N. raimnazarova


O'zbek tili leksikasida mo'g'ulcha va xitoycha so'zlar


Download 0.96 Mb.
bet62/84
Sana09.11.2021
Hajmi0.96 Mb.
#172330
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84
Bog'liq
N. raimnazarova

O'zbek tili leksikasida mo'g'ulcha va xitoycha so'zlar. O'zbek tili leksi-kasi o'zlashgan qatlamining ma'lum qismini mo'g'ul va juda kam miqdorda xitoy tilidan olingan so'zlar tashkil qiladi.

Bunga asosiy sabab, bir tomondan o'tmishda turk, mo'g'ul, tungus-manjur urug' va qabilalarining ginetik (kelib chiqish) birligi bo'lsa, ikkinchi tomondan, keyingi davrlarda turkiy qabilalar va uyushmalar yashaydigan butun hududlarning mo'g'ullar tomonidan istilo qilinishidir.

So'z qabul qilishda mo'g'ul tilining nufuzi hamma turkiy tillarda bir xil bo'lmagan. Turkiy elat va xalqlar yashaydigan yerlar, hatto Amu sohillari-gacha mo'g'ullar tomonidan istilo qilinganda ham, mo'g'ul imperiyasi hukmdorlari turkiy tillar, jumladan, o'zbek tiliga tayziq, o'tkaza olmagan. Ular bosib olingan yerlarda talonchilik va vayrongarchilik bilan shug'ul-langan. Bu davrlardagi turkiy xalqlar, jumladan, o'zbek xalqi ham, ijtimoiy turmush sharoiti, urf-odati, madaniyati, san'ati va arxitekturasi, yozuv tili va adabiyoti jihatidan mo'g'ullarga nisbatan mutlaqo ustun bo'lgan. Mo'g'ullar o'zlari egallab olgan joylarda hech narsa qurmagan, faqat buzgan. Bu haqda mashhur venger turkshunos-tilshunosi H.Vamberi mo'g'ullar turklarga til o'rgatmadi, balki ulardan o'rgandi, deganida haqli edi. Shunga qaramay, hozirgi o'zbek tili leksikasida asli mo'g'ulcha bo'lgan dala, tangri, muz, ayron, bayan, bo'sag'a, xan kabi so'zlar va ba'zi etnotoponimlarni ko'plab uchratish mumkin.

O'zbek tilida uqadar ko'p bo'lmasa ham, xitoy tilidan olingan so'zlar ham uchraydi. Turkiy xalqlar, jumladan o'zbeklar va xitoyliklar o'rtasida ham qadimiy aloqalar mavjud bo'lgan. Hozirgi o'zbek tilida uchraydigan zang, choy, chanoq (idish), qo'shni, yombi kabi so'zlarning mavjudligi ana shu aloqalar natijasidir.




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling