Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti kimyo-metallurgiya fakulteti biokimyo va biotexnologiya asoslari fanidan mustaqil ish guruh: 41 20kt bajardi


Download 59.78 Kb.
bet3/10
Sana25.03.2023
Hajmi59.78 Kb.
#1294266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jalol

Uglevodlar tabiatda eng ko’p tarqalgan, massasi jihatidan yerda tarqalgan organik birikmalarning asosiy qismini tashkil etadi va hamma o’simlikda mavjud. Inson va hayvonlar tanasida uglevodlar oqsillar va lipidlardan nisbatan kam. Tana quruq vaznining 2% dan oshmaydi, lekin o’simliklar organizmida sellyuloza (kletchatka hisobiga quruq vaznning 80% gachasini tashkil etadi. Shu sababli biosferada uglevodlarning miqdori qolgan hamma organik birikmalarnikidan ko’proqdir.
Uglevodlar tirik tabiatda juda katta ahamiyatga ega. Ular tirik organizmlarda energiya vazifasini bajaradi. Hayvonlar organizmining energiyaga bo’lgan talabining 60% i uglevodlar metabolizmi hisobiga ta’minlanadi. Qolgan 40% i esa oqsil va yog’lar hisobiga to’g’ri keladi. Miya faoliyati uchun glyukoza birdan-bir energiya manbaidir. 1 g uglevod to’la parchalanganda. 4,1 kkal energiya ajraladi. Hayvonlar organizmida glikogen, o’simliklarda esa kraxmal metabolitik jarayonlarda zahira energiya manbai bo’lib hisoblanadi.
Hamma tirik organizmlar uchun uglevodlarning asosiy manbai o’simliklarda amalga oshadigan fotosintez jarayonidir. Faqat o’simliklarda polisaxaridlar xosil bo`ladi. Fotosintez jarayoni o’simliklarning yashil organlari xlorofil donachalarida amalga oshadi. Xlorofillarda qo’yosh energiyasi ta’sirida karbonat angidrid suv bilan reaksiyaga kirishib – qaytarilib uglevodlarni hosil qiladi. Agarda bu katta energiya issiqlik energiyasi sifatida ajralsa. Organizmga kuchli salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu energiyaning ma’lum qismi issiklikga aylanadi, lekin ko’p qismi adenozintrifosfat (ATF) ning makroergik bog’larida yig’iladi va zaxirada saqlanadi hamda organizm hayot faoliyatida muskullar qisqarishi, nerv impulslari uzatilishi va hakazolar sarflanadi.
Fotosintez va hosil bo’lgan uglevodlar metabolizmi bir-biriga qarama-qarshi jarayondir. Bir tomondan hayvonlar uglevodlarni ozuqa sifatida iste’mol qilib kislorod ta’sirida hayot faoliyati uchun zarur energiyasiga aylantiradi yoki boshqa kerakli moddalar sintezida foydalanadi. Bunda uglevodlar bilan bir qatorda katta miqdorda kislorod sarflanadi va zararli bo’lgan karbonat angidrid ajralib chiqadi.
Ikkinchi tomondan o’simliklar hayvonlar chiqindisi karbonat angidrid gazini yutib xlorofil donachalarida quyosh energiyasi va suvdan foydalanib uglevodga aylantiradi hamda atmosferaga kislorod ajralib chiqadi. Bu tabiat mo’jizasi natijasida yerdagi moddalar balansi saqlanib qolmoqda. Masalan, kungaboqarning 1 mbarglari 3 mhavodagi 900 s mkarbonat angidridni yutib 0,5-1 g gacha uzum shakarini hosil qiladi yoki 1 gektar yerdan 40 s bug’doy hosili olish uchun o’simlik bug’doy dalasida yoz bo’yi 20 t karbonat angidrid va 7,3 t suvni o’zlashtirib 10 t dan ortiqroq organik modda hosil qilishi va atmosferaga 13 t atrofida kislorod chiqarishi kerak bo’ladi. Umuman o’simliklar xar yili 170 mlrd t uglerodni o’zlashtirib va 145 mlrd t kislorod yetkazib beradi. Bu sarflanayotganidan ancha ortiqdir. Glikogen (yun. glykys — shirin va genes — tugʻilgan) — koʻp tarmoqli polisaharid; molekulasi a-D-glyukopiranoza qoldiqlaridan iborat amorf mahsulot. Mol. m. 106-109. Tuzilishi jihatidan kraxmalga oʻxshaydi. Tirik organizmda oʻsimliklardagi kraxmal kabi funksiyani bajaradi. Koʻpchilik tirik organizmlarning tez safarbar qilinadigan energiya resursi. G. umurtqalilarning asosan jigari (2—6%) va muskullari (2%)da toʻplanadi. Achitqilar, ayrim zamburugʻlar va suv oʻtlarida, makkajoʻxorining ayrim navlari donlarida ham topilgan. G.ning parchalanishi — glikogenoliz fosforolitik (fosforilaza fermenti taʼsirida) va gidrolitik (amilaza fermenti taʼsirida) yoʻl bilan amalga oshadi. G. fosforilazasi mahsuloti — glyukozo-1 -fosfat fosfoglyukomutaza taʼsirida izomerlanib, glyukoza-6-fosfatga aylanadi. Umurtqalilar jigarida glyukozo6-fosfatning ancha qismi glyukozo-6fosfataza bilan gidrolizlanib, erkin glyukoza hosil qiladi va qonga oʻtadI

Download 59.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling