Nuriddinova xalima mavzu: metafora va uning badiiy matnda ifodalanishi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana25.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1230735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Metafora va uning polisemiyadagi o\'rni

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



K I R I SH 
 
Mavzuning dolzarbligi. O‗zbek tilshunosligi fani o‗tgan davr mobaynida ulkan 
yutuqlarni qo‗lga kiritdi. Buni tilning barcha sathlari bilan bog‗liq muammolarning o‗rtaga 
tashlanishi va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ham ko‗rsatib turibdi. Bunga ―matn 
tilshunosligi‖ deb ataluvchi tilshunoslik yo‗nalishining katta sur‘at bilan rivojlanib 
borayotganligini misol sifatida ko‗rsatish mumkin. Matn lingvistikasi tilshunoslikning alohida 
yo‗nalishi sifatida shakllandi va muttasil rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, "lingvopoetika" deb
ataluvchi matn lingvistikasining mustaqil sohasi tadqiqotchilar e‘tiborini ko‗proq tortmoqda. 
Lingvopoetikaning asosiy o‗rganish obyekti - badiiy matn. Har qanday matnning mazmunini 
tushunish uchun til leksikasi va grammatikasini bilish yetarli bo‗lsa, badiiy matnning mazmunini 
idrok etish uchun badiiy matnning o‗ziga xos lisoniy-poetik qonuniyatlarini ham bilish lozim 
bo‗ladi.
Badiiy matnda leksik sathdagi ko‗chim (trop)lar nihoyatda katta ahamiyatga ega, ular 
badiiy mazmunni ifodalashda eng faol vositalardir. Ayniqsa, ko‗chimlar orasida metafora 
muhim va keng qo‗llanuvchi vosita sifatida tilimizda badiiy tasavvurlarining natijalari asosida 
yuzaga kelgan. Metaforalarning lisoniy, mazmuniy va uslubiy xususiyatlari o‗zbek 
tilshunosligida ancha keng o‗rganilgan. 
Tilda ilgari mavjud bo‗lgan nomning muayyan o‗xshashlik asosida yangi ma‘no uchun 
qo‗llanishi oddiy nominatsiya vazifasinigina bajarmaydi, balki tinglovchiga ta‘sir etish 
(ekspressiv) vazifasini ham bajaradi hamda tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi. Ana 
shunday ko‗chimlardan biri metaforadir. 
Metafora nominatsiya jarayonida muhim o‗rin tutishiga qaramay, ko‗proq badiiy vosita 
sifatida adabiyotshunoslarning diqqatini jalb qilib keldi. Lekin har qanday badiiy ifoda lingvistik 
vosita yordamida amalga oshiriladi. Shunday ekan, badiiy nutq tarkibidagi ko‗chimlar muayyan 
lingvistik qonuniyatlar asosida maydonga keladi. Shuning uchun ham ular faqat 
adabiyotshunoslikninggina emas, balki tilshunoslikning ham tekshirish obyekti sanaladi. 
Metafora va metaforiklik masalasi bugungi kunda nafaqat filologiya, balki falsafa, mantiq, 
germenevtika, psixologiya kabi qator gumanitar ilm sohalari tomonidan ham o‗rganilib, 
metaforaning mohiyati, strukturasi, xillari va ko‗rinishlari borasida yangi-yangi qarashlar paydo 
bo‗ldiki, natijada ular erishgan yutuqlar asosida tilshunoslikda ham bu masalani qayta ko‗rish 
zarurati yuzaga keladi. Ana shu masalalarni hal qilish bu mavzuning o‗zbek tilshunosligi uchun 
dolzarb ekanligini ko‗rsatadi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling