Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi. Reja


Download 166.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana02.01.2022
Hajmi166.9 Kb.
#198033
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-маъруза

“Mimik rollar” o„yini 

“Mimik  rollar”  o„yini  o„qituvchi  o„quvchilarga  kasb  egalarining  ish  jarayonlaridan 

gapirmasdan lavhalar ko„rsatadi. O„quvchilar o„qituvchining harakatiga qarab kasb nomlarini 

topadilar. 

“Kasblar alifbosi” o„yini 

“Kasblar alifbosi” o„yinida kasblar ro„yxati tuziladi. O„qituvchi bitta kasbni o„ylaydi va 

shu  kasb  egasi  nima  ish  qilishini  muammoli  tarzda  o„quvchilarga  yetkazadi.  O„quvchilar 

kasb nomini topishi uchun ikki yoki undan ortiq kasb egalarini nomlarini aytadi. O„qituvchi  

keyingi  muammoli  javoblarni  davom  ettiradi.  O„quvchilarning  o„ylagan  kasblari  birin-ketin 

noto„g„ri ekanligi aniqlanadi va ro„yxatdan o„chirib tashlanadi. Natijada o„qituvchi o„ylagan 

kasb egasini nomi aniqlanadi. 

Odam    hunarning    yaxshi    va    yomon    sifatlarini    bilgandagina    hunarga    oid  bilimlarni  

mukammal  egallashi,  hunarmandlar  ahlini  qo‟llab-quvvatlashi mumkin. 

Darhaqiqat    SHarq    mutafakkir    allomalari    hunar    va    hunarmandlarga    katta  ehtibor  

berganlar.  Jumladan,    Alisher  Navoiy  o‟z  zamonasida  zargarlar, kulollar,  tikuvchilar  kabi  

turli  tuman  hunar  sohiblarining  hammasiga  zo‟r hafsala,  qunt,  ehtibor  bilan  maslahatlar  

berib,    husniga    rag‟bat    ko‟rsatib,    hamda  ularga    homiylik    qilganlar.    Alisher    Navoiyning  

fikricha  “Inson  bo‟lib  dunyoga keldingmi?  Biron-bir  kasbni  egalla,  hunar  o‟rgan,  shunda  

dunyodan hammomga kirib toza yuvinib chiqmagan kishidek o‟tmaysan”- deydilar. 

Shuningdek    donishmandlarimiz    ugit    qilganlarki,      vaqtida    ilm    hunarga  muhabbat  

qo‟ying,  o‟rgatilgan  narsalarni  yodingizda  tuting,  ilim  hunar o‟rganishga  chin  ixlos  bilan  

kirishing,  yoshligingizni  bekorga  o‟tkazmang.  

Hattoki,  ulug‟  shayxlarimizning  o‟zlari  ham  biror  hunar  egasi  bo‟lganlar.  

Masalan  SHayxul  Mashoyix  Abu  Said  Xarros  etikdo‟zlik  qilgan.  Shayx Muhammad  

Sakko  mashhur  pichoqchi,  SHayx  Hoja  Bahouddin  Naqshbandiy ajoyib  naqqosh  bo‟lganlar,  

boshqalarni  hunar  o‟rganishga  dahvat  etganlar.  

Hoja    Bahouddin    Naqshbandiy    aytadilar    –    “Dil    bayoru    dast    bakor”    ya‟ni  “Dilinng 

ollohda, qo‟ling doim mehnatda bo‟lsin”. 

Insoniyat    qadr-qiymati    mehnatda,    bilimda,    hunarga    tayanishda,    birovga  xor 

bo‟lsamlikda deb bilgan Sahdiy shunday tahlim beradi. 

O‟z mehnatidan non yegan kishi

Xotam minnatidan ozod yoz-qishi. 

Muqaddas    kitob    Avestoda    ham    mehnat    moddiy    boyliklar    manbai    bo‟lgani  uchun  

emas,    balki    u    mehnatni    asosan    ahloqiy    jihat,    yaxshilik    manbai    deb  bilganligi    uchun  

insonlarcha  mehnat  qilishga  chaqiradi.   

Halq  pedagogikasida   

“Yoshlikda  egallangan  bilim,  hunar  toshga  o‟yib  yozilgan  hikmatdur”  –  deb 

tahkidlanadi. 

“Farzandlarga  odob-hunar  o‟rgatmak  merosdur”  –  deb  nasihat  qilinadi Qobusnomada  

“Sen  odob,  hunar  va  donishini  o‟zingdan  meros  qilgin,  toki uning  haqqini  bajo  kelturmish  

bo‟lgaysan”.    CHunki    xos    kishilarning  farzandiga    odob    va    hunardan    yaxshiroq    meros  

yo‟qdir.  Oliy  xaloyiqning farzandlariga  xirfa  (savdo  hunari)  pesha  (kasb)  din  yaxshiroq  

meros  yo‟qdir.  




Agar  xos  odamlarning  farzandlari  yuz  hunar  bilsa  va  lekin  hech  kasbni  bilmasa  ayb  

emasdur.  Hunar  esa  bir  kun  ishga  yaragusidir.  Demak  albatta  hunar o‟rganmoq zarurdir: 

O‟tay o‟g‟lingga bilan desang agar

Sen o‟qishdi, o‟rgatgin ilmu-hunar. 

Agarda senda koruncha ham bo‟lmasa zar, 

O‟z o‟g‟ishmingni qoldirmagin behunar. 

Hunarning  nechog‟lik  zarur  ekanligini  qator  rivoyatlar,  naqllar,  ertak dostonlarda  ham  

o‟z  aksini  topgan.  “Oltin  baliqcha”,  “Savdogar  bilan podachi”, “Sirli  gilamcha”, “Baliqchi  

bola”, “Ikki  naqqosh  ishi”  kabi  ertaklar “Hasanxon”, “Rustam”, “Ziyod” kabi dostonlar shular 

jumlasidandir. 

Hunar  egallash  ham  bir  fazilatdir  mahoratdir.  Hunar  egallashda  halollik,  poklik,  sabr-

qanoat,  matonat,  mehnat  madaniyatiga  rioya  qilish  muhim  rol o‟ynaydi 

Ota-bobolarimiz    ham    hunar    o‟rganishni    asosiy    vazifa    ekanligini    o‟rgatib  kelganlar. 

Nizomiy Ganjaviy shunday degan: 

Hunar o‟rgan chunki hunarda ko‟p sir, 

Yopiq eshiklarni ochar birma-bir. 

Abur    Rayhon    Beruniy    mehnat    va    hunar    avloddan-avlodga    meros    bo‟lib  o‟tishini  

sinchiklab  o‟rgangan  va  hunarni  yuqori  baholagan.  U “Hunarmandchilikda,  mehnatda  to‟liq  

ustozlik  sahnatini  egallab  olishi  kerak”,  degan  fikrni  aytadi.  Odatda  o‟sha  davrda  hunar  

va  tabiiy  bilimlar  maktablarda o‟rgatilmay yakka tartibda berilgan. 

1.  Ota kasbini egallash, oiladagi kattalardan yakka shogird shaklida. 

2.  SHogird etish tanilgan usta qo‟lida yakka shogird bo‟lish. 

3.  Ustaxonalarda yakka  shogirdlik tartibida o‟rganiladi. 

Halqimiz    bolalarda    mehnatsevarlik    va    mehnatga    qiziqishni    tarbiyalash,  otalarimiz  

izidan    borib    turli        kasb-hunar    egallash,    ularda    mehnat  munosabatlarini  kamol  toptirish, 

kelajak hayotga  tayyorlashni o‟zlariga muhim vazifa  deb  hisoblaganlar.  O‟z  farzandiga  kasb-

hunar    o‟rgatgan    ustazodalari  (usta    darajasiga    ko‟tarilgan    farzand)    bo‟lib    yetishganlar.  

Tanlangan    usta  hunarmandlar    uyida    yakka    shogirdlikka    tushgan    bolalar    bir    necha    yil  

hunarga tahluqli bo‟lmagan yumushlarni ham bajarib yuraverganlar. 

Zardushtiylarning  muqaddas  kitobi  «Avesto»da  ham  mehnat  ta‟lim-tarbiya  masalalariga 

katta  ahamiyat  berilgan.  Unda:  «tarbiya  xayotining  eng  muxim  tirgagi,  tayanchi  bo„lib 

hisoblanishi  lozim.  Har  bir  yoshni  shunday  tarbiyalash  lozimki,  u  avval  yaxshi  o„qishni,  keyin 

esa yozishni o„rganish bilan eng yuksak pog„onaga ko„tarilsin» deyilgan. 

Quldorlik  davriga  kelib,  bilimlarni  tabaqalashtirish  an‟anasi  paydo  bo„ldi.  Masalan  qullarning 

bolalari  og„ir  ishlarni  bajarishga  o„rgatiladi.  Quldorlarning  bolalari  esa,  qullar  ustidan 

xukumronlik  qilishiga  tayyorlanadi.  SHu  bois  ularga  saboq  berish  zaruriyati  to„g„iladi.  Bu  esa 

o„qishga, o„rganishga maxsus, shu soxani biladigan odamlarni jalb etishni taqazo qiladi. Bu xol 

maktab  va  o„qituvchilarga  bo„lgan  zaruratni  keltirib  chiqaradi.  Keyin  esa  maktablarni 

rivojlantirish,  yangi  o„quv  yurtlarini  barpo  etish,  jamiyat  taraqqiyoti  talabiga  javob  beradaigan 

kadrlarni tayyorlashni turli usul va yo„llarini ko„rib chiqmoqda.  

Pedagogika fanining mazmunini boyitib va rivojlantirib boradigan qator manbalar mavjud. 

Maqollarda, ertak va dostonlarda, ashulalarda, udumlarda, topishmoqalarda tarbiya xaqidagi xalq 

donishmandligi qamrab olingan.  

O„zbek  xalqining  ko„p  asrlik  tarixidan  ma‟lumki,  xalq  amaliy  bezak  san‟ati  va 

xunarmandchiligi  boy  va  rang-barang  holatlarda  madaniy  merosimizning  eng  ajoyib  ommaviy 

qismini tashkil qilib kelmoqda. 

Bunday  kamolot  va  taraqqiyot  bosqichlari  xaqida  fikr  yuritadigan  bo„lsak,  o„zbek  amaliy 

san‟ati  va  hunarmandchilik  turlarining  shox  ildizlari  insoniyatning  bolaligi,  ya‟ni  ibtidoiy; 

jamiyatga borib taqalishini guvoxi bo„lamiz. 

Ma‟lumki  Respublikamiz  mustaqilligi  e‟lon  qilingan  sana  1991  yil  31  avgust  xalqimiz 

xayotiga  ulug„vor  voqealardan  xisoblanadi.  Endi  xalqimiz  o„zining  boy  tili  tarixi,  madaniyati, 

urf-odatlarini o„rganishi targ„ib qilish, o„zligini tanish imkoniyatiga ega bo„ladi. 




Bu voqeadan so„ng ko„p sonli mexnat ta‟limi o„qituvchilar jamoalari oldiga Vatan ravnaqi 

uchun xormay-tolmay xizmat qila oladigan, Vatan yulida o„z jonini ham ayamaydigan yoshlarni 

tarbiyalash vazifasi qo„yiladi. 

IX-X  asrlar  O„rta  Osiyoda  naqqoshlik  san‟ati  avj  olib  rivojlandi.  Arxitektura  g„isht  kesib 

naqsh  solish  yuksak  rivojlandi,  binolarning  ichki  tomonlariga  ganch,  yog„och  o„ymakorligi  

yuksak  rivoj  topdi.  Ayniqsa  maktablarning  peshtoqlari  devor  va  romlar  ganch  naqshlar  bilan 

nafis bezatilgan. 

        XVIII  asirning  oxiri  XIX  asrda  Qo„qonda,  Farg„ona,  Buxoro  kabi  shaxarlarda  etuk 

usularni etishib chiqdi. Misgarlik, naqqoshlik, ganchkorlik va boshqa sa‟nat turlari rivojlandi.   

Qadimda  xunar  o„rganish  muqaddas  sanalgan.  Xar  bir  kishi  kelajak  avlodlariga  o„zidan 

qoldirgan  takrorlash  hunarlari  bilan  qadirlangan.  O„zbekiston  qadimda  hunarmandlar  markazi 

bo„lgan  desak  xato  qilmagan  bo„lamiz,  Andijon  viloyatida  SHaxrixon,  Samarqand  viloyatida 

Urgut,  Farg„ona  viloyatida,  Qo„qon,  Marg„ilon,  Namangan  viloyatini  CHustda  xalq, 

hunarmandchiligi  gullab  yashnagan,  hunarmandlar  o„zga  Davrda  mahallalarga  bo„linib 

egallagan, chunonchi zargarlik mahallasi, pichoqchilik mahallasi deb yuritilgan. Usha davrlarda 

yana  misgarlik,  zargarlik  bo„yrachilik,  sandiqchilik,  pichoqchilik,  aravasozlik,  qulolchilik 

maxallalari mavjud bo„lgan. 

Masalan XIX asir  oxiri va XX asr  boshlarida Buxoro bo„yrachi  mahallasi  bo„lib,  u erda 

umuman    Buxorodagi    bo„yra  to„qiydigan  ustalar  yashagan.  Bo„yrachi  mahallasida  120  ta  oila 

yashagan. 

 Har  bir  kasbkorlik  mahallasida  qo„ni-qo„shnilar  o„rtasida  raqobat  bo„lgan.  CHunki 

kimning mahsuloti sifatli bo„lsa xalq o„shaning mahsulotini sotib olgan. SHuning uchun har bir 

usta  sifatli  mahsulot  tayyorlashga  intilgan.  Har  bir  ustaning  o„zini  rastasi  bo„lgan.  Bozorda 

odatda bozor belgi bo„lgan, u barcha rastalarga keltilgan mollarni kuzatib ularga narx belgilagan 

Buxorodagi  hamma  ganchkor  ustalar  ganch  sotadigan  boylardan  biri  Abduqodir  bir  kuni  usta 

Xayotni chaqiradi va yangi yilni ganch bilan bezamoqni aytadi. So„ngra usta Xayot bu ishni 22 

yoshli  SHirin  Murodovga  topshiradi.  Bu  ish  SHirinning  birinchi  mustaqil    ishi  bo„ldi.  SHirin 

mehmonxona  bezaklarini  oddiy  bejirim  nisbatlarni  saqlagan  xolda  bir  butun  ko„rinish  va 

boshqalarni hisobga oladi. U mehmonxona va ayvonlarni sharaflar bilan bezaydi. Undagi o„yma 

ganchlar  juda  mayin  bejirim  chiqqanligi  sababli  ustalar  orasida  hurmat  obro„si  yanada  oshadi. 

Usta Xayot kunlardan bir kuni SHirinni oldiga chaqirib, men sendan hursandman endi mastaqil 

ishlayversang  ham  bo„ladi  deydi.  Azaliy  odat  bo„yicha  unga  ustalar  o„rtasida  usta  nomini 

berishdi.  SHirin  Murodov  shundan  so„ng  xalq,  o„rtasida  usta  degan  sharafli  nomga  muyassar 

bo„ladi. 

O„zbek  me‟morlari  yaxshi  yashash  uchun  qulay  shinam,  chiroyli  uylar  qurganlar. 

O„zbeklarning  hovli-joyi  tugal  bir  me‟moriy  ansamblni  tashkil  etib  o„ziga  xos  sharqona  fayz 

bo„lgan.  Bu  qurilgan  uylarni  bir-biriga  uzviy  qilib  qurish  va  bezatilishi  bir  san‟at  darajasida 

bo„lgan. 

 

SAVOLLAR. 



1.A.Navoiy mehnat to‟g‟risida nima degan. 

2. Qanday allomalarni bilasiz. 

3.Kasb-hunarni o‟rganish usullari qanday. 

 

 



Download 166.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling