Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbga yonaltirish ishiga rahbarlik qilish va uni rejalashtirish metodikasi
7 - xalq xo‗jaligining turli sohalari, ularda ishlatiladigan texnika va texnologiya to‗g‗risida bilimlar berish, mehnat faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish, ularni xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalariga o‗rgatish; - yuqori sinflarda mehnat ta‘limida ishchi mutaxassisliklarning kasbiy faoliyatida qo‗llaniladigan turli xil asbob-uskunalar, jihozlar, moslamalardan foydalanishni o‗rganish; - mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni, texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiena qoidalari asoslarini o‗rganish; - turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taaluqli dastlabki ma‘lumotlarni o‗rganish, o‗lchash-tekshirish asboblaridan, ma‘lumotnomalardan foydalana olish, mehnat amaliyotlarini bajarish, olingan natijalarni qo‗yilgan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o‗rgatish; - o‗quvchilarga bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash; - o‗quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari asosida sifatli, raqobatdosh iste‘mol mollari, mehnat mahsulotlari etishtirishga va etishtirilgan mahsulotlarni istemolchilarga etkazish vositalarini o‗rgatish, ish boshqaruvchi unsurlarini, homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirib borish va rivojlantirish; - xalq hunarmandchiligi kasblarini o‗rganish orqali xalqning milliy ruhini, yashash tarzini, an‘analarini tiklash va rivojlantirish, milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosini o‗rgatish va ulardan o‗z amaliy faoliyatlarida foydalanish ko‗nikmalarini mustahkamlash; -mehnat ta‘limi va kasbga tayyorlash jarayonida axborot texnologiyalar va kompyuter texnikasi, yangi texnologiya va jihozlarning qo‗llanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida va jahon tajribalariga mos holda o‗rganishlarini ta‘minlash. |
ma'muriyatiga murojaat qiling