O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I
Download 3.26 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sulton Mahmud (998-1030)
- Saljuqbek
- 1038 yilda
- Tug’rulbekning 1038-1063 yillarni o’z ichiga olgan hukmronlik davri
- Malikshoh (1072-1092)
- Shamsulmulk
- Sulton Sanjar (1118-1157)
- Malikshoh (1071-1092)
- Jaloliddin Otsiz (1127-1156)
- Alouddin Muhammad Xorazmshoh (1200-1220)
- Qissador
Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiylarning betakror ijodiyoti bunga yorqin dalil bo’la oladi.
961 yilda Somoniy hukmdor Abdul Malik vafotidan so’ng davlatning zaiflashganligidan foydalanib, G’azna mulkini asli turkiy qavmga mansub bo’lgan salohiyatli lashkarboshi Alptegin qo’lga kiritadi va bu hududda yangi davlatga - G’aznaviylar davlatiga asos soladi. Biroq G’aznaviylar davlatining yuksak maqomining qaror topishi va keng e’tirofi Sabuktegin nomi bilan bog’liqdir. Somoniylar davrida etuk harbiy lashkarboshi darajasiga erishgan Sabuktegin 977 yilda Somoniylar davlati ichida davom etayotgan o’zaro nizolardan foydalanib,
101
Qobul daryosi havzasiga qarashli erlarni ham G’azna viloyatiga qo’shib, mustaqil davlat tuzishga muvaffaq bo’ladi. U tez orada Xurosonga egalik qilish huquqini ham qo’lga kiritadi. Shu tariqa, Qoraxoniylar Somoniylar hukmronligini qulatib, Movarounnahrni egallagunlariga qadar Amudaryoning janubida Sabuktegin va uning vafotidan so’ng o’g’li Mahmud davrida G’aznaviylar mavqei va davlat boshqaruvi tizimi kuchayadi.
G’aznaviylarning eng yuksalgan, qudratli saltanatga aylangan davri Sulton Mahmud (998-1030) vaqtiga to’g’ri keladi. Kezi
kelganda Sulton
Mahmud katta qo’shin tuzib, uni o’sha davrning eng zamonaviy qurol-aslahalari bilan, etarli maosh bilan ta’minlab, juda ko’plab bosqinchilik yurishlarini amalga oshirdi. U XI asr boshlarida Amudaryo bilan belgilangan shimoliy chegaralarni Qoraxoniylar bilan kelishib olgach, o’zining asosiy e’tiborini janubda - Hindistonga, g’arbda - Xuroson va unga chegaradosh hududlari tomon qaratadi. Faqat Hindistonga 17 bor yurish qilib, u erdan katta miqdordagi o’lja-boyliklar olib keladi. Birgina 1019 yilda Kanuadja shahrini egallab, olib kelingan o’lja – katta miqdordagi oltin, kumush va qimmatbaho buyumlardan tashqari 350 ta fil va 57 ming asir-qulni tashkil etgan. U 1008 yilda Qoraxoniylar bilan tuzilgan shartnomani buzib, Amudaryo shimolidagi Chag’aniyon va Xuttalon viloyatlarini bosib oladi. 1010-1011 yillarda esa Mahmud katta qo’shin bilan jang qilib G’ur viloyatini egallaydi. 1017 yilga kelib esa Mahmud G’aznaviyning nigohi geografik jihatdan g’oyatda qulay nuqtada joylashgan, boy hudud - Xorazmga qaratiladi. U Xorazmshohlar saltanatidagi qaltis siyosiy vaziyatdan, xususan Xorazmshoh Ma’munning o’limidan foydalanib, u erga katta qo’shin yuborib, osonlik bilan Xorazmni tobe qiladi. Ayni paytda shuhratparast Sulton Xorazm Ma’mun akademiyasining bir qator atoqli namoyandalarini, shu jumladan, Abu Rayhon Beruniyni G’aznaga oldirib keladi. Uning so’nggi istilochilik yurishlaridan biri 1029 yilda Eronning Rey shahrini egallash bo’ladi.
Mahmud G’aznaviyning harbiy yurishlari oqibatlaridan biri shu bo’ldiki, shimoliy Hindiston hududining bosib olinishi natijasida turkiy aholining ancha qismi bu joylarga kelib joylasha boshlaydi. Bu esa Hindistonning keyingi tarixiy taqdiriga sezilarli ta’sir ko’rsatdi.
Mahmud davrida G’aznaviylar davlati hududlari benihoya kengayib, mamlakat shaharlarida, ayniqsa G’aznada katta inshootlar, salobatli masjidu madrasalar, kutubxonayu shifoxonalar, ilm maskanlari ko’plab barpo etilgan bo’lsa-da, biroq ko’pchilik aholining moddiy – maishiy ahvoli nochor kechgan, turli xil soliq va majburiyatlar odamlarning tinkasini quritgan. 1011 yilda Xuroson o’lkasida boshlangan ocharchilik minglab odamlarning nobud bo’lishiga olib kelgan. Shu bois Mahmud G’aznaviy davlati tashqaridan go’yo qudratli ko’ringani bilan haqiqatda esa uning ichdan emirilishini, omonatligini payqash qiyin emas. Zero, uning vafotidan keyin ko’p o’tmay bu saltanatning tushkunlik sari yuz tutganligi ham shundandir. Bu o’rinda shuni aytish kifoyaki, Sulton Mahmud vafotidan keyinoq Xorazm o’z 102
mustaqilligini tiklashga erishdi. Shuningdek, saljuqiy turklarning Xuroson hududlarini egallash sari harakatlari kuchayadi. Agar Mahmud davrida uning roziligi bilan Xurosonning ayrim hududlariga saljuqiy qabilalar kelib joylashgan bo’lsa, endilikda ular butun Xurosonni ishg’ol qilishga kirishadilar. O’lkaning G’aznaviylar siyosatidan, haddan ziyod soliq-to’lovlar asoratidan norozi bo’lgan mahalliy aholisi ham Saljuqiylarni qo’llab-quvvatlab chiqadi. Bu esa ikki o’rtadagi harbiy to’qnashuvlarning pirovard yakuniga hal qiluvchi ta’sir o’tkazadi. G’aznaviylar qo’shini bilan Saljuqiylar o’rtasidagi birinchi katta urush 1035 yilda Nissa shahri yonida bo’lib o’tdi. U Saljuqiylar g’alabasi bilan yakunlandi. Ko’p o’tmay Saljuqiylar o’z g’alabalarini mustahkamlab, Xurosonning ancha qismini, jumladan, Nishopurni qo’lga kiritdilar (1038y).
1040 yil bahorida Dandanakan yonida (Saraxs bilan Marv oralig’i) bo’lgan so’nggi hal qiluvchi jangdan so’ng Ma’sud G’aznaviy qo’shini qaqshatqich zarbaga uchrab, butun Xuroson o’lkasidan mahrum bo’ladi. Ko’p o’tmay Ma’sud ukasi Muhammad tomonidan qatl qilinadi (1041y). Tez vaqt ichida hokimiyatni egallagan Ma’sudning o’g’li Mavdud ham bir necha bor kuch to’plab saljuqiylar bilan urush olib borgan bo’lsa-da, ammo o’z qo’shinini mag’lubiyatdan saqlab qola olmadi. 1059 yilda G’aznaviylarning muhim tayanchi - Balxning Saljuqiylar qo’liga o’tishi G’aznaviylarning so’ngi umidini ham puchga chiqardi. Bu esa pirovardida G’aznaviylar davlatining puturdan ketkazib, tarix sahnasidan butunlay tushib ketishiga sabab bo’ldi.
Sabuktegin (977-997 yy) Mahmud G’aznaviy (998-1030yy)
Ma’sud G’aznaviy (1030-1041yy) Mavdud G’aznaviy (1041-1050yy)
Saljuqiylar bu etnik nom emas, ular turkiy o’g’iz qabilalaridir. Ular Sirdaryo quyi etaklarida, Orol havzasida yashagan, ko’proq ko’chmanchi hayot kechirgan. «O’g’iznoma» kitobida naql qilinishicha, o’g’iz urug’lari, qavmlari juda qadimiy tarixga ega bo’lib, ularga ilk bor O’g’izxon nomli buyuk shaxs boshchilik qilgan. IX asr oxiri X asr o’rtalariga kelib Orolbo’yi va Kaspiy shimolida O’g’iz urug’lari ittifoqi shakllangan. X asr oxirlarida Sirdaryo etagida poytaxti Yangikent bo’lgan o’g’izlar davlati tashkil topadi. XI asr o’rtalariga kelib bu davlat shimoliy sharqdan bostirib kelgan qipchoqlar zarbasiga uchraydi. Natijada o’g’iz urug’larining bir qismi shimolga - dashtli hududlarga, bir qismi old Osiyo mamlakatlariga chekinadi, yana bir qismi esa hozirgi Turkmaniston hududiga o’tib, erli aholi bilan qo’shilishib, turkmanlar nomi bilan atalib ketadi. Tarixchi Rashiddidin, shuningdek, Mahmud Qoshg’ariy, Abul G’oziylarning ma’lumotlariga qaraganda, o’g’izlar 22 yoki 24 qabiladan, chunonchi, chavdir, emreli, ichdir, yazir, salir, qoradoshli, bayot, koyi, taturga va boshqalardan tashkil topgan. 103
Sirdaryo quyi oqimida paydo bo’lgan o’g’iz davlatining dastlabki yobg’usi (podshosi) Saljuqbek bo’lgan. Uning avlodlari Tug’rulbek, Dovudbek,
ko’tardilar.
Saljuqbek Tug’rilbek (1038-1063)
Alp-Arslon (1063-1072) Malikshoh (1072-1092)
Sulton Sanjar (1118-1157)
Hozirgi Turkiya turklari, Iroq, Eronda yashovchi turkmanlar, shuningdek, gagauzlar, ozarbayjon xalqlarining shakllanishida saljuqiy turklarning roli va ta’siri alohidadir. Somoniylar hukmronligi davrida ularning ruxsati bilan saljuqiy qabilalar Zarafshon vohasiga, Nurotaning tog’li erlariga kelib o’rnashib, chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Keyinroq Movarounnahr hududlari qoraxoniylar sulolasi tomonidan egallanib, ularning chorvador xo’jaliklari bu erlarni band etgach, saljuqiylarning yashash sharoitlari mushkullashadi. Shu bois ular g’arbga tomon siljishga majbur bo’ladilar. XI asrning 20-30 yillariga kelib saljuqiy urug’- qabilalarning hozirgi turkman erlari orqali G’aznaviylar tasarrufidagi Xuroson o’lkasiga kirib borishi faollashadi. 1038 yilda Saraxsda, 1040 yilda Dandanakanda bo’lib o’tgan hal qiluvchi urushlar davomida Saljuqiylar G’aznaviylarni engib, butun Xuroson erlarini egallab, o’z davlati markazini shu hududga ko’chiradilar. Shu tariqa, Nishopur shahri Saljuqiylar poytaxtiga aylanadi. Saljuqiylar hukmdori Tug’rulbek egallangan Movarounnahr va Xuroson hududlarini o’z avlodlari - Chag’rilbek va Dovudbeklar tasarrufida qoldirib, o’zi g’arbga tomon harbiy yurishlarini davom ettiradi. Tug’rulbekning 1038-1063 yillarni o’z ichiga olgan hukmronlik davri old Osiyo va Kichik Osiyoning katta hududlarini qo’lga kiritilganligi bilan tavsiflanadi.
Bu davr mobaynida Saljuqiylar Gurgon, Tabariston, Xorazm, Ozarbayjon, Kurdiston hududlarini, hozirgi g’arbiy Eron viloyatlarining bir qismini, shuningdek, Fors, Kermon viloyatlarini egallaydilar. 1055 yilda esa xalifalik markazi Bag’dod ishg’ol qilinadi. Ayni paytda Vizantiyaning Kavkazdagi ta’siriga ham kuchli zarba beriladi. Shunday qilib, Tug’rulbek kuchli Saljuqiy sultonligiga asos soladi. Uning vorisi Alp-Arslon (1063-1072) ham jahongirlik yurishlarini davom ettiradi. Uning davrida O’rta er dengiziga qadar bo’lgan Kichik Osiyo erlari egallanadi. Endilikda Saljuqiylar saltanati Movarounnahrdan to O’rta Er dengiziga qadar bepoyon hududlarga yoyiladi.
Alp-Arslon mamlakat poytaxtini Nishopurdan Marvga ko’chiradi. U o’z podsholigi davrining katta qismini yana sharqqa - Movarounnahrning Qoraxoniylar ta’sirida bo’lgan joylarini egallashga qaratadi. Shu maqsadda u Xorazm erlarini, so’ngra Jand, Sabronni qo’lga kiritadi. Keyinroq Chag’aniyon
104
va Xuttalon viloyatlarini bosib olish uchun qo’shin tuzadi. Biroq Alp-Arslon 1072 yilda 200 minglik qo’shin bilan Amudaryo kechuvidan o’tish chog’ida kutilmaganda xalok bo’ladi
Saljuqiylar davlati qudratining Movarounnahr va Xurosondagi eng kuchaygan payti Malikshoh (1072-1092) davriga to’g’ri keladi. Gap shundaki, xuddi shu yillarda Malikshoh va uning tadbirkor, dono vaziri Nizomulmulk tomonidan mamlakat hayotining ko’plab sohalarida juda muhim ijobiy o’zgarishlar amalga oshiriladi. Avvalo, Saljuqiylar davlatining Movarounnahrdagi maqomi yanada mustahkamlanadi. Malikshoh muhim strategik ahamiyatga molik Balx va Termiz hududlarini Qoraxoniylardan qaytarib oladi. Shuningdek Qoraxoniylar hukmdori Shamsulmulk vafotidan so’ng vujudga kelgan qulay vaziyatdan foydalanib, 1089 yilda katta qo’shin tortib Buxoro va Samarqandni egallaydi va yangi xon Ahmadni asir qiladi. Garchand tez orada Ahmad Qoraxoniylar xonligi taxtiga qaytarilgan bo’lsa-da, biroq amalda Qoraxoniylar Saljuqiylarga tobe bo’lib qoladi. Malikshoh davrida davlat xokimiyatining kuchayishida dono vazir Nizomulmulk (1017-1092) roli benazirdir. Katta huquq va keng vakolatlarga ega bo’lgan birinchi vazir markaziy hokimiyatni kuchaytirishga, davlat amaldorlarining mas’uliyati, javobgarligini oshirishga, davlatning moliya, soliq va boshqa boshqaruv tizimlarini takomillashtirishga alohida ahamiyat beradi. U o’zining bu boradagi yuksak salohiyati va tajribasini umumlashtirib, mashhur «Siyosatnoma» asarini yozadi. Bu kitob katta shuhrat va e’tirof qozonib, mana, necha asrlardirki, Sharq va G’arb mamlakatlarining davlat arboblari, vaziru vuzarolari uchun siyosat bobida muhim dasturulamal qo’llanma vazifasini bajarib kelmoqda.
Nizomulmulkning rahnomoligi va tashabbusi bilan Bag’dod, Nishopur, Hirot, Balx, Marv kabi shaharlarda oliy madrasalar ochilib, ularda juda ko’plab o’qimishli yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi yaxshi yo’lga qo’yildi. Mamlakat shaharlarining hunarmandchilik va savdo-sotiq, karvon savdosi markazlari sifatidagi mavqei kuchayib, xalqaro Ipak yo’lining roli ortib bordi. Bu davrda «iqto’» tizimi kuchli rivojlangan bo’lib, uning bilan bog’liq mulkiy munosabatlar qishloq xo’jaligi sohasida etakchi mavqe egallagan. Saljuqiylarning eng so’nggi hukmdori Sulton Sanjar (1118-1157) bu davlatning ham yuksalishi, ham halokatga yuz tutishi bilan o’ziga xos murakkab, ziddiyatli davrni aks ettiradi.
Negaki, bu yillarda Saljuqiylar hukmronligi Xuroson va Movarounnahrda yanada mustahkamlandi. Qoraxoniylar hukmdorlari amalda ularga tobelik maqomiga tushib qolgan edi.
Ayniqsa, 1130 yilda Sanjar tomonidan bu sulolaning asosiy hayotiy markazlari Samarqand, Buxoroning egallanganligi (garchand bular yana Qoraxoniylarga qaytarib berilgan bo’lsa-da) fakti ham fikrimizni isbot etadi. Bu davrda Xorazm erlari ham amalda Saljuqiylar ta’sirida bo’lib, Xorazmshohlar, masalan, Qutbiddin Muhammad, Otsiz rasman ularga itoat etardilar. 105
Biroq XI asrning 40-yillariga kelib Saljuqiylar davlatining mavqei puturdan keta boshlaydi. Bunda ayniqsa Sharqdan bostirib kelgan Qoraxitoylar bir vaqtning o’zida ham Qoraxoniylarga va hamda Saljuqiylar saltanatiga katta xavf soladi. Sulton Sanjar va Qoraxoniylar xoni Mahmudning birlashgan qo’shini 1141 yilda Samarqand yaqinidagi Katvon cho’lida Qoraxitoylar bilan bo’lgan hal qiluvchi jangda qaqshatqich mag’lubiyatga uchragach, Movarounnahr erlari Qoraxitoylar qo’li ostiga o’tadi. Saljuqiylar esa katta hududlarga egalik qilish huquqidan mahrum bo’ladi.
Qoraxitoylar esa Movarounnahrni ishg’ol etish bilan birga, bu erdagi sulolalar hukmronligini yiqitmay, ularni o’zlariga vassal qilish, muntazam boj, xiroj olib turish sharti bilan kifoyalandilar. Shuning uchun
ham Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va boshqalar Bolasog’unda turuvchi Qoraxitoylar hukmdori Gurxonga kelishilgan miqdordagi xiroj-o’lponni yuborib turishga majbur edilar.
Sulton Sanjarning keyingi taqdiri ham favqulodda holatda kechdi. U 1153 yilda Balx viloyatining tog’li hududida ko’chib yuruvchi g’uz qabilalarining g’alayonlarini bostirish chog’ida kutilmaganda asirga tushib qoladi. U uch yil davomida g’uzlar qo’lida asirda bo’ladi. Bu vaqt ichida g’uzlarning Xuroson va Movarounnahrning janubiy-sharqiy erlariga bosqinlari tez-tez takrorlanib turadi.
Faqat 1156 yildagina Sulton Sanjar tutqunlikdan qutulishga muvaffaq bo’ladi va bir yildan so’ng vafot etadi. Uning o’limi bilan bir vaqtda o’z davrida qudratli bo’lgan markazlashgan Saljuqiylar davlati-yu, uning shonu-shuhrati ham so’nadi. Bu davrga kelib Kermon o’z mustaqilligiga erishadi. Fors va Ozarbayjon hududlarida mustaqil davlatlar paydo bo’ladi. Xuroson ham Saljuqiylar tobeligidan chiqadi. Arab xalifaligi o’zining avvalgi mustaqilligini tiklaydi. Ayni chog’da Kichik Osiyo hududida Saljuqiy turklarning uzil-kesil joylashuvi jarayoni kuchayadi ham ularning mustaqil davlat tuzilmalari vujudga kela boradi. Bular keyinchalik Usmonli turklar davlatining tarkib topib, mustahkamlanishida muhim asos bo’lib xizmat qiladi.
Xorazm vohasi o’zining qulay strategik va jug’rofiy mavqei hamda qadimdan rivojlangan hudud bo’lganligidan, u Markaziy Osiyo mintaqasida turli davrlarda kechgan muhim tarixiy jarayonlarda alohida o’rin tutib, o’z muayyan ta’sirini o’tkazib borgan. Vatanimiz hududida miloddan avvalgi so’nggi ming yillik boshlaridagi ilk davlatchilik tuzilmalari ham shu hududda vujudga kelgan. Milodning turli bosqichlarida ham Xorazmshohlar sulolasi nomi bilan hukmronlik qilgan hukmdorlar xonadoni tarixdan ma’lum. Bular: 305-995 yillarda afrig’iylar xonadoni, 995-1017 yillarda ma’muniylar (Ma’mun I,
boshqaruvini amalga oshirganlar. 106
Biroq ming taassufki, XI asrning boshlarida yuz bergan tarixiy jarayonlar taqozosi bilan Xorazm davlati tanazzullikka uchrab, zaiflashib, mintaqaning boshqa sulolalari, chunonchi, avval boshda G’aznaviylar hukmronligi (1017- 1044), undan so’ng Saljuqiylar boshqaruvi ta’siriga tushib qolgandi. Shuningdek, XI asrning 40 yillarida sharqdan bostirib kelgan ko’p sonli Qoraxitoylar ham Xorazm erlarini ishg’ol etib, bu hududlardan belgilangan miqdordagi xiroj to’lovlarini olish huquqini qo’lga kiritgandilar. Binobarin, XI asr ikkinchi yarmiga kelib Xorazm oldida yangidan mustaqillikka erishish vazifasi ko’ndalang bo’lib turardi.
Bunda shuni ta’kidlash joizki, Xorazmning qaytadan mustaqillikni qo’lga kiritishi, hududiy jihatdan kengayib, butun-butun o’lkalarni o’z tarkibiga kiritib, qudratli saltanat darajasiga ko’tarilishi, so’ngra uning pirovardida inqirozga yo’liqishi - bu jarayonlar yangi sulola - Anushtaginlar sulolasi (1097-1231) nomi bilan uzviy bog’liqdir.
Anushtagin (1077-1097) Qutbiddin Muhammad (1097-1127)
Jaloliddin Otsiz (1127-1156) Alp-Arslon (1156-1172)
Alouddin Takash (1172-1200) Muhammad Xorazmshoh (1200-1221)
Jaloliddin Manguberdi (1221-1231) Xususan saljuqiy hukmdorlardan Malikshoh (1071-1092) davrida katta obro’ - martabaga erishgan harbiy lashkarboshi Alpteginning Xorazm
unvoniga sazovar bo’lishi – bu Xorazmning mustaqillikka erishishida jiddiy qadam bo’lgan edi. 1097 yilda uning o’rniga Xorazm taxtiga o’tirgan va Xorazmshoh unvoni sohibi Qutbiddin Muhammad o’lka mustaqilligini ta’minlashda muhim rol o’ynagan. Qutbiddin Muhammad ham Saljuqiylar hukmronligini tan olgan holda Xorazmni idora qildi. Biroq shunga qaramay o’lkaning har tomonlama rivojlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishi uchun ham muhim imkoniyatlar topa bildi. Xorazm mustaqilligini ta’minlash, uning sarhadlarini kengaytirishda Qutbiddin Muhammadning o’g’li Jaloliddin Otsiz (1127-1156)ning roli alohidadir. Negaki, u Qoraxoniylar kuchsizligidan va Saljuqiylar zaifligidan foydalanib, o’z davlati qudratini yuksaltira bordi. Uning 1141 yilda oltin tangalar zarb ettirib muomalaga chiqarishi ham Xorazm mustaqilligining muhim belgisi bo’lgan.
U Qoraxitoylar bilan kelishib, ularga har yili 30 ming dirxam miqdorda to’lov to’lash sharti bilan amalda o’z davlatining ichki mustaqilligini ta’minlaydi.
Xorazmning mustaqil davlat sifatidagi ravnaqi, hududlarining benihoya kengayib borishida Alovuddin Takashning o’rni va roli katta bo’lgan. Uning 107
hukmronlik davrida (1172-1200) Xorazm vohasida katta ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. Yangidan qad rostlagan o’nlab shaharlarning obodonlashuvidan tashqari ularning savdo-sotiq, hunarmandchilik, karvon savdosi bobidagi dovrug’i yanada ortdi, qishloq xo’jaligi, ziroatchilik tarmoqlari rivojlandi, ko’plab kanallar, suv inshootlari barpo etildi. Bunday ijobiy jarayonlar Alouddin Muhammad
xos markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi tizimi vujudga keltirilib, takomillashtirib borildi. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotini mustahkamlash, uning ichki taraqqiyotini ta’minlash hamda izchil tashqi siyosat olib borishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Anushteginlarning davlat boshqaruvi ham ikki tizimdan: dargoh va devonlar majmuidan iborat bo’lgan.
Dargohda Ulug’ xojib mansabi alohida o’rin tutgan. U hukmdorning xos kishisi sanalib, lozim bo’lgan hollarda vazirlar faoliyatini ham nazorat qilgan. Xojiblar hukmdor nomidan muhim davlat ahamiyatiga daxldor masalalarda muzokaralar olib borganlar. Dargohdagi yana bir oliy lavozim Sohibi ustozdor hisoblangan. Xazina mablag’larining butun tasarrufi uning ixtiyorida bo’lgan. Dargoh hayotiga oid ko’plab muhim masalalar ustozdor nazarida turgan. Davlatdagi Tashtdor lavozimi ham muhim sanalib, u sultonning eng sirdosh kishisi hisoblangan. Tashtdor hukmdor mahfiy sirlaridan ogoh bo’lib, doimo u bilan bahamjihat holda faoliyat yuritgan. Oliy lavozimlardan yana biri - Qissador bo’lib, u Sulton nomiga kelgan arz, shikoyatlarni yig’ib, o’rganib, ularni hukmdor hukmiga havola qilib borgan. Dargohdagi xizmat turlari ichida Chashnigir - sultonga beriladigan ovqat, ichimliklarni tekshiruvchi, Jomador, Davatdor (kotib), Sharobdor, Bayroqdor (amiri alam), xizmatkorlar boshlig’i (Maliki xavas) kabi vazifalar ham alohida ko’zga tashlanib turadi. Ijroiya ishlar devonlar (vazirliklar) tomonidan amalga oshirilgan. Ayniqsa bunda Bosh vazir katta mavqega ega bo’lib, u faqat hukmdorga bo’ysungan. Mansabdorlarni ishdan olish, ishga tayinlash, maosh, nafaqa tayinlash, xazina va soliq tizimini nazorat qilish, mahalliy vazirlar hisobotini olish va shu kabilar uning vakolatida bo’lgan 1
Devonlar ham o’z vakolatlari doirasida faoliyat yuritganlar. Masalan, Download 3.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling