Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda


I bob Mo’g’ullar bosqini va unga qarshi kurash tarixshunosligi


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana30.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1690319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5aec47bd72400

I bob Mo’g’ullar bosqini va unga qarshi kurash tarixshunosligi. 
1.1.Mo’g’ul bosqini arafasida Xorazmshohlar davlati. 
Muhammad 
Xorazmshox 
qipchoqlarga 
qarshi 
bir 
qadar 
muvaffaqiyatli kurash olib bordi. Sig’noq yerlari ham xorazmshoh 
davlatiga qo’shib olindi. Sig’noq hukmdorining ikkala o’g’li ham 
xorazmga bo’ysunganligi manbalarda ta’kidlab o’tilgan. Muhammad 
shimoldagi qipchoqlarga qarshi yurishlarni tashkil qildi. Ular qirg’iz 
cho’llarida yashashgan. Shunday yurishlardan birida tasodifan 
Chingizxon qo’shinlari bilan to’qnashib qoldilar. Bu to’qnashuvlar 
haqida 4 ta bir-biridan mustaqil ma’lumotlar keltirilgan. Ular tarixchilar; 
Ibn al-Asr, Nasafiy, Jurjoniy va Juvayniylar. To’rtalasi ham tarixchi 
hisoblanadilar. Ammo bu to’rtala muallif ham xorazmshohning O’rta 
Osiyoga yurishlari haqida og’ir holat Ibn al-Asr, sultonning 
mo’g’ullarga qarshi yurishi ichki ziddiyatli holatlardan so’ng amalgam 
oshirilgan(1218-y) Nasafiy esa bu xranalogik xatoni to’g’irlab yurish 
hijriy 612-yil (1215-16) amalga oshirilganligini aytib o’tadi. Ibn al-Asir 
esa mo’g’ullar bilan sulton qo’shinlari bilan o’rtasidagi jangni 
sultonning Kuchluk ustidan erishgan g’alabasidan so’ng, ya’ni 1218-yil 
sodir bo’lganligini aytadi. Bu vaqtda Kuchluk Sharqiy Turkistonda edi. 
Keyin Sariko’lga qochgan,bu bilan birga mo’g’ullar bilan xorazmshoh 
o’rtasidagi to’qnashuv To’rg’ay viloyatida bo’lib o’tgan. Jurjoniy hijriy 
615-yildagi (1218-yil) voqeani shunday ma’lum qiladi. Sulton bu 
vaqtda Qodirxonni taqib qilgan, tatarning o’g’li (?) Yusuf (boshqa 
joyda muallif uni “Tayaktin Yemuk o’g’li” yana o’g’li deb atagan, 



(yemak-kemek qabilalaridan biri qipchoqlarga yaqinroq bo’lgan 
Qodirxon merkitlar kinyazi bo’lishi mumkin.) Sulton Turkistondagi 
Yugur degan joygacha borgan. Bu yerda tataristonni taqib qilgan 
bo’lishi mumkin. Yegur- qanaqa joy? (ba’zi o’rinlarda Yegur deyilgan) 
Xitoy tarixida bu joy ma’lum qilingan. Qipchoqlar mamlakatidagi joy 
bo’lishi ta’kidlanadi. Tadqiqotchilar bu holatlarni o’z asarlarida 
ko’rsatib o’tadi. 
3
Subuday bu yerda merkitlarni mag’lubiyatga uchratib, 
Yuygu deb nom bergan. Yana boshqa bir joyda Yuy-gu-na-mi merkutlar 
boshlig’i ekanligi ham aytib o’tilgan. Yugur-qipchoqlar mamlakatida 
unvon sifatida e’tirof etilgan. Rasmiy hujjatlarda ham eslatib o’tilgan. 
Juvayniyning ma’lumotiga ko’ra Muhammad o’zaro tarqoqlikdan, 
tartibsizlikdan so’ng, Buxoroda o’rnashgan. Sha’bon oyining 
sakkizinchi kunida-shavval oyining oninchi kuniga qadar (hijriy 615-yili 
1218-yil 30-oktyabridan 30-dekabr kuniga qadar) sulton keyin 
Samarqandga yo’l olgan Kuchlukka qarshi yurish qilish uchun bu 
vaqtdan shunday ma’lumot keldiki, Qang’ (qipchoq) mamlakatidan 
Chingizxon bilan voqealar holatlar sodir bo’lganligi sulton o’z 
qo’shinlarini Buxoro va Dijand orqali yuborgan. Shu yerda Merkitlardan 
tashqari Chingizxon qo’shinlari ham taqibni boshlab yuborgan. Boshqa 
joyda Juvayniy ta’kidlab o’tadiki, Tukto’xon bundan oldin Kuchluk 
bilan o’zaro ziddiyatga borib tark etgan. Kem-kemchek qirg’izlar yurti 
ekanligi ma’lum qilinadi. Jo’jiga qarshi aynan shu yerda elchi 
yuborilgan. Xorazmshoh Samarqandga qaytishidan ehtiyyotkorlikka 
berilishi lozim edi. Shu yerda qolgan qo’shinlar Yemuga o’tdi. Bir qadar 
katta kuch bilan ishonch hosil qilgan “bir o’q bilan ikki quyonni urishni” 
3
Бартольд В.В. Сочинеия том 1 М 1963 стр 433-434. 



mo’ljallagan merkutlar bu yerlarda mo’g’ullar tomonidan vayron 
qilingan edi. Sulton faqat Chingizxon qo’shinlari bilan to’qnashishi 
muqarar edi. Shubhasiz mo’g’ul qo’shinlari Xorazmshoh ishlari haqida 
ma’lumotga ega bo’lgan. Haqiqatdan ham merkitlarning ta’qib qilinishi; 
oxirida qipchoqlar mamlakatidan qochganligi to’g’risida; Xulxegom 
Mergen boshchiligida ahvol o’rganib chiqilgan. Mo’g’ul va Xitoy 
manbalarida, Rashidaddin ma’lumotlarida ham guvohliklar beriladi. 
Merkitlar buqa yilidan (1217 y) yengilganligini aytib o’tadi. Mo’g’ul 
qo’shinlariga subuday va Toxuchar qo’mondonlik qilganligi, yurishda 
Chingizxonning o’g’li Jo’ji ishtirok etganligi aytib o’tiladi. Juvayniy, 
Nasafiy va Jurjoniylar ularni mo’g’ul yo’lboshchilari deb ataydilar. 
Xulxugan haqida ham aytiladi.
4
Rashidaddin, tarixchilar keltirgan ma’lumotlarga xronologik 
xatolar borligi, cho’chqa yilini (1215) , sichqon yili (1216)ni aytganligi 
esa tan olinadi. Hijriy yil ham xronologik jihatdan noto’g’ri berilgan. 
Movaraunnahrni bosib oinishini ilon yili (1221) deb ko’rsatishgan. 
Juvayniyning hikoyalaridan xulosa qilish mumkinki, merkitlarning yo’q 
qilinishi Jo’jining qirg’izlarga yurishi bilan bog’liq bo’lgan. BU yurish 
xususida Juvayniy ham o’z ma’lumotlarini yozib qoldirgan. Bu 1218-yil 
sodir etilgan. Xorazmshox mamlakatidagi oxirgi voqealar xususida 
Nasafiy ma’lumotga ega emas deb aytaolmaymiz. Bu rad qilinmaydi. 
Ammo hozircha bizda Sultonning Turg’ay viloyatiga yurishi aniq 
qachon bo’lganligi haqida ma’lumot yo’q. Bu 1215-1216 yil qishida 
boshlanganligi, mo’g’ullar bilan to’qnashuv 1216 – yil yozida 
bo’lganligi ham shular jumlasidandir.
4
O'sha kitob I-tom. 435 bet 


10 
Nasafiyning aytishicha, sultonning (Muhammad Xorazmshox) 
60.000 lik qo’shini Irgiz sohiliga qadar borgan. Daryo orqali o’tish 
mumkin emasdi. Uning yuzasi muz bilan qoplangan. Ma’lumki bu 
voqealar bahordan ilgariroq sodir etilgan. Muz otliq qo’shinlarga xalaqit 
berishi mumkin emasdi. Daryo muzdan tozalangach, Muhammad 
merkitlar mag’lub bo’lgan jang maydonigacha yetib brogan. Juvayniy 
bu joyni Kayla daryosi o’rtasida deb tasvirlaydi. Kayla va Kimoch orasi 
jarohad olgan musulmonlardan biri bilar ediki, jang aynan shu kuni sodir 
bo’lgan; sulton g’oliblarning ortidan quvish, kelgusi kun yetib olishni 
mo’ljallagan.
5
Jo’ji va boshqa mo’g’ul qo’mondonlari musulmonlar 
bilan jang qilishni xoxlamagan. Chingizxon bularni faqat merkitlarga 
qarshi urushga yuborganligini e’lon qilishgan. Ikkala tomon 
qo’shinlarning o’ng qanoti kuchli bo’lib dushmanning chap qanoti 
ustidan g’alabaga erishishi mumkin edi. Musulmonlar qo’shinining o’ng 
qanotiga Xorazmshohning katta o’g’li- Jaloliddin boshchilik qilgan. U 
jasur bo’lib, musulmonlarni mag’lubiyatdan qutqarib qolishi mumkin 
edi. Kelgusi yili mo’g’ullar musulmonlarni aldaydi. Dushmanlar o’z 
lagerini tark etgan edilar. Sultonning nima uchun ochiq jang taktikasini 
qo’llamaganligi ilgari suriladi. Musulmon hukumdorlari orasida 
sultonga raqobatchi yo’q edi. 1215-yil Muhammad Xorazmshoh uzil-
kesil o’z davlatini birlashtirdi. Guriylar podsholigining sobiq yerlarini 
to’liq qo’shib oldi. Unga o’g’li Jaloliddinni boshliq etib tainlaydi. 
Guriylar davlatining tarkibiga bir qator viloyatlar kirgan. Shimolda 
Amudaryodan boshlangan. Hukmdorlar orasidan xorazmga asirlikka 
tushgan. Vaxsh humdori Djamol ad-din Umar aslida Malikshohning 
5
O'sha kitob I-tom. 436 bet 


11 
davomchilari edi. Jurjoniy ham shuni aytib o’tgan. Bu vaqtda sulton 
Movorounnahrdad edi. Ko’chmanchilar bosqini tazyiq solayotgan 
bo’kib, uning qo’mondonlari deyarli butun forsni bo’ysundirgan. Hatto 
qutbada Muhammad nomi o’qitila boshlagan. Muhammadning 
g’arbddagi birinchi muvofaqqiyatsizligi arab xalifasidan hutbaga uning 
nomini kiritishni talab qilganligida edi. Aynan Bog’dodda uning nomi 
hutbaga kiritilishi kerak edi. Xalifa dunyoviy hokimiyat xorazmshoh 
foydasiga bo’lishini rad qilgan. Bunday istakni biz Takash davrida ham 
ko’rganmiz. Muhammad ushbu maqsadda Bog’dodga xorazmlik qozi 
mujjir ad-din Umar bin Said (bu nom tarixchi Nasafiy malumotidan 
olingan) boshchiligidagi elchilarni yuborgan. Bog’dod hukumati buni 
qatiyan rad qiladi.
6
Ular ham xorazmshoh huzuriga shayx Shaxobiddin 
Suqravirdini yuborgan. Juvayni va Nasafiyning ma’lum qilishicha, 
shayx sulton saroyida qabul qilingan. Ammo unga yuksak hurmat 
bildirilmagan. Shayx unga payg’ambarning hadislarini kiritishni taklif 
qilgan. Sulton unga rozilik bildirsada,quyidagicha javob bergan;”Men 
turkiy xalq bo’lsamda arab tilini yaxshi bilmayman. Ammo hadisning 
ma’nosini har qanday holatda ham tushinaman”. Shayx boshchiligidagi 
elchilar o’z maqsadlariga erisha olmadilar. Faqat ikkala tomon 
hukmdorlari o’rtasidagi dushmanlik kuchayib brogan. Sultonni javobi 
keng fikr yuritish, aqlga saoslangan edi. Islom jamiyatiga hurmat ruhida 
ekanligini ma’lum qilgan edi. 
7
Xorazmshoh 1217-yil Eronda o’z 
hokimiyatini o’rnatdi. Shu yili qish faslida qo’shini Hamadondan 
Bog’dodga yo’l oldi. Gurjistondagi qor bo’ronlari ta’sirida sultonning 
6
Бартольд В.В. Образование империи Чингисхана, Собрание сочинений. Т.V. М., 1968. стр 437
7
O'sha kitob 438 bet. 


12 
qo’shini muvofaqqiyatsizlikka uchradi. Qolgan bir qismi kurtlar 
tomonidan yo’q qilingan. Kichik bir qisim Muhammad huzuriga qaytib 
keldi. Xorazmshohning muvoffaqiyatli holatiga qatti zarba bo’ldi. Xalq 
buni muqaddas tizimga shak krltirish deb ham baholagan. Ibn al-Asrning 
ma’lumotlariga ishonadigan bo’lsak Muhammad ko’chmanchilarning 
movorounnahrga bosqinchilik qilishidan xavfsirab sharqqa qaytgan. 
Ammo bir necha bor xalifaga dushmanlik munosabatidan voz 
kechmagan. 1218-yil fevral oyida Nishourda Nosirning ismi hutbadan 
chiqarilganligi, halifa Nosir vafot etganligi elon qilindi. Marv, Balx, 
Buxoro, Saraxsda ham bu ma’lumotlar keng yoyilgan. Ammo Xorazm, 
Samarqand, Hirotda bu haqida gap-so’z tarqalmagan. Nasafiyning 
ma’lumot berishicha Muhammad o’zining bu muvoffaqiyatsizligidan 
so’ng Bog’dod bilan kelishish yo’llarini izlagan. Bir qator shaharlarda, 
jumladan Xorazmda ham hutba bekor qilinmagan edi. Sulton bilan uning 
onasi o’rtasidagi nizolar bilan bog’liq holatda bu, ya’ni jamoatchilik 
fikrini o’zgartirish juda ham muhim edi. Harbiy tabaqalar va din 
arboblarining ko’pchiligi sultonni onasi tarafga o’tib ketdilar. 1216-
yildayoq xorazmshohning sgayx Najmiddin Bog’dodiy bilan bo;lgan 
munosabati alohida o’rin egallaydi. Yosh shayx haqoratlanganligi jar 
solingan. Shayx Najmiddin Kubroning shogirtlaridan biri edi. U 
Kubroviylarning sufiylik ordeniga asos slogan. Najmiddin Kubroning 
xalq orasidagi ta’siri katta edi.
8
Shayxning xalqqa ta’sir o’tkazishi dunyoviy hukumdor uchun 
xavotirli holat edi. Shayx o’z muridlariga hukumdor yozgan maktublarni 
ham tushintirishga harakat qulgan. Unda hukumdor bilan qanday 
8
O'sha kitob 439 -440 bet. 


13 
munosabatda bo’lish ilgari surilgan. Juvayni va Nasafiylarning 
ma’lumot berishicha imom Shazobiddin Xvosiy Xorazmshoxlar 
saroyida katta lavozimda ishlagan. Shatz bilan sulton Muhammad 
o’rtasidagi nizo siyosiy holatni o’zgartirib yuborushi ham mumkin edi. 
XIII-asr mualliflarining ko’pchiligi bu voqealarga e’tibor qaratmagan. 
Keyingi manbalarda aytilishicha, shayx sultonnig onasi bilan ishqiy 
aloqada bo’lganlikda gumon qilinib, o’ldirilgan. Ammo sultonning onasi 
bilan shayxning munosabatlari yaqin bo’lganligi doimo tasdiqlangan 
emas. Muhammad turk qo’shinlariga juda ham muhtoj edi. Yollanma 
qo’shinlari xorazmshoxning asosiy harbiy kuchini tashkil etgan. Al-
Kotib as-Samarqandiy sulton Sanjar haqida qiziqarli voqealarni hikoya 
qilgan. Xorazmshohlar davlatida asosiy lavozimlar qanday bo’lganligi 
rasmiy hujjatlarda aytib o’tilgan. Saljuqiylar imperiyasida bo’lgani 
singari xorazmshohlar davlatida vazir, qozi, muztavfiy oliy lavozim 
hisoblangan. XII-asrdagi vakil va mushrif atamalari bir qadar 
o’zgargan. “saroy vakili”dan tashqari “xususiy devon vakili” ham eslatib 
o’tilgan. “Bakila Hiroj” ham amal qilgan. Vakil pul tizimini nazorat 
qilgan. Provensiyalarda bunday vazivalarni mushriflar bajarishgan. 
Vazirlik boshliqlari tumanlarda ham o’z ta’sirini ham o’tkaza olgan. 
Faqat tumandagi vazirlar oliy buyruq bilan tayinlangan.
9
Ayniqsa 
viloyatlardagi noiblar katta vakolatarga ega bo’lishgan. Saljuqiylar 
davlatiga qarama-qarshi o’laroq, Xorazmshohlar davlatida harbiy 
lavozim – Jondarning ahamiyati katta edi. Hujjatlarda Takash nomidan 
yozilishicha, jondor – “gvardiyadagi eng ta’sirli kishidir”. U hatto sulton 
9 Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Сборник сочинений. Т-1. М., 1963. cтр 441-
442. 


14 
chiqargan o’lim jazolarini ham ijro etgan. Muhammad Ayozga Jaxon – 
Paxlavon unvoni berilib, 10.000 qo’shinga boshliq etib tayinlangan. 
Byurokratiya boshliqlarining qudrati haqida biz kamroq ma’lumotga 
egamiz. Vazirlarning ham lavozimlariga muvofiq egalik qilishi bevosita 
amal qilgan. Muhammad Xorazmshoxning vaziri Miron ul-mulk 
Muhammad Ma’sud al-Xaravining otasi ham Takash hukumronligi 
davrida Vazir bo’lib ishlagan. Saljuqiylar davridagi harbiy imtiyoz 
tizimi keng yoyilgan. Takash davrida Barchinlig’kent noibi etib 
tayinlangan, harbiy boshliqlardan biriga devoni arz (harbiy devon, 
vazirlik) orqali Rabot-Tug’onin qishlog’I in’om tariqasida berilgan. 
Katta-katta hududlar mulk sifatida ham ajratib berilgan. Jagon Dog’duga 
Nuxas qishlog’i mulk sifatida taqdim qilingan. Qonuniy asosda o’z 
mulklariga aylantirib olishgan. Onasining sevgilisini o’ldirilishiga 
qaramasdan, sulton Bog’dodga bo’lgan yurishiga qadar onasining barcha 
xoxish-istaklarini bajargan. Nizom ul-Mulk Muhammad xoravi vazirlik 
lavozimidan tushirilgandan keyin, sulton onasining taklifiga ko’ra bu 
lavozimga Muhammad Binni Solixni tayinlagan. Muhammad Binni 
Solix sulton onasiga ilgari g’ulom bo’lib xizmat qilgan. Unga Nizom ul-
Mulk va Nosir ad-din unvoni berilgan.Aynan onasining fikri bilan sulton 
taxt merosxo’ri sifatida kichik o’g’li Qutbiddin O’zloqshoxni tayinlagan. 
Onasi qabilaviy kelib chiqishiga ko’ra Turkon –xotun deb murojaat 
qilingan Katta o’g;li Jaloliddin Manguberdi esa, Hirotdan tashqari 
guriylarning sobiq yerlariga egalik qilardi. Taxtga kichik merosxo’r 
sifatida Xorazm, Xuroson va Mozandaron hukumdori sifatida e’lon 
qilingan. Ammo amalda ularning haqiqiy hukmdori Turkon-xotin edi. 
Xorazm dindorlariga qarshi biron bir yangi choralar qo’llanilmagan. 


15 
Faqat ular Buxoro va Xorazmdan olib tashlandi. Taxt uchun xavfli deb 
topilgan. Buxoro sadri Burxoninddin o’z lavozimidan olinib, Xorazmga 
jo’natilgan. Uning o’rniga Majijiddin Ma’sud Solix al-Faravi 
tayinlangan.
10
U vazirning akasi edi. (Uima uchun aka-ukalar o’rtasida 
dushmanlik munosabatlari kelib chiqqan). Majididdin mo’g’ullar 
bosqiniga qadar bu lavozimda faoliyat yuritgan. Samarqand “Shayx 
Islom”, aynan Jaloliddin, uning o’g’li Shamsiddin va akasi Abadiddin 
Nisoga jo’natilgan. Muhammad Xorazmshoh Iroqdan qaytgach onasi 
bilan munosabati tezda yomonlashdi. Aynan uning Nishopurga yurishi 
vaqtida (1218-yil fevral-mart oylari) vazir Nizom ul-Mulk o’z 
lavozimidan olib tashlandi. Sulton uni sustkashlikda aybladi. 
Muhammad Xorazmshoh Xorazmga shunday so’zlarni yuborgan: ” o’z 
istozining dorvozasiga qayt”. Bu so’zlar Turkan xotin nomiga 
yuiborilganligi aniq edi. Keyingi nizolari juda ham keskinlashdi; o’z 
vazifasidan olib tashlangan vazirni Turkan xotun Xorazmda yaxshi kutib 
oldi va uni yana taxt merosxo’ri vaziri etib tainladi. Sulton buni 
Movarounnahrda eshitdi va Xorazmga o’z yaqinlaridan biri Izzat-ad-
ddin Tug’rulni yubordi. Unga vazirning boshini olish, o’ldirishga buyruq 
berilgan edi. Turkan xotun Tug’rulni qamoqqa oldi. Nafaqat unga sulton 
buyrug’uni ijro etishga imkon bermadi, balki uni ommaviy e’lonni 
ma’lum qilishga majbur qildi. Ya’ni sulton bu yoki Nizom ul-Mulkni 
rasman tan olganligi haqida gap-so’z tarqatildi. Aynan sulton shu bilan 
kelishuvga borishga majbur bo’lgan. viloyatlar amalda Turkan xotun 
boshqaruviga o’tdi. Muhammadning hokimiyati amalda tan olinmagan. 
10
Стр 443. 


16 
Nizom 
ul-Mulk 
o’z lavozimidan bo’shatilgach, xorazmshoh 
buyrokratiyaning ahamiyatini tiklolmadi. Balki imperiya vazirga oltita 
saroy vakili vakolatlarini ham berib yubordi. Ulardan biri devon 
hujjatlari boshlig’I edi. Muhammadning bu islohatlarga munosabati 
ijobiy ekanligini aytish qiyin. Bu buyrokratiya ananalarga zid edi. 
Shunday qilib, abbosiylar davrida tashkil qilingan sharq musulmon 
siyosiy tizimi Tohiriylar va Somoniylar davrida taraqqiy etsada, to’liq 
ahamiyatini yo’qota boshladi. Buyrokratiya o’z ahamiyatini yo’qotdi. 
Harbiy tabaqalarga hukumdorning onasi boshchilik qila boshladi. Ular 
imperiya oliy hokimiyatiga ochiqcha dushmanlik munosabatida edi. 
Ruhoniylar Majidaddinning o’ldirilishi va xalifaga qarshi fatvo uchun 
xorazmshohni zo’rg’a kechirdilar. Xalq orasida ham norozilik kayfiyati 
kuchaydi. Shunday qilib, mo’g’ullar bosqini arafasida, Muhammad 
hukumat tizimining biron bir elementini saqlay olmadi.
11
11
O’sha kitob 444-445 bet. 


17 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling