Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


– ma’ruza. Faoliyat xavfsizligi qonun – qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1106338
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Bog'liq
HFX

7 – ma’ruza. Faoliyat xavfsizligi qonun – qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish 
tizimi, qoida va talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar. 
1. O`zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar. 
2. Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo`yicha texnik 
xodimlarning javobgarligi. 
3. Javobgarlik va uning turlari 
1. O`zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar. 
Mehnat muhofazasi bo`yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi 
davlat tashkilotlariga yuklatilgan: 
1. O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi. 
2. “Sanoatkontexnazorat” agentligi
3. O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining sanitariya epidemiologiya 
nazorati. 
4. Respublika Ichki ishlar vazirligining yong’indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi. 
5. O`zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati. 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, 
texnika xavfsizligi bo`yicha me`yyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga 
hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o`z texnik 
inspektoriga ega. 
“Sanoatkontexnazorat” agentligi bug’ qozonlarining to`g’ri ishlashini, bosim ostida 
ishlaydigan idishlarni, yuk ko`tarish mashinalari (ko`tarma kranlar, liftlar), ekskovatorlar, gaz 
uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish 
ishlarini nazorat qiladi. 
Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati havo, suv va tuproqni ifloslanishdan 
ogohlantirish, shovqin va titrashni yo`qotish, tsexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash 
(harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi. 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling