Mutaxassislik fanlari bo‘yicha magistraturaga kirish sinovi dasturlari va baholash mezonlari


Download 0.65 Mb.
bet5/22
Sana14.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1268589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Биология Дастур магистр ўзбек 1

Shilimshiqlar bo‘limi - Myxomycota.
Shilimshiqlar tallomining tuzilishi. Ularning boshqa tuban o‘simliklardan farqlari va o‘xshashligi. Sinflarga bo‘linish asoslari. Sinflari: Protosteliysimonlar – Protosteliomycetes, Haqiqiy shilimshiqlar, yoki Miksogasterosimonlar – Myxogasteromycetes, Plazmodioforasimonlar – Plasmodiophoromycetes, Akraziyasimonlar, yoki xujayra shilimshiqlari – Acrasiomycetes. Ularning tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari va vakillarining rivojlanish tsikli.
Mikologiya
Zamburug‘lar – Mycota.
Zamburug‘larning umumiy tavsifi. Tanasining tuzilishi. Mitseliylarining shakl o‘zgargan ko‘rinishlari. Sinflarga bo‘linish asoslari.
Xitridiomitsetlar - Chytridiomycetes sinfi. Ushbu sinfga mansub vakillarning tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari. Muxim vakilarining rivojlanish tsikli.
Gifoxitriomitsetlar – Hyphochytriomycetes sinfi. Ushbu sinfga mansub vakillarning tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari. Muxim vakilarining rivojlanish tsikli.
Oomitsetlar - Oomycetes sinfi. Sinfning tartiblarga bo‘linish asoslari. Saprolegniyanamolar tartibi. Peronosporanamolar tartibi va ularning muhim vakillari.
Zigomitsetlar - Zygomycetes sinfi. Zigomitsetlarning ko‘payishidagi o‘ziga xos xususiyatlari. Mukornamolar va Entomoftoranamolar tartiblari va ularning muhim vakillari.
Askomitsetlar, yoki Xaltachali zamburug‘lar - Ascomycetes sinfi. Xaltachali zamburug‘larning umumiy tavsifi. Xaltacha va askosporalarining rivojlanishi. Mevatanasining hosil bo‘lishi va xillari. Kenja sinflarga bo‘linish asoslari. Gemiaskomitsetlar kenja sinfi va ularning asosiy vakillari Euaskomitsetlar kenja sinfi. Tartib va guruhlarga bo‘linish asoslari. Plektomitsetlar tartiblar guruhi va ularning asosiy vakillari. Pirenomitsetlar guruhi va ularning muxim vakillari. Diskomitsetlar guruhi, mevatanalari va xaltachalarining o‘ziga xos tuzilishi. Muhim vakillari. Xaltachali zamburuglarning kelib chiqishi va axhamiyati.
Bazidiomitsetlar, yoki bazidiyali zamburug‘lar – Basidiomycetes sinfi. Ularning umumiy tavsifi. Bazidiya va bazidiyasporalarining hosil bo‘lishi. Kenja sinflarga bo‘linish asoslari. Gimenomitsetlar guruhi va ularning muhim vakillari. Teliobazidiomitsetlar kenja sinfi. Qorakuya zamburug‘lari va ulaning rivojlanish tsikli. Zang zamburug‘lari va ularning rivojlanish tsikli. Bazidiyali zamburug‘larning kelib chiqishi.
Deyteromitsetlar, yoki Takomillashmagan zamburug‘lar - Deuteromycetes sinfi. Tallomining tuzilishi, ko‘payishi va muhim vakillari.
Lixenologiya
Lishayniklar – Lichenophyta. Lishayniklarning umumiy tavsifi. Lishayniklar tallomidagi suvo‘tlar va zamburug‘lar, ularning o‘zaro munosabati, taksonomik guruhlari, morfologik xillari. Lishayniklar tallomining anatomik tuzilishi. Lishayniklarning axamiyati.

YUKSAK O‘SIMLIKLAR


Yuksak o‘simliklar.
Yo‘sintoifalar (moxtoifalar) (Vguorhyta) bo‘limi. Umumiy tavsifi. Yo‘sinlarning qadimgi ajdodlari. Sinflarga bo‘linishi. Jigarsimonlar, antotserotsimonlar marshantsiyakabilar, sfagnumsimonlar, ularning ko‘payishi, ahamiyati, kelib chikishi, tarqalishi va ekologiyasi.
Plauntoifalar (Lusorodiorhyta) bo‘limi. Umumiy tavsifi. Kelib chiqishi va rivojlangan davrlari. Hayotiy tsikli. Mikrofillilik. Teng sporali va har xil sporali plaunlar. Bo‘limning ajdodlari (sinflari): plaunsimonlar va polushniksimonlar. Ularning umumiy tavsifi, tarqalishi va ekologiyasi.
Qirqbo‘g‘imtoifalar (Equisetophyta) bo‘limi. Umumiy tavsifi. Ularning gieniyasimonlar, sfenofilsimonlar, qirqbo‘g‘imsimonlar kabi sinflari, vakillari, kelib chiqishi, ekologiyasi va ahamiyati.
Kirqquloqtoifa yoki paporotniktoifalar (Ro1urodiophyta) bo‘limi. Umumiy tavsifi. Tarqalashi va ekologiyasi. Sporofitining morfologik tavsifi Makrofillilik, sporangiy va uiing rivojlanishi. Soruslari, sinangiylari Teng va har xil sporali o‘simliklar. Qazilma qirqquloqlar (kladoksilon, stavropteris, va boshq.) va ularning tuzulishi. Paporotniktoifalarning ujovniksimonlar, marattiyasimonlar, polipodiumsimonlar, polipodiumkabilar, salviniyakabilar kabi sinf va sinfchalarga bo‘linishi, ular vakillarining ko‘payish usullari, er yuzida tarqalishi, o‘sishi va rivojlanishi, ekologiyasi hamda xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
Qarag‘aytoifa yoki ochiq urug‘lilar (Pinorhuta) bo‘limi. Ochiq urug‘lilarning umumiy tavsifi. Kelib chiqishi. Keng tarkalgan davrlari. Urug‘lanish. Urug‘ning rivojlanishi va tuzilishi. Qubbalar tuzilishining o‘ziga xosligi. O’sishi va rivojlanishi, ekologiyasi, xujalikdagi axamiyati.
Urug‘li qirqquloqsimonlar sinfi. Umumiy tavsifi. Sinfning qabilalarga bo‘linishi. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
Qizilchasimonlar sinfi. Qizilchadoshlar oilasi. Sinfning qizilchanamolar, gnetumnamolar kabi qabilalari va ularning umumiy tavsifi. Qizilchanamolarning gulli o‘simliklarga uxshash va farq qiladigan tomonlari, ekologiyasi va ahamiyati.
Qarag‘aysimonlar sinfi. Umumiy tavsifi Sinfchalarga bulinishi; Kordaitkabilar va qaragaykabilar.
Qarag‘aykabilar sinfchasi. Umumiy tavsifi. Urug‘ining tuzilishi. Sinfchasining qabilalarga bo‘linishi: araukariyanamolar, qarag‘aynamolar, kiparisnamolar, tissanamolar, podokarpisnamolar.
Araukariyanamolar qabilasi. Araukariyadoshlar oilasi. Umumiy tavsifi. Kelib chiqishi, turkumlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
Qarag‘aynamolar qabilasi. Qarag‘aydoshlar oilasi. Umumiy tavsifi. Geografik tarqalishi. Muhim turlari va ularning xalq xujaligidagi ahamiyati.
Kiparisnamolor qabilasi. Umumiy tavsifi. Taksodiumdoshlar va archadoshlar oilalarining umumiy tavsiflari. Ularning muhim turkum va turlari, ekologiyasi, biosferadagi va xo‘jalikdagi ahamiyati.
Tissnamolar qabilasi. Uning tavsifi. Tarqalishi va kelib chiqishi. Tissdoshlar oilasi va uning uziga xos belgilari. Muhim turlari va ularning ahamiyati
Podokarpusnamolar qabilasi. Podokarpusdoshlar oilasi. Ular vakillarining umumiy tavsifi.
magnoliyatoifa (magnoliophyta) yoki yopiq urug‘li gulli o‘simliklar (angiospermae) bo‘limi. Bo‘limning umumiy tavsifi. Unga kiruvchi oilalar va turkumlar. Ularning tarqalishi va biosferadagi o‘rni.
Gulli o‘simliklarning bo‘limlar, sinflar (ajdodlar), sinfchalar (ajdodchalar), qabilalar (tartiblar), oilalar, turkumlar va turlarga bo‘linishi hakidagi tushunchalar.
Bir va ikki urugpallalilar sinfi. Ularning farq qiluvchi va o‘xshashlik belgilari. Umumiy tavsifi va sinfchalarga bo‘linishi.
Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfi. Ularning umumiy tavsifi va sinfchalarga (magnoliyakabilar. ayiqtovonkabilar, chinnigulkabilar, chinorkabilar, dilleniyakabilar, ra’nokabilar, yalpizkabilar, qoqio‘tkabilar) bo‘linishi jihatlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Ular evolyutsiyasining asosiy yo‘nalishlari. Bir urug‘ pallalilar bilan o‘zaro bog‘liqligi. Biosfera va inson faoliyatida tutgan o‘rni.

GEOBOTANIKA ASOSLARI


Kirish. Geobotanika fani predmeti, qisqacha rivojlanish tarixi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling