Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Muammoli masalalar va topshiriqlar


Download 0.89 Mb.
bet54/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   107
Muammoli masalalar va topshiriqlar:

1. Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasining xususiyatlarini yoritib beruvchi konkret misollarni tahlil qiling.


2. «Jonajon o’lka» va «Tog’dagi bog’lar» nomli suratlar bo’yicha suhbat uchun savollar tuzib, suratlar bilan ishlash metodikasining xususiyatlarini tahlil qiling.
3. 1-sinf «Atrofimizdagi olam» darsligini tahlil qilib, suratlarning darslik materiallari bilan mosligi xususiyatlarini aniqlang.
4. 4-sinf tabiatshunoslik darsligidan «Plan va xarita» mavzusi bo’yicha plan-konspekt tuzib, uning metodik xususiyatlarini tahlil qiling.
5. Boshlang’ich sinf tabiatshunoslik darslarida qo’llanilishi mumkin bo’lgan kinofilmlar haqida ma’lumotlar tayyorlang.
6. 1-4 sinflar uchun «Atrofimizdagi olam» va «Tabiatshunoslik» bo’yicha dasturga kirgan kuzatish ishlar ro’yxatini tuzing.
7. Tapbiatshunoslik darslarida qo’llaniladigan «Kuzatish kundalik daftar»larining tutgan o’rnini asoslab bering.
8. 3-sinf «Tabiatshunoslik» darsligidan tabiatdagi kuzatishlarning biri asosida suhbat tuzing.
«Kundalik kuzatish daftarlari» da tabiat va mehnat kalendarini to’ldirishda predmetlararo bog’lanish xususiyatlarini yoritib bering.


Bilimni tekshirish uchun savollar:



  1. Ko’rgazmali uslubning mohiyati haqida ma’lumot bering.

2. Tabiatshunoslik darslarida qo’llaniladigan natural ko’rgazmali vositalarga nimalar kiradi?
3. Ko’rgazmalilikni tasviriy vositalari haqida ma’lumot bering.
4. Sayohat ham ko’rgazmali usullarga kiritiladimi? Buni izohlab bering.
5. Tabiatshunoslikni o’qitishda tabiiy jismlarning ahamiyati haqida ma’lumot bering.
6. Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasining xususiyatlari nimada?
7. Devoriy suratlar bilan ishlash metodikasining xususiyatlari nimada?
8. Takrorlash – suratlar bilan ishlashda qaysi ahamiyatga ega.
9. Bolalarni planni tushunish va undan foydalanishga o’rgatish uchun qanday vazifalar bajariladi?
10. Tabiatshunoslikni o’qitishda globusning ahamiyati nimada?
11. Plan, xarita va globus bilan ishlash metodikasi qanaqa?
12. Ekran vositalariga nimalar kiradi.
13. Ekran vositalari bilan ishlash metodikasining xususiyatlari haqida ma’lumot bering.
14.Tabiatshunoslik darslarida kinofilmlardan foydalanishning ahamiyatini izohlab bering.
15. Kuzatish tabiatni o’rganishning ko’rgazmali metodi sifatida ekanligini izohlab bering.
16. Kuzatish turlari haqida ma’lumot bering.
17. Qisqa muddatli kuzatishlar haqida ma’lumot bering va misollar keltiring.
18. Uzoq muddatli kuzatishlar haqida ma’lumot bering va misollar keltiring.
19. Ko’rgazmali qurollarning biror turidan foydalanish metodikasini aks ettirgan dars fragmentini ta’riflang.
20. Fenologiya deb nimani tushunasiz?
21. Tabiatshunoslik fanida fenologik kuzatuvlarning ahamiyati nimada?
22. Fenologik kuzatishlarni aks ettiruvchi mavzulardan misol keltiring.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling