Natriy gidroksidi olinish usullari


Ko’p korpusli qurilmalarda bug’latish


Download 1.44 Mb.
bet16/20
Sana19.06.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1619931
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
marjona habib kursavoy

Ko’p korpusli qurilmalarda bug’latish. Bu turdagi qurilmalarda isituvchi bug’ sifatida ikkilamchi bug’ ishlatiladi. Natijada juda katta miqdorda issiqlik tejaladi. Eritmadan 1 kg suvni bug’latish uchun isituvchi, to’yingan suv bug’ining solishtirma sarfi quyidagicha :
- bir korpusli qurilma uchun 1,1...1,2 kg;
- ikki korpusli qurilma uchun 0,55 kg;
- uch korpusli qurilma uchun 0,40 kg;
- to`rt korpusli qurilma uchun 0,30 kg.
Ko’p korpusli qurilmalarda bug’latish jarayonini yuqori bosimli isituvchi bug’ yoki vakuum yordamida amalga oshirish mumkin.
Bug’latish korpuslaridagi bosim shunday bo’lishi kerakki, unga uzatilayotgan bug’ temperaturasi, shu korpusdagi eritmaning qaynash temperaturasidan yuqori bo’lishi ta’minlanishi kerak. Oxirgi korpusdagi isituvchi bug’ning bosimi texnik – iqtisodiy hisoblar asosida aniqlanadi.
Isituvchi bug’ va eritmaning harakat yo’nalishiga qarab parallel (bir xil), qarama - qarshi va kombinatsiyalangan yo’lli ko’p korpusli bug’latish qurilmalariga bo’linadi. 16-a-rasmda uch korpusli parallel yo’nalishli bug’latish qurilmasi keltirilgan.

Boshlang’ich eritma korpus 1 ga yuboriladi, so’ng korpus 2 va 3 ga uzatiladi va kerakli konsentratsiyagacha quyuqlashtirilgandan so’ng korpus 3 ning pastki qismida chiqariladi. Korpus 1 dan korpus 3 ga qarab bosim pasayib boradi. Shuning uchun, eritma bosimlar farqi ostida korpusdan korpusga o’tib boradi. Isituvchi bug’ eritma kabi o’sha yo’nalishda bir korpusdan keyingisiga harakat qiladi. Ya’ni, korpus 1 da hosil bo’lgan ikkilamchi bug’ 2-korpusga isituvchi bug’ bo’lib, 2-korpusda hosil bo’lgan ikkilamchi bug’ esa, 3-korpusga isituvchi bug’ bo’lib, 3- korpusda hosil bo’lgan ikkilamchi bug’ kondensatsiyalanish uchun barometrik kondensator 4 ga yuboriladi.


16-b-rasmda uch korpusli qarama - qarshi yo’nalishli bug’latish qurilmasi tasvirlangan. Yangi isituvchi bug’ 1-korpusga haydaladi, ikkilamchi bug’lar esa 1-korpusdan 3-ga qarab harakat qiladi. Boshlang’ich eritma esa, avval 3-korpusga yuklanadi, so’ng esa 3-korpusdan 1-korpus tomon qarab uzatiladi. Quyuqlashtirib bo’lingan eritma 1-korpusning pastki qismidan chiqarib olinadi. Har bir keyingi korpusdagi bosim avvalgi korpusnikidan kam bo’lgani uchun, eritmani uzatish uchun nasos 5, 6, 7 lar xizmat qiladi.
Kombinatsiyalashgan bug’latish qurilmalarida eritmani kiritish va chiqarish variantlari turlicha bo’lishi mumkin.
Parallel yo’nalishli bug’latish qurilmasining afzalliklari: eritmani korpusdan korpusga uzatish uchun nasos kerak emas.
Har bir keyingi korpusda, yuqori konsentratsiyali eritma, nisbatan pastroq bosimda bug’latiladi.
Shu oxirgi korpusdagi issiqlik o’tkazish koeffitsienti birinchisiga qaraganda ancha kichik bo’ladi.
Qarama - qarshi yo’nalishli bug’latish qurilmasining afzalliklari: juda yuqori konsentratsiyalargacha quyuqlashtirish mumkin; bir yo’nalishli qurilmalarga nisbatan kichik isitish yuzasi talab etiladi. Kamchiligi: eritmani korpusdan korpusga uzatish uchun nasoslar zarur.
1
7-rasmda bug’latish qurilmalari sonining ortishi bilan turli sarflar o’zgarishi ko’rsatilgan.

Yuqorida qayd etilgandan ma’lumki, qurilmalar soni o’sishi bilan eritma tarkibidagi 1 kg suvni bug’latish uchun isituvchi bug’ sarfi keskin kamayib boradi. Lekin, qurilmalar soni ortishi bilan temperatura yo’qotilishlar ko’payadi. Issiqlik almashinish jarayoni samarali o’tishi uchun temperaturalarning foydali farqi ma’lum qiymatga ega bo’lishi kerak. Tabiiy sirkulyatsiyali qurilmalar uchun ushbu farq 5...7°C va majburiy sirkulyatsiyali uchun esa- 3°C dan kam bo’lmasligi zarur.


Bug’latish qurilmalarining soni ko’p bo’lsa, bunda temperaturalar yo’qotilishining yig’indisi, temperaturalarning umumiy farqiga teng yoki undan ortib ketishi mumkin. U holda eritmalarni bug’latish qiyinlashadi va jarayonni o’tkazish imkoni bo’lmay qoladi.
Qurilmalarning optimal sonini texnik-iqtisodiy hisoblashlar yo’li bilan aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Grafikdagi egri chiziq 1 ning minimumiga to’g’ri keladigan minimal umumiy sarflar, ko’p korpusdagi bug’latish qurilmasining optimal sonini ko’rsatadi. Sanoat miqyosida ko’p korpusli bug’latish qurilmalarining optimal soni 3–4 ta bo’ladi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling