Mustaqil ish mavzu: Tabiatshunoslik darslarida kuzatish orqali yangi bilim va tushunchalarni shakllantirish. Bajardi


Download 140.67 Kb.
bet8/9
Sana04.11.2023
Hajmi140.67 Kb.
#1747333
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish 4

Ilmiylik tamoyili o`quvchilarga o`rganish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, amalda sinab ko`rilgan ma`lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab olishda fan va texnikaning eng yangi yutuqlari va kashfiyotlardan foydalanish kerak. Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash, tafakkur rivojlanadi. Har bir darsda o`tiladigan o`quv materialining ilmiy mazmuni keng va chuqur bo`lishi va o`quvchida nafaqat bilim, balki tafakkur hosil qilishi hamda o`quvchining ijodiy qobiliyatini shakllantirishi kerak. Buning uchun esa o`qituvchi o`z ilmiy saviyasini oshirib borishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kashfiyotlar va ilmiy yangiliklardan xabardor bo`lishi kerak. O`quvchilar o`rganayotgan bilimlar nazariy jihatdan tasdiqlangan va malda sinalgan bo`lishi lozim.
Tushunarli bo`lish tamoyili o`rganilayotgan materialning mazmuni, hajmi va o`qitish metodlari o`quvchilarning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga mos bo`lishini talab etadi. O`qitishni tushunarli qilish degani uni oson qilish lozimligini bildirmaydi. O`qitishning tushunarliligi o`quvchi imkoniyatlarining eng yuqori chegarasi va uni asta-sekin oshirib borish bilan belgilanadi. Ta`lim jarayonining borishida o`quvchilar oldiga qo`yiladigan o`quv va mehnat topshiriqlarini izchillik bilan murakkablashtirib borish o`quvchilarning aqliy imkoniyatlari va jismoniy kuchlarini rivojlantiradi. O`quv materialining mazmuni shunday tanlanishi va tuzilishi kerakki, o`quvchilar uni o`zlarining oldingi bilimlari bilan bog`lay oladigan va uni tushunishda qiynalishmasin. Uzoq vaqtlar boshlang`ich sinflarda tabiatshunoslikni mustaqil o`quv predmeti sifatida o`qitilishi yetarli darajada qadrlanmadi. U goho tabiiyot nomi bilan saqlanib keldi, goho predmetli darslar va izohli o`qish bilan almashtirildi. 60-yillardan boshlab tabiatshunoslik mustaqil predmet sifatida o`qitilmoqda. Hozirgi vaqtda maktab tabiatshunoslik kursining mazmuni zamonaviy fan taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladi. Tabiatshunoslik dasturi o`lkashunoslik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan, boshlang`ich maktabdagi tabiatshunoslik ta`limining mazmuni esa botanika, zoologiya, ekologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, jug`rofiya fanlarining hozirgi taraqqiyotiga muvofiq keltirilgan. Tabiatshunoslikni o`qitishda ilmiylik qoidasi: hozirgi zamon fanida qat`iy qaror topgan qoidalarni o`quvchilarga o`zlashtirish uchun taklif qilinishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik bo`yicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta`minlash uchun kichik yoshdagi maktab o`quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma`lumotlarni tanlab olish kerak. O`quvchilarning idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o`quv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borishi jarayonida kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to`g`ri aniqlash o`quvchilarning idrok qilish imkoniyatlarini kengayib borishiga, o`quv materialini izchillik bilan murakkablashib borishiga yordam beruvchi metodik variantni tanlab olishga imkon beradi. Bu o`quvchilarning aqliy taraqqiyotini asta-sekin ko`tarilishiga va ilmiy bilimlarni chuqurroq o`zlashtirib olinishiga imkon beradi.
O`quv materialining ilmiyliligi tushunarli bo`lish bilan uyg`unlashishi kerak. Bunga uni o`quvchilarning akliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan erishiladi. Tabiiyotshunoslik materiallari mazmunining tushunarliligi kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida o`qishga qiziqish uyg`otadi, aqlga ozuqa beradi, mantiqiy fikrlashga, taqqoslash va xulosalar chiqarish, amaliy masalalarni yechishga majbur qiladi.
Nazariyani amaliyot bilan bog`lash Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo`lib, ana shu faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog`langanligi sababli, bu bilimlarni egallash uchun ularning mazmunini o`zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo`llay bilish ham zarur. O`quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlar berish jarayonida boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va mamaliy mashg`ulotlarda davom ettiriladi.
XULOSA
Yurtimizda yoshlarni sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish vatan himoyasiga va mehnatga bo‘lgan layoqatini kamol toptirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati kattadir. Jismoniy tarbiya va sport insonlarni har tomonlama jismoniy rivojlanishida asosiy vositalardan hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya va sport darslarida talabalarni tezkorlik, kuch, chidamlilik sifatlarini rivojlanganlik darajasini oshirish darslardan olayotgan yuklamalarni organizmga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish, jismoniy tarbiya va sport darslarini samaradorligini ta’minlash tahlil jarayoniga yangi pedogogik texnologiyalarni ishlab chiqish vazifalari bugungi kunning dolzarb muommolaridan bo‘lib hisoblanadi. Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy KIRISH 4 sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport o‘yinlari ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir. Hozirda mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi. Hozirda ayniqsa, bolalarni go‘daklikdan boshlab ommaviy va mustaqil jismoniy mashg‘ulotlarga keng jalb qilish, chiniqtirish, xususan, sog‘lom, baquvvat, chidamli, chaqqon bo‘lib o‘sishlariga jiddiy e’tibor berish juda zarur. Ushbu darslikda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining predmeti, asosiy tushinchalari, maqsadi va vazifalari hamda jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan o‘rgatish va tarbiyalash metodlari, jismoniy sifatlarning umumiy tavsifi va ularni rivojlantirishni nazorat qilish, jismoniy tarbiya va sport darslarida pedagogik nazorat: xronometraj pulsometriya, pedagogik tahlil etish haqida ma’lumotlar berilgan. Darslik 5111700-Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fan dasturi asosida tayyorlangan.



Download 140.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling