. Hujjat nomi- sarlavhalardan keyin o‘zbek tilida qoidalarga muvofiq nuqta qo‘yilmaydi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling