O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I
Download 3.26 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Eski qolipda, mustabid davrda yozilgan darsliklardan foydalanib, eski mafkuradan xalos bo’lmasdan bolalarimizni yangicha fikrlashga
- XIII BOB. MUSTABID SOVET TUZUMINING O’ZBEKISTONDAGI QATAG’ONCHILIK SIYOSATI VA UNING OQIBATLARI Tayanch so’z va iboralar
- Respublika huquqlarining cheklanishi
A d a b i yo t 50-80-yillarda adabiyotda roman va povest janrlari rivojlandi. Urush voqealari, mehnatkashlarning front orqasidagi mehnati Oybekning «Nur qidirib» va «Quyosh qoraymas», Sh.Rashidovning «Qudratli to’lqin», Shuhratning «Shinelli yillar», Said Ahmadning «Ufq», O.Yoqubovning «El boshiga ish tushsa», H.G’ulomning «Toshkentliklar» romanlarida aks ettirildi. Urushdan keyingi tiklash va tinch qurilish davri hayotini tasvirlovchi «Oltin vodiydan shabadalar »(Oybek ), «Qo’shchinor chiroqlari» va «Sinchalak» (A.Qahhor), «G’oliblar» va «Bo’rondan kuchli» (Sh.Rashidov), «Ixlos» (I.Rahim) kabi romanlar va povestlar yaratildi. Yozuvchi Parda Tursunning «O’qituvchi» romani qishloq ziyolilari faoliyatini ochib berdi . Primqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Uch ildiz», O.Yoqubovning «Diyonat», Mirmuhsinning «Umid» asarlarida yosh zamondashlarimizning ma’naviy qiyofasi, hayoti va mehnati aks ettirildi. Rahmat Fayziyning «Hazrati inson», O’.Umarbekovning «Odam bo’lish qiyin», O’.Hoshimovning «Nur borki, soya bor» romanlarida odob-axloq masalalari yoritildi. O’zbek she’riyatining 60-80-yillardagi tarqqiyoti A.Oripov, E.Vohidov, Sayyor, N.Nazrullaev, B. Boyqobilov, E. Oxunova, O.Hojieva, H.Hudoyberdieva, O.Matjon va boshqa ko’plab shoirlarning ijodiy kamoloti bilan bog’liq holda kechdi. Uyg’unning «Abu Rayhon Beruniy», O.Yoqubovning 255
«Ulug’bek xazinasi»,M.Shayhzodaning «Mirzo Ulug’bek» kabi tarixiy mavzudagi asarlari yaratildi.
nomidagi teatr jamoasi Shekspirning «Otello» va «Yuliy Tsezar», Uyg’unning «Navbahor», Abdulla Qahhorning «Shohi so’zana», N.Hikmatning «Sevgi afsonasi», Uyg’un va I.Sultonning «Alisher Navoiy» asarlarini sahnalashtirdi . O’zbek davlat filarmoniyasining musiqiy jamoalari samarali faoliyat ko’rsatdi. Faqat T.Jalilov nomidagi O’zbek davlat orkestri repertuaridan 1300ga yaqin asarlar o’rin oldi. «Lazgi», «Shodlik», «Go’zal» xoreografik ansabllari ham o’zbek va boshqa qardosh xalqlar ashula va raqslarini namoyish etdilar. «Bahor» xalq raqs ansambli, Yalla vokal cholg’u ansambllari jamoalarining kontsertlari xalqqa manzur bo’ldi. O’zbek teatrining rivojlanishiga rejissyorlardan M. Uyg’ur, E.Bobojonov, A.Ginzburg, T.Xo’jaevlar, aktyorlardan Abror Hidoyatov, O.Ho’jaev, A.Bakirov, S.Eshonto’raeva, Sh.Burhonov, N.Rahimov, R.Hamraev, Z.Muhammadjonov, B.Qorieva, Ya.Abdullaeva, G’.A’zamov, Yo.Ahmedov va boshqa san’atkorlar salmoqli hissa qo’shdilar. Xalqimiz o’zbek san’ati dovrug’ini baland ko’targan H.Nosirova, M.Turg’unboeva, Tamaraxonim, G.Izmailova, S.Qobulova nomlarini hurmat bilan e’zozlab kelmoqda.
1946-1985 yillar O’zbekiston kino san’atining yuksalish yillari bo’ldi. N.G’aniev yaratgan «Tohir va Zuhra» (1945), «Xo’ja Nasriddinning sarguzashtlari», «Farg’ona qizi» kabi kinofilmlar xalq olqishiga sazovor bo’ldi.
60-70-yillarda o’zbek kino san’atiga yosh talantli rejissyorlar, aktyorlar kirib keldi. Sh.Abbosov, A.Hamroev, R.Botirov, E.Eshmuhammedov, H.Ahmarov shular jumlasidandir. Sh.Abbosovning «Mahallada duv-duv gap» (1961), «Sen etim emassan»(1963), «Toshkent - non shahri» (1970), «Abu Rayhon Beruniy»(1974), A.Hamroevning «Shidddat»(1971), R.Botirovning «Seni kutamiz, yigit» (1972), E.Eshmuhammedovning «Nafosat»(1967) va «Umid qushi» (1975) kabi filmlarida davr farzandlarining hayoti, iste’dodu izlanishlari tasvirlangan.
Tasviriy san’at rivojlandi. Ch.Ahmarov va O’.Tansiqboevlar devoriy rasmlar, mozaika va manzara janri bo’yicha, V.E.Kaydalov va M.Nabievlar portret janri bo’yicha muhim asarlar yaratdilar. Rassomlar, haykaltaroshlar va arxitektorlar birlashib yirik monumental binolarni, maydonlarni ta’mirlash, naqshlar, rassomlik va haykaltaroshlik asarlari bilan bezatish an’anaga aylandi. Poytaxtning yirik jamoat binolari M.Usmonov rahbarligida ganch o’ymakorligi, Q.Haydarov va O.Fayzullaev rahbarligida yog’och o’ymakorligi bilan bezatildi. O’zbek tsirk ustalari - Toshkenboevlar, Zaripovlar, Xo’jaevlar, Madalievlar va masxaraboz-qiziqchi Akrom Yusupov va boshqalarning chiqishlari, nafaqat O’zbekistonda, shuningdek, boshqa mamlakatlarda ham muvaffaqiyat qozondi va tomoshabinlarga manzur bo’ldi. 256
Shunday qilib, Respublika madaniy-manaviy hayotida 1945-1985 yillarda muayyan yutuqlarga erishildi. Xalq maorifi, oliy va o’rta maxsus ta’lim tarmog’i, aholining umumiy savodxonlik darajasi o’sdi, mutaxasislar, ijodiy ziyolilar darajasi sezilarli yuksaldi. Fan, adabiyot, san’at rivojlandi. Ilmiy, badiiy musiqa asarlari yaratildi, ma’naviy hayotda iste’dodli yoshlar o’rin olib bordi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi O’zbekistonning ma’naviy-madaniy hayotiga nazar tashlar ekanmiz, bunda hukmron tuzum siyosati va mafkurasining bosimi tobora kuchayib borganligiga amin bo’lamiz. Negaki, kommunistik mafkura butun choralar bilan jamiyat ma’naviy hayotini o’z domiga tortishga, fuqarolarning ongi, dunyoqarashini o’z g’oyalari, qarashlari ruhida tarkib toptirib borishga harakat etdi. Bu ta’lim va tarbiya tizimida, ilm-fan jabhasida yoxud adabiyot va san’atda birdek namoyon bo’ldi. Kompartiya va sovet hukumati O’zbekistonda go’yo xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, uni jonli hayot, amaliyot bilan bog’lash bahonasi bilan haqiqatda bu sohaning asl mazmun, mohiyatini mafkuralashtirish yo’lini tutdi. O’sha davrda xalq ta’limi tizimining hukmron Markaz inon- ixtiyorida bo’lganligini Moskvadan tayyorlab yuborilgan, o’quv jarayonining barcha bo’g’inlariga taalluqli dasturu standartlar, darsliklaru qo’llanmalar va boshqa o’quv jihozlari ham to’liq tasdiq etadi. Sovet mutasaddilari nima sababdan bu muhim sohani o’z ta’sirida ushlaganligi va bundan ko’zlagan maqsadlari ma’lumdir. Shu bois Yurtboshimiz ta’kidlab o’tganidek, «Eski
Ayniqsa kadrlar tayyorlash sifati past edi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, ko’pchilik xaqiqiy bilim olish yoki malaka ortirish maqsadida emas, amal-taqal qilib diplomli bo’lib olish ilinjida oliy o’quv yurtlariga kirardi. Buning ustiga o’quv yurtlariga kirgan talabalar, aytaylik, chinakam milliy ruhda chuqur bilim va tarbiya olish imkoniyatidan mahrum etilgandi. Negaki, bu ta’lim tizimi o’z mohiyati e’tibori bilan hukmron tuzum siyosati va mafkurasi bilan yo’g’rilgan edi. U davrda yaratilgan barcha o’quv dasturlari, ta’lim andozalari, qo’lanmalar, darsliklar va boshqa o’quv jihozlari mana sha ruhda tayyorlanardi. Markazda bir guruh «bilog’on» mutaxassislar tayyorlagan, milliy huddudlar, u erda yashovchi odamlarning o’ziga xos hususiyatlari, milliy o’zliklari, hayotiy tajribalari, an’analarini mutlaqo inkor etgan o’quv dasturlari, ta’lim hujjatlari butun SSSRdagi maktablar, o’quv yurtlariga to’g’ridan-to’g’ri majbur etilardi. Shuningdek, o’quv yurtlarining o’quv rejalari va dasturlari turli sabablar orqasida 60-70 yillarda uch marta o’zgartirildi. Har safar o’qitiladigan fanlar yangilari hisobiga ko’payib, o’quv materiallari hajmi oshib bordi, talabalarning 257
mustaqil o’qib, o’rganishlariga ajratiladigan vaqt esa tobora kamayib bordi. Talabalarning uzoq muddatli qishloq xo’jalik ishlariga surunkali jalb etilishi ham o’quv jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi. O’quv yurtlarida tanish-bilishchilik, qarindosh-urug’chilik, oshna- og’aynigarchilik, poraxo’rlik, tamagirlik singari xavfli illatlarning ildiz otishi hollari ham bu tizim obro’siga jiddiy putur etkazdi. Ayniqsa bundan kadrlar tayyorlash sifati sezilarli zarar ko’rdi. Ayni chog’da hukmron tuzum tazyiqi ilm-fan sohasini ham chetlab o’tmadi. Katta mamlakat va uning turli milliy hududlarida faoliyat ko’rsatuvchi ilmiy muassasalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, ko’p sonli iqtidorli, salohiyatli ilmiy kadrlarning inon-ixtiyori Moskva va uning keng tarmoq otgan ilmiy markazi tasarrufiga bo’ysundirilgandi. Bu kuchlar sobiq tuzum mutasaddilari buyurtmasini bajarib, ko’p zamonlar milliy respublikalarda ilmu fan ravnaqiga, uning zahmatkash fidoyilari mehnatining qadrlanishi, e’tirof topishiga to’sqinlik qilardilar. Buning natijasida olimlarimizning ko’p yillik izlanishlari mahsuli bo’lgan qancha-qanchalab noyob kashfiyotlar, ixtirolar hayot yuzini ko’rmay, amaliyotga tatbiq etilmay qolaverardi. Buning ustiga ilm-fanda katta kashfiyotlar qilgan, o’z maktabini yaratgan respublikaning ne-ne mashhur allomalari ham sovet fanining bosh markazi – SSSR Fanlari Akademiyasi nazar-e’tiboridan chetda qolaverdi. Sovet hukmronligining butun 70 yillik davri davomida sobiq SSSR FA tarkibiga O.Sodiqov, H.Abdullaev, S.Yunusov, E.Yusupov singari barmoq bilan sanarli o’zbek olimlaringgina a’zo bo’lib saylanganligi fakti ham bunga jonli misol bo’la oladi. Hukmron sovet mafkurasi tazyiqi va iskanjasi ta’siridan respublikaning adabiy va madaniy jarayoni jabhasi ham chetda qolmagan, albatta. O’zbek adabiyoti o’zining buyuk istiqlol sari asta-sekin ilgarilab borishi davomida tez o’zgaruvchan tarixiy jarayonlarning kutilmagan ne-ne sinovlariga, hukmron tuzumning zarbalariga duch kelganligi shubhasiz. Shu nuqtai nazardan o’zbek ijodkorlari faoliyatiga baho beradigan bo’lsak, so’z sa’natkorlari vaziyat taqozosi bilan hukmron tuzum siyosati va mafkurasi talablari va yo’l-yo’riqlarini bajarishga majbur etildilar. Shu bois ular sinfiylik, partiyaviylikka, marksizm- leninizm aqidalariga asoslangan holda ijod qildilar. Ijod erkinligining bunday cheklanganligi, tabiiyki, ijod ahlining emin-erkin faoliyat yuritishiga halaqit berar, ko’plab muhim ijtimoiy masalalarni haqqoniy, to’laqonli yoritishdan mahrum etardi. Shunday tarzda ijod etishga majbur bo’lishlik ko’plab shoiru adiblar uchun o’sha zamonda qismat bo’lgan. Hukmron tuzum mafkurasining kuchli bosimi san’at asarlari va ularning ijodkorlari faoliyatida ham o’z yaqqol ifodasini topmay qolmadi.
Xo’sh, sovet davrida yaratilgan asarlarda qanday g’oyalar, tushunchalar ko’proq o’rin olgan edi? Agar bunga xolis javob beradigan bo’lsak, ularning ko’pchiligida sobiq tuzumni ulug’lash, sotsialistik jamiyat afzalliklarini, uning «yangi zamon
258
kishilari» uchun ochib bergan «mislsiz» imkoniyatlarini ko’klarga ko’tarib maqtash ohanglari «ufurib» turadi. Bu hol amaliy, tasviriy san’at yoxud monumental san’at asarlariga ham birdek xosdir. Chunonchi, sovet hokimiyati davrida O’zbekistonda yaratilgan mahobatli haykallarning asosiy qismi «Inqilob yo’lboshchisi» - Leninga bag’ishlanganligi aniqdir. Shuningdek, Lenin va kompartiya mavzularini keng rejada yoritish va ulug’lash respublikada ishlangan va ekranlarga chiqarilgan behisob kinofilmlarning bosh mazmuni,mohiyatini tashkil etgani faktdir. Bunday filmlar sirasiga «Inqilob tongi», «Inqilob chavandozlari», «Yo’lchi yulduz», «Lenin yo’llanmasi bilan», «Olovli yo’llar» singari kino mahsulotlarini nisbat berish mumkin. Ularning bosh qahramonlari, «harakatlantiruvchi» kuchlari hamishagidek Lenin va uning yaqin safdoshlari, komfirqa rahnomalari edi. Bordiyu bu asarlarga asosiy qahramon etib mahalliy inqilobchi yohud ilg’or mehnat kishisi olingan taqdirda ham voqealarning o’sishi, rivoji davomida uning faoliyati «ulug’ og’alar» g’oyaviy-tarbiyaviy ta’sirida ularga qorishib, singishib, sezilarsiz holga kelib qolardi. Sovetlar mamlakatida shakllantirilgan qudratli mafkuraviy vositalar - radio, televidenie, matbuot va boshqa ommaviy axborot kanallari to’lig’icha hukmron tuzum minbariga aylantirilib, ular vositasida xalq ommasining ongi, tafakkuri va dunyoqarashini zabt etish uchun tom ma’noda informatsion kurash olib borilgan. Tuzum mafkurachilari va maddohlarining o’zbek zaminida qilgan qabohati, qoldirgan asorati yana shundaki, namoyon bo’ladiki, ular xalqimizning ming yilliklar qa’riga borib tutashuvchi bebaho ma’naviy qadriyatlari, umrboqiy udumlari va an’analarini yo’q qilish uning imoni, e’tiqodini suslashtirish va barham toptirishga zo’r berib harakat etdilar. Bu bilan ular yurtimiz fuqarolarini hukmron tuzumning har qanday topshirig’ini so’zsiz passiv, loqayd, manqurt kishilarga aylantirishga umid bog’lagan edilar. Ayniqsa bunday xatti-harakatlar totalitar tuzum o’zining so’nggi nafasini kechirayotgan 80-yillarning ikkinchi yarmida avj oldirilganligi faktdir. Ma’naviyatimiz dushmanlari hatto xalqimiz asrlar davomida e’zozlab, qadrlab kelgan milliy bayramimiz – «Navro’z»ni ham tortib olish payida bo’ldilar. Shu maqsadda uni taqiqlash darajasiga borib etildi. Shunga qaramay iymon-e’tiqodi but, buyuk ajdodlar udumlariga sodiq o’zbek xalqi o’z Navro’zini xoh oshkora, xoh pinxona bo’lsin, baholi qudrat nishonlash, u bilan bog’liq xayrli marosimlarni o’tkazishda davom etdi va bu orqali yorug’, dorilamon zamonlar kelishiga umidvorlik tuyg’usi bilan intiqib yashadi. Nihoyat, Mustaqillik davri kelib boshqa bebaho milliy qadriyatlarimiz qatorida Navro’zimiz ham o’z munosib maqomiga ega bo’ldi va xalqimizning eng sevimli bayrami sifatida o’tkaziladigan bo’ldi. Xullas, o’zbek xalqi totalitar tuzumning barcha makkorona nayranglari, zug’umiga dosh berib, o’z boshiga tushgan og’ir sinov-sinoatlarni mardonavor engib, oxir-oqibatda g’olib chiqdi. Uning tabiatan bardoshligi, e’tiqodida sobitligi, ma’naviy, islomiy qadriyatlarga sodiqligi, tarixiy xotirasining butunligi, qolaversa, buyuk bobokolonlarimiz ma’naviy sarchashmalaridan to’yinganligi –
259
bular hukmron tuzum zulmkorlarining har qanday nayrangu urinishlaridan ustun keldi.
Sinov savollari 1.
Sovetlarning «Madaniy inqilob» g’oyasining asl maqsad, muddaosi nimada edi? 2.
nazardan yondashdilar? 3.
Respublikada Oliy va o’rta maxsus ta’limni shakllantirish va rivojlantirish zaruriyatini qanday sabablar va omillar taqozo etgandi? 4.
5.
O’zbekistonda ilm-fan rivoji qay tarzda kechgan? 6.
30-yillarda etishib chiqqan taniqli olimlardan kimlarni bilasiz? 7.
O’zbekistonda «Ґujum» harakati mavsumini o’tkazishdan ko’zlangan maqsad nima edi? 8.
20-yillarda respublikada «Ґujum» harakatini amalga oshirish uchun etarli ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlar bormidi? 9.
10.
«Hujum» harakati o’zbek xotin-qizlari hayotiga qanday o’zgarishlar olib kirdi va qanaqa salbiy oqibatlarga sabab bo’ldi? 11.
Nima sababdan O’zbekistonda din va dindorlarga qarshi hujumkor kurash avj oldirildi? 12.
30-yillarda madaniy hayotda yuz bergan eng muhim voqealardan qaysi birlarini aytib bera olasiz? 13.
O’zbek adabiyoti va san’atining shakllanishi va rivojlanishi jarayoniga munosabatingiz? 14.
Mashhur adiblar va san’atkorlardan kimlarni bilasiz? 15.
16.
Urushdan keyingi davrda O’zbekiston ilm-fanining rivoji va muammolari haqida taassurotlaringiz? 17.
O’zbek adabiyoti va san’ati riovjlanishining o’ziga xos murakkab, ziddiyatli jarayonlariga sizning munosabatingiz? 18.
Respublika ma’naviy hayoti jabhalariga Markazning zo’ravonlik ta’siri va tazyiqi qay tarzda kuchayib bordi?
260
XIII BOB. MUSTABID SOVET TUZUMINING O’ZBEKISTONDAGI QATAG’ONCHILIK SIYOSATI VA UNING OQIBATLARI Tayanch so’z va iboralar: Totalitar tizim. Milliy kuchlarni bo’lish. «18-lar guruhi». «Inog’omovchilar». «Qosimovchilar». Ziyolilar qatag’onligi. Diniy ta’qiblar. Qatag’onlikning yangi to’lqini. Fan va madaniyatga bosim.
sovetlar mamlakatining hokimiyat boshqaruv - idora tizimida ham keskin o’zgarish hollari yuz berib bordi. Partiya va davlat boshqaruvi muruvvatlarini o’z qo’li ostiga kiritib borgan I. V. Stalin asta - sekinlik bilan o’zining yakka xokimligini butun choralar bilan qaror toptirish harakatida bo’ldi. Shu maqsadga erishish yo’lida u o’z atrofiga bir guruh hushomadgo’y, labbaychi rahbar kadrlarni to’plab, ularni ishga solib, partiyaning ko’plab tajribali, inqilobiy kurashlarda jarayonida toblangan, g’oyaviy va siyosiy jihatdan etuk, nufuzli arboblarini obro’sizlantirishga intildi. 20-yillarda atayin avj oldirilib, odatiy tusga kirgan «partiyaviy tozalashlar» bahonasida mamlakat hayotining u yoki bu muhim masalasida sog’lom, xolis fikr bildirgan kadrlarni egallab turgan yuqori vazifalaridan chetlattirib borildi. Stalin o’z yo’liga g’ov bo’lgan bunday muxolifatchi kuchlar, kadrlarni tor - mor etish, o’z shaxsiy hokimiyati rejimini qaror toptirib borishda V.M.Molotov, K.E.Voroshilov, L.M.Kaganovich, L.P.Beriya singari maslakdoshu hamfikr safdoshlari xizmatidan ustamonlik bilan foydalandi. Mamlakatda yuz berayotgan barcha o’zgarishlar, yangilanishlar Stalin nomiga nisbat berildi. Hukmron Markaz mafkurasi bu nomni zo’r berib ko’klarga ko’tarib maqtash, madh qilishga yo’naltirildi. 20-yillar oxirlariga kelib Stalin tomonidan yangi nazariy qarash sifatida ilgari surilgan «sotsializm mustahkamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham shunchalik kuchayib boradi», degan soxta g’oya butun mamlakat uchun halokatli oqibatlarga olib keldi. Stalin va uning yaqinlari mamlakat va partiya hayotiga oid har bir masalada o’z irodasi, hukmini boshqalarga majbur etib bordilar. O’z davrida kompartiya va sovet hokimiyati rahbariyatining o’zak – negizini tashqil etgan Trotskiy, Buxarin, Kamenov, Zinovev, Rikov, Tomskiy singari taniqli arboblar shunday muxolifatchi guruh vaqillari sifatida egallab turgan lavozimlaridan olinib, keyinchalik qatag’onlik domiga duchor etildilar. Shu tariqa, sobiq Ittifoqda 1917 yildan boshlab shakllanana boshlagan totalitar siyosiy rejim 20-yillarning oxiri 30-yillarning boshlarida to’liq qaror topdi. Totalitar rejimning mazmun-mohiyati, belgilari quyidagilardan iborat:
ko’ppartiyaviylik tugatiladi, bitta partiya (VKP(b)) butun mamlkatda yagona hukmron partiyaga aylanadi, uning qarorlari, ko’rsatmalari barcha hokimiyat organlari tomonidan so’zsiz bajarilishi majburiy bo’ladi;
davlat boshqaruvi markazdan, diktator tomonidan ma’muriy-buyruqbozlik tarzida amalga oshiriladi, mahalliy hokimiyat organlari amalda qo’g’irchoq bo’lib qoladi; 261
ijtimoiy munosabatlar siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy, jismoniy zo’rovonlik asosda tartibga solinadi, xususiy mulkni milliylashtirish orqali shaxsning iqtisodiy erkinligi tugatiladi, rejali iqtisodiyot qaror topadi;
oshkoralik, turli xil fikr bildirish, muxolifatchilik harakatlari qat’iyan man etiladi; ommaviy axborot vositalari, ta’lim tizimi, ijodiy uyushmalar orqali targ’ibot- tashviqot ishlari kuchaytirilib, aholi rasmiy (kommunistik) mafkura nuqtai nazardan qayta ishlanadi, ular ongiga mafkuraviy aqidalar singdiriladi;
siyosiy qatag’onlik shaxsning ongi va hatti-harakatlarini nazorat ostiga olish, mavjud tuzumga nisbatan xayrixohlik, sodiqlik, qo’llab-quvvatlash tuyg’usini singdirishning asosiy vositasiga aylanadi;
rasmiy mafkuraga mos bo’lmagan barcha nashriy mahsulotlarni yo’q qilishga, intellektual va ijodiy faoliyatni bo’g’ishga yo’naltirilgan tsenzura organi faoliyat yuritadi;
siyosiy qatag’onlikni amalga oshirish uchun maxsus hokimiyat organlari, mehnat va axloq tuzatish lagerlari tarmog’i tuziladi va faoliyat yuritadi, birga ishlovchi, qo’ni-qo’shnilardan kuzatuvchi, ig’vogar-chaqimchilar yollanadi, aholi qo’rquv ostiga olinadi.
shubhasiz, milliy sovet respublikalari hayotiga ham daxl qilib, ularning butun inon - ixtiyorini Ittifoq davlati tasarrufiga bog’lab qo’ydi. Bu O’zbekiston timsolida ham yaqqol qo’zga tashlandi. Avvalo, respublika hokimiyati boshqaruvining hamma bo’g’inlari to’liq ravishda SSR itifoqi organlariga bo’ysundirildi. Shuningdek, bu erdagi yagona rahbar tashkilot - O’zbekiston kompartiyasi ham VKP(b) ning viloyat bo’limi maqomida faoliyat yuritardi. Binobarin, hukmron partiya va uning Markazqo’mi qabul qiladigan har qanday qaroru farmoyishlar, rahbariy ko’rsatmalar respublika partiya tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy va shart edi. Respublikaning kasaba uyushmalari, yoshlar tashkiloti (Komsomoli) va boshqa jamoat tashkilotlari ham Markazdagi shu xildagi tashkilotlarning aynan andozasi asosida tuzilgan bo’lib, ularga to’liq bo’ysungan holda faoliyat yuritardi. Shu bilan birlikda bu tashkilotlarning barchasi kompartiya etakchiligida, uning siyosiy - g’oyaviy ta’sirida bo’lib, o’z a’zolarining ongi, tafakkurini shu partiyaning mafkurasi, g’oyasi ruhida shakllantirib, tarbiyalab borishlari kerak edi. Negaki, mustabid tuzum sharoitida jamiyat a’zolarini boshqacha ruhda tarbiyalash to’g’risida gap bo’lishi mumkin emasdi. Stalincha ma’muriy – buyruqbozlik tizimi ko’zga ko’rinarli va ko’zga ko’rinmas ming xil qizil iplar bilan O’zbekistonni o’z domiga ilintirib, uning amaldagi rasmiy mustaqilligini yo’qqa chiqargan edi. Uning mahalliy rahbariyati respublikaning iqtisodiy, xo’jalik, madaniy- ma’naviy hayotiga oid biror bir masala, muammoni mustaqil hal etishga haqli, huquqli emas edi. Buning uchun avvalo Markazning roziligini olish talab etilardi. O’zbekiston mustaqilligining nechog’lik rasmiy, yuzaki mazmunda bo’lganligi fakti uning yuksak qonuniy hujjatlarida ham o’z aksini topgan edi. Jumladan, O’zbekistonnning 1937 yilda qabul qilingan Konstitutsiyasi ham mohiyat e’tibori bilan asosan 1936 yil 5 dekabrdan kuchga kirgan SSSR konstitutsiyasining aynan nusxasi edi. 262
Unda respublikaning mustaqilligi, fuqarolarining huquqlari, erkinliklari madh etilmasin, biroq ular amaliyotda nechog’lik soxta, quruq safsatalar bo’lib chiqqanligi hammaga ayondir.
Download 3.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling