N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   115
Fayoztepa ibodatxonasi topilgan, hozirda u toMa o ‘rganib chiqilgan. 
Fayoztepa vihara tipidagi ibodatxona ekanligi isbotlangan. U uch 
qismdan iborat boMib, har birida hovli boMgan, ularning atrofida uylar 
joylashgan. Ibodatxonaning markaziy qismida 
diniy m arosim lar 
o ‘tkazilgan. Ikkinchisi qismi monastir, uchinchisi esa x o ‘jalik ishlariga 
moMjallangan inshootlar boMgan. M arkaziy qism da yaxshi saqlangan 
stupa topilgan. M arkaziy qism ning ayvonidan loy va ganchdan yasalgan 
Budda, uning safdoshlari-badisatvalarning haykallari topilgan. 
Ular 
qizil rang va tilla suvi bilan bezatilgan. Devorlarga diniy marosim 
rasmlari tasvirlangan boMib, ularda hayotiylik izlari ko'rinadi. Oq 
m arm ar va alebastrdan ishlangan haykallar ham topilgan. 1972 yilda bu 
erdan oq marmartoshdan yasalgan m uqaddas Badxi daraxti tagida 
o ‘tirgan Budda va tik turgan ikki ruxoniy haykali topilgan.
Qoratepa va Fayoztepa rasmlari Xindistondagi ibodatxonalar qurilishi 
va uning rasmlaridan farq qiladi, lekin Sharqiy Turkiston va Uzoq 
Sharqdagi ibodatxona va rasmlarga yaqin. Shuning uchun 
ham 
buddizm 0 ‘rta Osiyodan m azkur hududlarga tarqalgan degan xulosaga 
kelingan. Lekin, Xitoy va Olmon olimlari Budda dini Sharqqa 0 ‘rta 
Osiyo orqali kirib bormagan, degan fikrdalar.
1971 
yilda Surxondaryo viloyati Sho'rchi tunianida Dalvarzintepa 
yodgorligi ochildi. U m a’muriy bino qoldiqlari, kulollar yashaydigan
no


xonalar tadqiq etildi. Dalvarzintepadan ikki yarusli xum donlar ham 
topilgan. Topilgan ashyolar kulolchilik yuksak darajada boMganligini 
ko‘rsatadi.
1972 
yilda Dalvarzintepadan 115 ta oltin 
buyumlardan tashkil 
topgan xazina 
topilgan. Mil. II-III asrlarga oid m azkur xazinadan 
sirg‘a, bilakuzuk, kamarband, uzuk, 
oltin shodasi, sopol idishlar, 
haykalchalar, taqinchoqlar, tangalar, shaxmat donalari topilgan.
Dalvarzintepa atrofida ibodatxonalar boMib, ulam ing harobalaridan 
buddizm ga oid turli haykallar topilgan. Dalvarzintepadan ancha uzoq 
boMmagan joyda Kushon davriga oid qabriston ochildi. Unda odam 
suyaklari, 
sopol idishlar, taqinchoqlar, tangalar olindi. 
Uning eng 
pastki qatlamida murdalar xumga ko‘milgan. Tozalangan suyaklarning 
borligi uni zardushtiylarga xos ekanligini bildiradi. Bunga o ‘xshash 
qabristonlar Tojikistondagi Tulhar, K o‘kqum, Oriqtov, Turkma- 
nistondagi Babashov qabristonlaridir. Tulhar qabristonidagi 350 goM'dan 
219 tasi o'rganilgan. 
Bu 
erdagi go‘rlar laxad va yorm a shaklida. 
OMiklami yasatib, boshlarini shimolga qaratib ko‘mganlar. Qabrlarga 
sopol idish, taqinchoq, qurollar ham ko‘yilgan.
1972 
yilda Angor tumanidan 16 gektami egallagan Zartepa shahar 
harobasi topildi. Uylarning devorlari paxsadan qilingan. Aholi yashash 
xonalarinng maydoni 4-15 m2 ni tashkil qiladi. Bu erdan ibodatxona, 
Buddaning oltin suvi yuritilgan boshi va gavdasi topilgan. 
Buddist- 
lam ing saqlanib qolgan stupasidan bitta oltin plastinka ko‘zacha va 
yunon tangalariga taqlid qilib ishlangan Vasudeva I tangalari (ular 500 
dan ortiq tanga) topildi. Shuningdek, Zartepaning 100 metrli mudofaa 
devori ham oM-ganildi. Topilgan ashyolar Zartepaning mil.av I asrga 
mansub ekanligini ko‘rsatadi. Qadimda mazkur shaharning 4 ta 
darvozasi boMgan. Mudofaa devorlarining 9 metr, IV-V asrlarda esa 2 
m etr boMgan.
0 ‘zbekistonning qadimgi davrida amaliy san 'at ham yuksak darajada 
rivojlanadi. Xususiy muhr
tam g‘alar, mahalliy hokimlik nishoni 
gemma va tangalar zarb qilina boshlandi. Diniy va dunyoviy harakterga 
ega boMgan har xil terrokota haykalchalari ham ishlab chiqila boshlandi. 
Terrakota haykalchalarda ayollar aks ettirilgan boMib, ular ikki xil 
tuzilishda boMgan. l)Tik turgan holda, o ‘ng qo'li ko‘krak ostida, chap 
qoMi qomi ustida qo‘yilgan. 2) Tik turgan holda boMib, qoMlarida oyna 
ushlab turgan holda tasvirlangan. Terrakota haykalchalarda maxalliy 
etnik tiplar va mahalliy ust-boshlarda tasvirlangan. Mil.avv. II asrlardan


boshlab, otliq chavondozlar tasvirlangan terrakota haykalchalar keng 
tarqalgan. Bular yuejilar faoliyati bilan bog‘liq edi.
Bu davrda mulkiy tabaqalanish protsessi ham jadal sur’atlar bilan 
kechdi. N atijada ilgari m arkazlashgan shahar hokimiyati nufuzi pasayib, 
dehqonzodalar ta’siri oshib bordi.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling