Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1106338
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Bog'liq
HFX

Ikkinchidan, O`zbekistonning ekologik xavfsizligi nuqtayi nazaridan qaraganda, suv 
zaxiralarining, shu jumladan er usti va er osti suvlarining keskin taqchilligi hamda ifloslanganligi 


katta tashvish tug`dirmoqda. Respublikaning daryolari, kanallari, suv omborlari va xatto er osti 
suvlari ham har taraflama inson faoliyati ta`siriga uchramoqda. 
Sug`oriladigan hududlarda suv tabiatning bebaho in`omidir. Butun hayot suv bilan bog`liq. 
Zotan, suv tamom bo`lgan joyda hayot ham tugaydi. SHunday bo`lsa-da, Markaziy Osiyo suv 
zaxiralari juda cheklangan. Yiliga 78 km3 suv keltiradigan Amudaryo va 36 km3 suv 
keltiradigan Sirdaryo asosiy suv manbaalaridir. Hozirgi vaqtda xalq xo`jaligida Orol dengizi 
havzasining barcha suv zaxiralaridan to`la-to`kis foydalanilmoqda. 
Suv zaxiralarining sifati eng muhim muammolardan biridir. 60-yillardan boshlab Markaziy 
Osiyoda yangi erlar keng ko`lamda o`zlashtirildi. Sanoat, chorvachilik komplekslari ekstensiv 
rivojlantirildi. Urbanizatsiya kuchaydi. Kollektor zovur tizimlari qurildi hamda daryo suvlari 
sug`orish uchun mutlassil yuqori hajmlarda olindi. SHu bois havzalardagi suvning sifati tobora 
yomonlasha bordi. 
Daryo suvlarining ifloslanishi ekologiya-gigiyena va sanitariya-epidemiologiya vaziyatini
ayniqsa, daryolarning quyi oqimlarida yomonlashtirmoqda. Ikkinchi tomondan, daryo suvlari 
tarkibida tuzlarning mavjudligi, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va boshqa daryolarning 
deltalarida tuproqning sho`rlanishini kuchaytirmoqda. Bu esa qo`shimcha melioratsiya ishlarini 
amalga oshirishda, zovur tizimlarini barpo etish va tuproq, sho`rini yuvishda yaqqol sezilmoqda. 
O`zbekiston va qo`shni mintaqalar sharoitida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash 
alohida ahamiyat kasb etmoqda. Aholi punktlarini odatdagi vodoprovod suvi bilan ta`minlash 
ko`rsatkichi respublikada faqat keyingi besh yillikning o`zida taxminan 1,5 barobar ortdi. 
SHunga qaramay, ushbu muammo dolzarbligicha qolmoqda. Ichimlik suv ta`minoti 
manbaalarining ifloslanishi Respublikada, Orol bo`yicha kasallikka chalinishning yuqori 
darajasiga sabab bo`lmoqda. 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling