Namangan davlat universiteti


Ota-onalar bilan oilaviy tarbiya xususida munozaralar tayyorlash va o’tkazish vaqtida quyidagilarni hisobga olish kerak


Download 0.63 Mb.
bet15/48
Sana25.11.2021
Hajmi0.63 Mb.
#177297
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
Bog'liq
umumiy orta talim maktabi oquvchilarining ota-onalariga pedagogic bilim berisnning pedagogik asoslari

Ota-onalar bilan oilaviy tarbiya xususida munozaralar tayyorlash va o’tkazish vaqtida quyidagilarni hisobga olish kerak:

1.Munozaraning mavzusini tanlash va uni qanday usulda olib borish ba’zan muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.

Mavzuni aynan hozirgi kunda hal qilinishi lozim b’lgan masalalar va aniq vazifalardan kelib chiqqan holda tanlab olinishi maqsadga muvofiqdir. Agar munozara, shu kunning mavzusi xisoblanib, yangi manbalarni izlash bilan bog’liq bo’lsa, ayniqsa ushbu masalani hal qilishda turli nuqtai-nazar bilan yondashilsa uning dolzarbligi yanada oshadi.

Munozara mavzusining ifodalanishi kishilarni bahslashishga unday olishi, qo’yilgan masalaning o’zi aniq ko’rinib turishi zarur. Misol tariqasida “Mustaqillik oilasi to’g’risida” va “Qanday oilani baxtli deb hisoblash mumkin?” degan ikkita munozara mavzusini olib ko’raylik. Ikkinchi mavzu munozaraga sabab bo’ladi, chunki ota-onalar o’z oilasining baxti nimadan iborat ekanligi to’g’risida, o’z oilalari baxtlimi yoki yo’qmi degan masala ustida fikr-mulohaza yuritishga majbur bo’ladilar. Bu hol munozaradan oldinroq o’zaro fikr almashish, adabiyotlarni o’qish, so’ngra esa munozara vaqtida o’z fikrlarini o’rtaga tashlash istagini vujudga keltiradi.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling