Neft-gazni qayta ishlash ob’yektlari” kafedrasi o’G’lining “” mavzusida


Absorbsiya jarayonining fizik asoslari


Download 214.76 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi214.76 Kb.
#1594442
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Atajanov BMI

2.2. Absorbsiya jarayonining fizik asoslari
Gaz faza suyuqlik bilan о‘zaro ta’siri natijasida ikkita faza (F=2) va uchta komponent, ya’ni tarqaluvchi modda va ikkita modda tashuvchi (K=3) lardan iborat sistema hosil bо‘ladi.
Fazalar qoidasiga binoan, bunday sistema 3 ta erkinlik darajasiga ega:
C  K  2Ф  3 22  3
Sistemadagi fazaviy muvozanatni belgilovchi asosiy uchta parametrlar quyidagilardir: bosim, temperatura va konsentratsiya. Demak, «gaz -suyuqlik» sistemada ikkala fazaning bosimi p, temperaturasi t va konsentratsiyasi x о‘zgarishi mumkin. Absorbsiya jarayoni о‘zgarmas bosim va temperaturada borayotgan bо‘lsa, bir fazada tarqalayotgan moddaning har bir konsentratsiyasiga, ikkinchi fazadagi aniq konsentratsiya tо‘g‘ri keladi.
О‘zgarmas temperatura (t=const) va umumiy bosimli sharoitda muvozanat konsentratsiyalari orasidagi bog‘liqlik Genri qonuni bilan ifodalanadi. Bu qonunga binoan, biror temperaturada eritmadagi eritma ustidagi gaz parsial bosimi, uning mol ulushiga tо‘g‘ri proporsionaldir:
p  Ex
yoki x=
bu yerda r – muvozanat holatidagi eritmada x- konsentratsiyali yutilayotgan gazning parsial bosimi; YE – Genri kontantasi.
Kon mahsulotlarini qayta ishlashning fizik usullari quyidagi turdagi texnologik jarayonlarga asoslangan:
- gaz gidro mexanik – ularni oqish tezligi gaz gidro dinamik qonunlar bo’yicha (ajratish, markaziy fugalash, filtratsiya va h.k.) aniqlanadi;
- issiqlik – ularni oqish tezligi issiqlik uzatish qonuni (sovushi, qizishi va kondensatsiyalanishi) aniqlanadi;
- massa almashinish (diffuzion) – ularning tezligi massa uzatuvchanlik qonuni bo’yicha aniqlanadi.
Gazni konda tayyorlash – ajratish, filtratsiya, absorbsiya, adsorbsiya, rektifikatsiya va ekstraksiya usullaridan foydalanib, kо’p komponentli gazsimon yoki suyuqlik aralashmalariga bо’linishiga aytiladi.
Ajratish jarayonlari – eng kо’p zavod sharoitida qо’llaniladi hamda gaz suyuqlik va qattiq zarrachalarga ajratiladi. Hamma konlardagi texnologik sxemalarda qurilmalar va SKSlarning tarkibiga u yoki boshqa turdagi ajratish jarayonlari birlashtiriladi, hamda ular arashlamaning harorati va bosimi о’zgarganda suyuqlik va gaz fazasiga ajratishda gazdan va suyuqlikdan mexanik aralashmalarni ajratish uchun xizmat qiladi. Gazni tashishga tayyorlovchi qurilma faqat ajratish jarayonlarini amalga oshiradi hamda past haroratli ajratish qurilmalari deyiladi. Gaz katta hajmda tashilganda uni quritish samarali hisoblanadi va magistral gaz uzatmalarida kristal gidratlarning paydo bо’lishini oldi olinishida tejamkor usul hisoblanadi. Gaz quritilishi natijasida tashishda suv bug’larining shudring nuqtasi tashishdagi haroratdan past kо’rsatgichda bо’ladi. Gaz maxsus qurilmalarda suyuqlik yoki qattiq moddalar yordamida quritiladi.

Download 214.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling