Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Nazariyani amaliyot bilan bog’lash


Download 0.89 Mb.
bet23/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107
Nazariyani amaliyot bilan bog’lash. Nazariyani amaliyot bilan bog’lash o’quvchilarni amaliy masalalarni hal qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi, bu uning o’zlashtirish sifatini ko’taradi. Bu prinsip mehnat ta’limi va o’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
O’qitishda nazariya bilan amaliyotning bog’lanish xarakteri o’quv predmetining mazmuni bilan taqozo qilinadi. Tabiatshunoslikda nazariy bilimlar o’quvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida puxtaroq o’zlashtirib olinadi. Bunda amaliyot o’quvchilarni nazariyani o’zlashtirishga qiziqtirish uchun undan oldinroq kelishi mumkin. Chunonchi, «Tabiatda bahor» mavzusi (3-sinf) uni o’rganish bo’yicha amaliy ishlar ekish (ildiz mavalarning hosiliga ekinlar zichligining ta’sirini aniqlash uchun urug’lar ekish), keyin esa mavzuni o’rganishda amaliy ish natijalarini tahlil qilish ma’qul bo’ladi.
Nazariyani amaliyot bilan bog’lanishini amalga oshirishga maktab yoki jamoa xo’jaligi qurtxonasida ipak qurti ustidan kuzatishlar va shuningdek «G’o’za», «Poliz ekinlari», «G’alla ekinlari», «Sezgi organlari», «Yurak va Qon» mavzulari (3-sinf) bo’yicha amaliy ishlar o’tkazilishi yordam berishi mumkin.
O’quvchilarning tirik tabiat burchagidagi (o’simliklarni ekish va ko’paytirish), shuningdek o’simliklarning suvga, issiqlikka, yorug’likka ehtiyojini (piyoz va balzaminni o’stirish misolida – 2-sinf), gul manzarali o’simliklarining o’sishi va rivojlanishiga organik va mineral o’g’itlarning ta’sirini (3-sinf), pomidorning pishishi va hosildorligiga bachkilarning ko’chirilib o’tkazilishining ta’sirini aniqlash bo’yicha tajribalar (4-sinf) o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan o’quv-tajriba uchatkasidagi mehnat jarayonida nazariya bilan amaliyot bog’lanishi yaxshi amalga oshadi.
Tabiatshunoslik darslarida nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishini amalga oshirib borishda shuni esda tutish kerakki, o’quvchilarning amaliy faoliyati ularni nazariy bilimlarni o’zlashtirib olishga bo’lgan intilishlarini bo’shashtirmasligi lozim. Amaliy ishlar uchun shunday obyekt va tajribalarni tanlash kerakki, ular nazariy prinsiplarni tasdiqlasin va bilimlarni chuqurlashtirish uchun xizmat qilsin.
Tabiatshunoslikni o’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lanishi uning barcha bosqichlarida amalga oshirilmog’i va nazariy bilimlarning chuqurlashishiga va amaliy faoliyatga tayyorlashga yordam berishi kerak. O’rganiladigan nazariy bilimlarning mazmuniga qarab, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarning har xil shakllari, masalan, laboratoriya ishlari, ekskursiyalar, amaliy mashg’ulotlar, ijtimoiy-foydali mehnatdan foydalanishi mumkin.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling