Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/65
Sana05.01.2022
Hajmi1.66 Mb.
#232012
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65
Bog'liq
tibbiyot kasb-hunar kollejlarida molekular fizika bolimini oqitish metodikasi

2.2. Fizikaning tibbiyotni 

rivojlantirishdagi o‗rni 

Inson  uchun  eng  qimmatli  narsa  sog‗liqdir. 

SHuning  uchun  ham  fizika  yutuqlarining  tibbiyot 

sohasida qo‗llanishiga to‗xtalmasdan ilojimiz yo‗q. Fizika yutuqlari tibbiyotda ikki 

xil maqsadda ishlatiladi.

  

 



 

 

Birinchisi - bemorga tashxis qo‗yish uchun shifokorga yordamchi sifatida. Bu 



sohada  rentgen  nurlari  bilan  olingan  suratlarning 

yordami  beqiyosdir  (rentgenodiagnostika).  Ular 

yordamida  suyakning  singani,  o‗sgani,  ichki 

organlardagi  o‗zgarishlar  haqida  aniq  ma‘lumotlar 

olinadi.  Oxirgi  paytlarda  bu  vazifani  inson  sog‗ligi 

uchun  ancha  zararsiz  bo‗lgan  ultratovush  to‗lqinlarida  ishlovchi  apparatlar 

bajarmoqda.  Kompyuterlar  kashf  etilgandan  so‗ng  shifokorlar  uchun  yanada 

beminnatroq yordamchi - kompyuterli tomograflar kashf qilindi. U insonning ichki 

organlari  to‗g‗risida  to‗la  ma‘lumot  berishi  va  monitorda  namoyish  qilishi  bilan 

birga, suratga ham tushirib beradi. 

Ikkinchisi  -  turli  kasalliklarni  davolashda  ishlatilishi.  Ultratovush,  magnit 

maydon,  kuchsiz  tok,  lazer  nuri  yordamida  asab  charchoqlarining  davolanishi 

hammaga  ma‘lum.  Ayniqsa,  lazer  nurlarining  inson  salomatligi  yo‗lidagi 

xizmatlari  beqiyosdir.  Qon  chiqarmas  lazer  pichoqlari  yordamida  organizmdagi 

kasal  hujayralarni  davolash,  bir-biriga  ulash  va  zarur  bo‗lganda  kesib  tashlash 

mumkin.  Lazer  nurlari,  ayniqsa,  insonning  eng  nozik  organlaridan  biri  bo‗lmish 

ko‗z operatsiyalarida juda muvaffaqiyatli qo‗llanilmoqda.  



XIX  asrning  oxiri  -  XX  asr  boshlarida  fan  va  madaniyatning  rivojlanishida 

tibbiyot ham katta yutuqlarga erishdi. 1880-yilda nemis olimi K.Eber ich terlama, 

1884-yilda  F.Lyofler  bo‗g‗ma  tug‗diruvchi  mikrobni  topdilar.  Nemis  olimi 

R.Vixrov (1821-1902) hozirgi zamon patologik anatomiya asoslarini yaratdi. 1875-

yilda  rus  olimi  F.A.Lesh  amyoba  dizenteriyasini  tug‗diruvchi  mikrobni  aniqladi. 

Fizika  sohasidagi  kashfiyotlar  ham  tibbiyotga  yordam  berdi.  Maksvellning 

elektromagnit to‗lqinlari haqidagi nazariyasidan kelib chiqib, nemis fizigi Vilgelm 

Konrad  Rentgen  (1845-1932)  har  xil  buyumlardan  turlicha  o‗tuvchi  ko‗rinmas 

nurlarni kashf etdi. Nurlanishning kelib chiqishi olimga ma‘lum emas edi va ularni 

―X  nurlar‖  deb  atadi.  Ana  shu  kashfiyotga  asoslangan  va  olimning  nomi  bilan 

―Rentgen‖ deb nomlanuvchi apparat yaratildi. Endi shifokorlar ichki jarohatlarni, 

suyak  sinishlarni  ko‗rib,  to‗g‗ri  tashxis  qo‗yish  imkoniyatiga  ega  bo‗lishdi.  Bu 

buyuk kashfiyot uchun  fiziklar orasida  birinchi bo‗lib  Rentgenga  Nobel  mukofoti 

berildi. 

Kimyo sohasidagi kashfiyotlardan ham tibbiyotda unumli foydalanildi. Sovun 

olishning  sanoat  usulini  egallash,  undan  kasalxonalarda,  ayniqsa  jarrohlar 

tomonidan  foydalanish  operatsiya  paytida  infeksiya  tushish  xavfini  kamaytirdi. 

YUqumli  kasalliklarga  qarshi  kurash  ishiga  sil  kasalligini  keltirib  chiqaruvchi 

vaksinani kashf qilgan nemis olimi Robert Kox (1843-1910) ulkan hissa qo‗shdi. U 

epidemiyalarga qarshi profilaktik choralarni ishlab chiqdi va dori-darmon yaratdi. 

Rus  olimi  Nobel  mukofoti  laureati  I.Mechnikov  esa  organizmlarni  mikroblardan 

himoya qilish haqida yangi ta‘limot yaratdi [24]. 

XIX arsning oxiri va XX asrning boshlarida mexnikaning umumiy bo‗limlari 

-  ―Qattiq  jismlar  dinamikasi‖,  ―Harakatning  ustuvorligi‖  nazariyasi  hamda 

suyuqliklar va gazlar mexanikasi rivojlandi.  



 

 

 



Nemis  olimi  G.Gelmgols  (1821-1894)  suyuqlikning  uyurma  harakati 

to‗g‗risidagi  ta‘limotni,  rus  olimi  N.F.Petrov  (1836-1920)  ishqalanishning 

gidrodinamik nazariyasini yaratdi. 

Ingliz  fizigi  Jeyms  Klark  Maksvell  (1831-1879)  1855  yili  turli 

mamlakatlardagi  fiziklarning  elektromagnetizm,  termodinamika  va  yorug‗lik 

sohasidagi tajribalari hamda nazariy xulosalarni umumlashtiruv-chi ―yorug‗likning 

elektromagnit  maydoni‖  nazariyasini  yaratdi.  Uning  nazariyasiga  ko‗ra  elektrni 

bo‗shliqdan  o‗tkazuvchi  ko‗rinmas  elektromagnit  to‗lqinlar  mavjud.  Bir  guruh 

olimlar:  A.Bekkerel  (1852-1908),  Per  Kyuri  (1852-1963),  Mariya  Skladovskaya 

Kyuri,  Rezerford  (1871-1937),  Nils  Bor  (1885-1963)  -  radioaktivlik  hodisasini 

o‗rgandilar  va  atomning  murakkab  tuzilishi  haqidagi  ta‘limotni  yaratishdi. 

Umuman  bu  davr  fizika  fani  taraqqiyotining  eng  muhim  yakuni  –  nisbiylik 

nazariyasining  yaratilishi  bo‗ldi.  Bu  nazariya  asoschisi  mashhur  olim  Albert 

Eynshteyn  (1879-1955)  edi.  Bu  nazariyani  u  1905  yil  (nisbiylikning  maxsus 

nazariyasi) da va 1916 yil (nisbiylikning umumiy nazariyasi) da bayon etdi. Ushbu 

nazariya  butun  XX  asrda  fizika  fanining  rivojlanishiga  katta  ta‘sir  ko‗rsatdi.  XIX 

asrning 80-yillarida G.Daytler bilan K.Bens benzinda ishlaydigan motorli birinchi 

avtomobilni  yaratishgach,  avtomobil  transporti  tez  rivojlana  boshladi  va  u  tosh 

yo‗llar  qurilishini  talab  qildi.  Elektr  dvigatelidan  dastlab  shahar  transportida 

foydalanildi.  1895  yildayoq  Angliya  va  AQSH  ning  yirik  shaharlarida  ―Konka‖ 

(shahar temir yo‗lida ot bilan tortiladigan vagoncha) ishga tushdi.  



Nemis olimi Teodor SHvan tomonidan qilingan 

barcha organizmlarning hujayralari tuzilishi haqidagi 

kashfiyotlar  ilmiy  asosini  mustahkam-lashga  xizmat 

qildi.  


Fiziklar 

hozirgi 


paytda 

davosiz 


deb 

hisoblanuvchi,  ko‗plab  odamlarning  umriga  zomin 

bo‗layotgan  rak  kasalligini  ham  davolash  yo‗llarini  izlashmoqda.  Bu  sohada 

ma‘lum  yutuqlarga  erishilgan  ham.  Proton  zarralarining  dastasi  rakka  chalingan 

organni ajratib qo‗yish va kasallik rivojlanishini to‗xtatishi tajribalarda aniqlangan. 

Lekin  bu  usulning  juda  qimmatligi  uning  keng  qo‗llanishiga  to‗siq  bo‗lib 

qolmoqda.  Ammo  bu  muammoning  ham  echilishiga  ko‗p  vaqt  qolmaganligiga 

aminmiz. 

XX  asrda  samolyotlar,  raketalar,  televizor  va  kompyuterlar  dunyoni 

o‗zgartirdi.  Nanotexnologiyalar  yordamida  yaratilgan  xomashyolar,  dori-

darmonlar,  aloqa  va  xizmat  ko‗rsatish  vositalari  XXI  asr  yangi  texnika 

taraqqiyotining asosi bo‗ladi. O‗z ichiga fizika, kimyo hamda biologiya fanlarining 

yutuqlarini  qamrab  oladigan  nanotexnologiya  hayotimizga  kirib  kelmoqda.  Olim-

nanotexnologlar  nanometrlarda  o‗lchanadigan  o‗ta  kichik  jismlar  ustida  ish  olib 

boryapti. 

Bugun  dunyoda  nanotexnologiya  jadal  rivojlanmoqda.  Ushbu  yo‗nalishda 

yaratilgan  ilmiy  ixtirolar  iqtisodiyot,  tibbiyot,  biologiya,  ekologiya,  aviatsiya, 

radioelektronika  kabi  ko‗plab  muhim  sohalarda  yuqori  samaradorlik  va 

tejamkorlikka erishish imkonini bermoqda. 

Nanotexnologiya  dunyosi  inson  ko‗zi  uchun  o‗ta  kichik  bo‗lishiga  qaramay, 

uning  ehimoliy  ta‘siri  kattadir.  Nanotexnologiya  moddadan  atom  darajasida 

foydalanishni  ko‗zda  tutadi.  Hozirda  mazkur  texnologiyadan  yaxshiroq  tibbiy 

muolaja,  kuchliroq  kompyuterlar  yaratish,  vazni  engil,  biroq  pishiq  materiallar 

tayyorlanmoqda [26]. 




Kuyish  oqibatida  kelib  chiqqan  va  bitishi  qiyin  yaralarni  davolash 

tibbiyotning  dolzarb  muammolaridandir.  Hozir  bu  jarayonda  tibbiyotimizda 

xorijdan  olib  kelinayotgan  plyonka  qoplamalardan  foydalanilmoqda.  Mahalliy 

xomashyo asosida yaratilgan plyonka qoplama bu borada bir qancha afzalliklarga 

ega.  Xususan,  bu  vosita  jarohat  joyiga  bog‗langach  teriga  singib  ketadi.  Uning 

tarkibidagi  nanotuzilmali  kumush  zarrachalari  jarohatni  tez  va  samarali  davolash, 

bemorning  immun  tizimini  kuchaytirish  imkonini  beradi.  SHifokorlar  kuyish 

asoratlarini  davolashda  qo‗llanilayotgan  ushbu  ixtironing  shifobaxshligini  alohida 

e‘tirof etmoqdalar. 

Nanotexnologiya  sohasidagi  izlanishlarning  yuksak  natijalari  dermatologiya, 

pulmonologiya va ftiziatriya sohalarida ishlatiladigan inson vujudiga beziyon shifo 

vositalarini yaratishda ham yaxshi samara bermoqda. 

Amerikalik  olimlar  qon  oqishini  bir  zumda  to‗xtatadigan  nanomodda 

yaratdilar.  Nanomoddaning  tibbiyotda  paydo  bo‗lishi  shov-shuvga  arzigulik 

haqiqiy  yangilik  bo‗lishi  aniq.  Material  ayniqsa,  xirurgiya,  masalan,  boshda  yoki 

yurakda  bo‗ladigan  mushkul  operatsiyalarda  qo‗llanishi  ayni  muddao  bo‗ladi.  U 

vaqtni  tejash  bilan  birga,  inson  organizmiga  turli  xil  infeksiyalarning  tushishiga 

to‗sqinlik qiladi. Bundan tashqari, tez yordamda aynan shu moddaning zarurligini 

inkor etib bo‗lmaydi.  

Nanotexnologiyalarning  tibbiyotga  joriy  qilinishi  ham  muhim  kashfiyotlar 

uchun  zamin  bo‗lmoqda.  Jahondagi  etakchi  ilm-fan  markazlarida  dorini  aynan 

kasallangan  joyga  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  etkazib  berish  maqsadida  nanokapsulalardan 

foydalanilyapti. Dori-nanokapsulalarning afzalligi shundaki, ular tananing sog‗lom 

qismiga  zarar  etkazmay,  faqat  kasallangan  hujayraga  etib  borib,  tibbiy  ta‘sir 

o‗tkazadi.  

Olimlar ayni paytda nanotexnologiya imkoniyatlaridan kelib chiqib, kelajakda 

inson tanasining kasalga chalingan a‘zosini davolovchi molekulyar nanorobotlarni 

yaratishdan  tashqari,  hujayralarning  qarishiga  qarshilik  ko‗rsatuvchi  vositalarni 

o‗ylab  topish  xususida  ham  bosh  qotirishapti.  Unga  ko‗ra,  inson  organizmidagi 



hujayralar qirilishining oldini oluvchi, tanadagi to‗qimalar  ishlashini  yaxshilovchi 

molekulyar nanokapsulalarni inson organizmiga kiritish ustida izlanishmoqda. 

Tasavvur  qiling:  yurak  xuruji,  qon  bosimining  u  yoki  bu  tomonga 

o‗zgarishidan,  qandli  diabet  yoki  insultdan  azob  chekib,  yaratuvchanlikdan 

uzoqlashgan  tajribali  mutaxassis  kelgusida  bu  dardlardan  xalos  bo‗lsa,  jamiyatga 

qanchalar  naf  keltiradi!  Tag‗in  alkogolizm,  kashandalik,  giyohvandlik  kabi 

illatlardan  qutulgan  minglab,  millionlab  odamlarni  ko‗z  oldingizga  keltiring. 

Bundaylarning  ruhiyatida  noxush  mayllarni  uyg‗ongan  zahotiyoq  nanorobot 

«kirib» tursa. 

Taraqqiyot  davom  etadi.  Insoniyat  hayot  tarzi  olimlarning  kashfiyotlari 

evaziga  yaxshilanib  boraveradi.  Dunyo  bo‗ylab  qilingan  buyuk  kashfiyotlar  o‗z 

davrida bir yangilik bo‗lib qolmay, bugungi kunga kelib, yangi ixtirolarning asosi 

bo‗lmoqda.  Hozirda  turli  xil  kimyoviy  moddalarni  birikishidan  hosil  qilinadigan 

qurilmalar rivojlanishi tarixdan joy olmoqda. 




Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling