Mundarija


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/25
Sana06.11.2021
Hajmi0.73 Mb.
#170977
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
iborolarning nutqdagi orni

so’zlar (aforizmlar) deyiladi: Til uslub uchun shaxmat taxtasidagi shohdir. (K. Fedin) 

Oz-oz o’rganib, dono bo’lur, Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur. (Navoiy)  

  

So`zlarning  o`z  ma`no  va  grammatik  xususiyatlari  tufayli  birikishi  natijasida  gap 



tuziladi va so`z  birikmasi  hosil  bo`ladi. 

So`z  birikmasi  ikki  va  undan  ortii  mustaqil  so`zdan  tashkil  topib,  bitta  murakkab 

tushunchani  ifodalaydigan  grammatik  butunlikdir.  Bunday  butunlik  nutq  so`zlanib 

turgan paytda vujudga keltiriladi. 

Ba`zi so`z birikmalari, hatto ayrim gaplar ham, tilda ko`p vaqt bir qolipda qo`llanaverib, 

bo`linmaydigan  holga  kelib  qolishi  mumkin.  Masalan,  peshonasi  ochilgan,  miyasi 

chiqdi, kapalagi uchib ketdi va boshqalar. Bunday iboralar o`zbek tilida  so`zlashuvchi 

har bir kishining xotirasida bir  

butun holda qo`llanilaveradi. Bunda u, xuddi so`zni tanlab qo`yganday, o`z maqsadiga 

muvofiq keladigan iborani tanlab oladi. 

Demak, so`z birikmalari ikki xil bo`ladi: a) erkin birikmalar (taxta karavat, sim karavat; 

taxta ko`prik, sim ilgak)  

b) turg`un birikmalar (peshonasi ochilgan, miyasi chiqdi kabi). 



 

38 


Erkin  birikmalar  nutq  momentida  tuziladi.  Ularning  sostavidagi  so`zlarni  ixtiyoriy 

ravishda  almashtirish,  kengaytirish  mumkin.  Ammo  turg`un  birikmalarni  bunday  qilib 

bo`lmaydi.  Bir  qolipda  qo`llanadigan,  komponentlari  barqaror  bo`lgan    bo`linmas 

birikmalar turg`un birikmalar deyiladi. 

Turg`un  birikmalar  2  xil:  odatda  bir  tushuncha  ifodalaydigan  murakkab  terminlar, 

obrazlilikka boy bo`lgan  frazeologiya. Biror qismi yoki butun holda ko`chma ma`noda 

bo`lgani  uchun  obrazlilikka  boy  bo`lgan    turg`un  birikmalar  frazeologizm  deyiladi. 

Frazeologizmlarni tekshiruvchi soha frazeologiya deb yuritiladi. 

Frazeologizmlarni 3 gruppaga ajratish mumkin. 

1. 


Frazeologik qo`shilma. 

2. 


Frazeologik birlashma. 

3. 


Frazeologik chatishma. 

Ma`nosi tarkibidagi so`zlarning bosh yoki yasama ma`nolaridan iborat bo`lgan  turg`un 

iboralar  frazeologik  qo`shilma  deyiladi.  Masalan:  qo`l  ko`tarmoq,  o`qqa  tutmoq, 

ishtahasi ochildi. 

Frazelogik qo`shilmaning xarakterli belgilari quyidagilar: 

1. Iboraning umumiy ma`nosidan iborat bo`lganligi uchun, ibora voqelikni bevosita aks 

ettiradi. 

2. Ibora tarkibidagi  ayrim  so`zlar ko`chma  ma`noda  qo`latish-qo`latilmasligidan  qat`iy 

nazar,  ibora  bir  butun  holda  ko`chma  ma`noda  bo`lmaydi.  Masalan,  ovozga  qo`ymoq, 

ishtahasi ochildi iboralaridagi qo`ymoq ochilmoq fe`llari ko`chma ma`noda qo`llangan. 

3.  Iboraning  so`zlari  orasidagi  sintaktik  aloqa  jonli,  ammo  doimiydir,  shuning  uchun 

bunday birikmalarni gap bo`laklariga ajratish mumkin bo`lmaydi. 

4. Ibora garchi turg`un bo`lsa ham, undagi doimiy so`zlar orasiga ba`zan boshqa so`zlar 

kiritsa bo`ladi.  

Masalan, Sidiqjon ko`kragini sandalga berib xat mashq qilar, Kanizak uning ro`parasida 

kitob o`qib o`tirar edi. Bunda ko`kragini berib iborasi orasiga sandalga so`zi kiritilgan. 

Frazeologik  birlashma  deb  so`zlarning  ma`nolaridan  kelib  chiqadigan  ayon  real 

ma`nodan  tashhari,  butun  holda  ko`chma  ma`noda  qo`llanadigan  turg`un  iboralarga 

aytiladi. Masalan: xamir uchidan patir, miyasi chiqdi kabi. 



 

39 


Frazeologik birlashmaning asosiy belgilari: 

1.  Iboraning  ma`nosi  so`zlarning  asosiy  yoki  ko`chma  ma`nolari  bilan  bog`lanadi. 

Shuning  uchun  ibora  ifodalangan  umumiy  ma`noni  tarkibdagi  so`zlarning  ma`nolari 

oriali izohlash mumkin. 

2.  Iboraning  ma`nosi  butun  holda  ko`chma  bo`ladi.  Shu  sababdan  unda  obrazlilik, 

ta`sirchanlik kuchlidir. Ayniqsa mubolag`a o`xshatish kabi usullar uning bu xususiyatini 

oshiradi. 

3.  Ibora  tarkibidagi  so`zlar  o`zaro  jonli  grammatik  aloqada  bo`lsa  ham  ular  sintaktik 

jihatdan erkin bo`lmaydi. Masalan: U ilonning yog`ni yalagan. 

4.  Frazeologik  birlashmalar  tarkibidagi  so`zlar  u  qadar  zich  birikib  ketmaganligidan, 

ular  orasiga  so`z  kiritish,  o`rinlarini  almashtirish  ulardan  birini  sinonimi  bilan 

almashtirish mumkin. 

Tarkibidagi  so`zlarning  ham  o`zaro,  ham  umumiy  ma`noga  nisbatan  bo`lgan    ma`no 

munosabatlari unutilgan turg`un iboralar frazeologik chatishma deyiladi. Masalan: tong 

otganda, toqati toq bo`ldi. 

Frazeologik chatishmalarning xarakterli belgilari: 

1.  Ibora  ma`no  jihatdan  o`zaro  bog`langanligi  anglashilib  turadigan  ayrim  so`zlarga 

bo`linmaydi.  

Masalan, quloq solmoq, yoki quloq osmoq. 

2.  Ba`zi  iboralarda  ma`nosi  eskirgan  so`zlar  mavjud  bo`ladi.  Bu  so`zlar  faqat  shu 

iboradagina qo`llanadi. Masalan, qosh qorayganda, sadqayi sar kabi. 

3.  Iboradagi  so`zlar  to`la  ma`no  mustaqilligiga  ega  bo`lganidan,  ular  orasidagi 

grammatik munosabatlar ham erkin va jonli deb haralmaydi. Shuning uchun uni ayrim 

gap bo`laklariga bo`lib bo`lmaydi. Masalan juftakni rostlamoq, ishi pachava kabi. 

Frazeologizmning barcha turlari ham obrazlilikka ega bo`lgani uchun nutqni ifodali va 

ta`sirchan qiladi. 

2. Frazeologiyada tildagi turg`un - barqaror birikmalar o`rganiladi. 

Odatda,  so`zlarning  birikuvidan  so`z  birikmasi  hosil    bo`ladi.  Bu  so`z  birikmalarining 

ba`zilari  erkin  bo`lsa,  ba`zilari  turg`un  bo`ladi.  Oyoq  uchida  birikmasi  kontekstdan 

anglashilgan 

ish-harakatning 

imi-jimida, 

yashirincha 

bajarilganligini 




 

40 


bildiradi.Frazeologik  iboralarning  ko`p  ma`noliligi  ularning  sinonimik  holati  bilan 

boliq.  Chunki  u  yoki  bu  iboraning  yangi  ma`nosi  turg`un  iboralar  doirasida  yangidan-

yangi semantik bog`liqlikni  aniqlashga, frazeologik ma`nolar miqdorini kengaytirishga 

olib keladi. 

Frazeologik  iboralarning  sinonimiya  hodisasiga  boyligi  ulardan  foydalanishda  katta 

stilistik  imkoniyatlar  yaratadi.  Bu  imkoniyatlarni,  qisqacha,  quyidagicha  izohlash 

mumkin:  Frazeologik  ibora  alohida  so`z  bilan  sinonimik  munosabat  hosil    etadi. 

Masalan,  tepa  sochi  tikka  bo`ldi  iborasi  achchiqlanmaq  so`zi  bilan  ko`zi  hech  nima 

ko`rinmadi iborasi  bilan sinonimik holatda bo`ladi. 

Frazeologik  sinonimlar  ham  nutq  ko`rinishlariga  xoslangan  bo`ladi.    Masalan  oila 

qurmoq,  turmush  qurmoq,  bir  yostiqqa  bosh  qo`ymoq  iboralarining  birinchisi  va 

ikkinchisi rasmiy nutqqa, uchinchisi so`zlashuv nutqiga mansub. 

Frazeologik  iboralar  nutq  ko`rinishlariga  harab  turli  xil  vazifada  qo`llaniladi.  Ilmiy  va 

rasmiy  nutqda,  ko`pincha,  nominativ  funksiyani  bajaradi.  Bunga  qo`l  qo`ymoq,  qo`l 

ko`tarmoq,  ovoz  bermoq  kabi  iboralar  misol  bo`ladi.  Badiiy  adabiyot  va  publisistik 

asarlarga  mansub  frazeologizmlarning  ekspresiv-stilistik  jihati  va  uning  obrazliligi, 

ta`sirchanligi nazarda tutiladi. 

Badiiy adabiyot va publistikada iboralarni qo`llash yo`llari juda xilma-xil. Yozuvchi va 

publisistlar  umumtildagi  mavjud  tayyor  iboralardan  unumli  foydalanibgina  qolmay, 

o`zlari  ham  shular  zamirida  yangi  iboralar  yaratadilar.  Bunda  ular  umumtil  iborasi 

zamiridagi  ma`noning  yangicha  talqinini  ochish, iboraning  leksik  tarkibini  o`zgartirish 

uchun  semantik-stilistik  funksiyalarini  kengaytirish,  iboraga  yangicha  majoziy  va 

obrazli ma`nolar kiritish kabi usullardan  

foydalanadilar. Yozuvchi Abdulla Qahhor "Qo`shchinor chiroqlari" romanida rus tilidan 

o`zlashgan o`z gazi bilan o`lchamoq iborasi asosida yangi ibora yaratadi. Bunda u ibora 

zamiridagi  obrazni    O`rmonjonning  fikriga  muvofiqlashtirish  uchun  uning  talqiniga 

"o`lchagani gazi yaramay qolmoq, eskilik qilmoq" tarzida yangicha yo`nalish, yangicha 

tus beradi. Natijada tushunishga ojizlik qilmoq degan ma`noni ifodalaydigan individual 

frazeologik neologizm vujudga keladi: "o`lchagini gazi  



 

41 


eskilik  qilmoq".  Bu  yangi  ibora  O`rmonjonning  fikrini  obrazli  qilib,  yorqin  ifodalash 

imkonini  beradi.Umumtil  frazeologik  iboralaridan  Oybek,  Abdulla  Qahhor,    Abdulla 

Qodiriy, G`ofur G`ulom va boshqa ko`pgina talantli yozuvchilar o`z asarlarida mohirlik 

va ijodkorlik bilan foydalanganlar. Masalan, A.Qahhor "O`tmishdan ertaklar" qissasida 

To`raqul  og`ufurushning  juda  ayyorligini,  mug`ombir  va  quvligini  ko`rsatish  uchun 

ilonni yog`ni yalagan xalq iborasiga muqobil tarzda yangi ibora ijod qiladi: 

- Pulni oldingiz, usta, baland yemang. Bu odam sof ajdaho. O`likning yog`ni, tirikning 

tirnog`ini yeydi.  

Frazeologiyada  so`zlar  kabi  monosemiya  va  polisemiya  hodisalari  uchraydi. 

Frazemaning  semantik  tarkibida  bitta  frazeologik  ma`noning  bo`lishi  monosemiya 

deyiladi.  Chunonchi,  ko`ngliga  qo`l  solmoq  frazemasining  tarkibida «   yashirin  fikr-

o`yini bilishga harakat qilmoq» ma`nosidan boshqa frazeologik ma`no yoq.  

 

Frazeologik  polisemiya  esa  frazemaning  semantik  tarkibida  ikki  yoki  undan 



frazeologik  ma`noning  bo`lishidir.  Masalan :  boshim  aylandi  frazemasining  semantik 

tarkibida ikkita fraseologik ma`no bor. 

1.  « Behud  bo`lmoq »  ma`nosi :  « stol  yoniga  kelguncha  uning  boshi 

aylanib ketdi. »(S.Z.) ; 

2.  « Esankiramoq» 

ma`nosi :  « ...muloyim  harab  qo`yishlarini 

sezardim, buning hammasidan boshim aylanardi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

42 


 

 

 



 

 

 



 


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling