Davriy yo`riqnoma yakka tartibda va guruh (bir xil kasbdagi ishchilar) bilan o`tkazilishi
mumkin, bunda tsex yoki korxonada bo`lib o`tgan noxush hodisalarni
talqin qilgan holda suhbat
o`tkaziladi.
Turli sabablar bilan (ta`til, kasallik, mehnat safari va x.k) o`z
muddatida ishchilarga
o`tkazilmagan yo`riqnoma keyinchalik o`tkaziladi. Davriy yo`riqnoma o`tkazilganligi haqida
jurnalga yozib rasmiylashtirilib qo`yiladi.
Navbatdan tashqari yo`riqnoma quyidagi hollarda o`tkaziladi:
-texnologik jarayon o`zgarganda, bir uskuna o`rniga boshqa uskuna o`rnatilganda va
mehnat sharoiti o`zgartirilganda;
-tsex bo`limi yoki brigadada baxtsiz hodisa yoki avariya ro`y berganda;
-ishlarni xavfsiz bajarish bo`yicha yangi qoida va yo`riqnomalarni
ishchilar diqqatiga
etkazish zarurati to`g’ilgan
hollarda;
-ishlab chiqarish intizomi qoida va yo`riqnomalarni talablari buzilishi aniqlangan
hollarda.
Navbatdan tashqari yo`riqnomada dastlabki yo`riqnomaning shu yo`riqnoma o`tilishiga
sabab bo`lgan qismigina ko`rib chiqiladi.
Bu yo`riqnoma ham dastlabki va davriy yo`riqnoma singari bevosita rahbar (usta)
tomonidan o`tkaziladi va jurnalga yozib rasmiylashtiriladi va sababi ko`rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: