Ona tili I chorak 4 – sinf


MATEMATIKA IV chorak Test


Download 104.72 Kb.
bet3/4
Sana26.11.2020
Hajmi104.72 Kb.
#152166
1   2   3   4
Bog'liq
4-sinf uchun testlar


MATEMATIKA IV chorak Test.

1.Ifodaning qiymatini toping: 436 - (197 + 163)



A)360 B)76 C)361 D)402

2.Yig`indini hisoblang: 8 756 + 84 295 + 37 068

A)93 051 B)141 120 C)142 019 D)130119

3. Misolni yeching va to'g'ri javobni belgilang. 870 - 620 + 330

A) 250 B) 620 C) 580 D)80

4. Noma’lum qo'shiluvchini toping va to'g'ri javobni belgilang. (x+ 16) + 300 = 380



A) 16 B) 300 C) 64 D) 74

5. O'quvchilar maktab bog'iga 10 tup gilos ko'chati, gilos ko'chatlaridan uch marta ko'p shaftoli, gilos hamda shaftoli ko'chatlari qancha bo'lsa, shuncha olma ko'chati o'tqazishgan. O'quvchilar necha tup olma ko'chati o'tqazishgan.

A) 20 tup B) 30 tup C) 40 tup D) 50 tup

6.Bo'sh kataklarni to'ldiring va to'g'ri javobni belgilang. 906 tiyin = □ so'm □ tiyin

A) 6 so'm 9 tiyin B) 7 so'm 10 tiyin C) 9 so'm 6 tiyin D) 8 so'm 9 tiyin

7. 407 sm = □ m □ sm

A) 7 m 4 sm B) 47 sm C) 40 m D) 4 m 7 sm

8. Javobi 76 chiqadigan misolni belgilang.

A) (638 - 600) • 2 B) (440 - 380) • 5 C) (420 - 280) • 2 D) (430 - 290): 5

9. Birinchi kesmaning uzunligi 1 dm 7 sm, ikkinchi kesma birinchisidan 2 sm uzun. Uchunchi kesmaning uzunligi birinchi va ikkinchi kesmaning uzunligiga teng bo'lsa uchunchi kesmaning uzunligini toping va to'g'ri javobni belgilang.

A) 2 dm 4 sm B) 3 dm 4 sm C) 3 dm 5 sm D) 3 dm 6 sm

10. O'quvchi 3 ta kitob o'qidi. 1-kitob 48 bet, 2-kitob 68 bet, 3-kitob, 1- va 2-kitob necha betdan iborat bo'lsa shuncha. O'quvchi hammasi bo'lib necha bet kitob o'qigan?

A) 216 bet B) 226 bet C) 232 bet D) 223 bet

11. 3 sutka 9 soatni soatlarda ifodalang:

A) 80 soat B) 81 soat C) 70 soat D) 100 soat

12. O'ramda 240 m sim bor edi. Simning uchdan bir bo'lagi qirqib olindi. O'ramda qirqib olinganidan necha marta ortiq sim qolgan?

A)80 B)3 C)83 D)77

13.Ifodaning qiymatini toping: 76 014: 9 + 4 104: 4

A)9 472 B)2 368 C)1 026 D)8 446

14.Ayirmani hisoblang: 40 000 – 11 616

A)28 384 B)31 616 C)29 494 D)39 384

15.Bo`linmani toping: 11 215 : 5

A)2145 B)5243 C)2 243 D)2 143



16. Bir shahardan ikki poyezd bir vaqtda qarama-qarshi tomonga qarab yo'lga chiqdi. Birinchi poyezdning tezligi soatiga 60 km/soat, ikkinchi poyezdning tezligi soatiga 55 km/soat. Poyezdlar 3 soatdan keyin bir-biridan qancha uzoqlikda bo'lgan?

A)23km B)38km C)690km D)345km

17. 6 ga bo'lganda qoldiq 8 ga teng bo'lishi mumkinmi? A)ha B)yo‘q C)bilmiyman D)noma`lum

18. To'g'ri to'rtburchakning yuzi 96sm2. To'g'ri to'rtbur­chakning bir tomoni 12 sm bo'lsa,

ikkinchi tomonining uzunligini toping.

A)8sm B)82sm C)108sm D)216sm

19. 7 yil 8 oyni oylarda ifodalang:

20. Amallarni bajaring va to'g'ri javobni belgilang: 2 124:36 + 48 889 – 20 958

21.Kilogramlarda ifodalang: 4 sr 07 kg



22. Bo`linmani toping: 224 952 : 728

23. Tenglamaning qiymatini toping: 8.550 : (957 – X) = 18

24. Ko`paytmani toping: 195 436 va 628

25. Qanday uchburchaklar bor?


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

B

D

C

C

C

C

D

A

D

C

B

B

A

A

C

D

B

A

C

A


19. 92 oy

20. 27 990

21. 409kg

22. 309

23. 482

24. 122 733 808

25. Teng yonli, teng tomonli, turli tomonli; o`tkir burchakli, o`tmas burchakli va to`g`ri burchakli.
4-sinflar uchun tabiatshunoslik fanidan test savollari

  1. Quyosh nurlari Yerga necha minutda yetib keladi?

  1. 8 b) 9 c) 10 d) 15

  1. Eng kichik sayyoraning nomi?

  1. Mars b) Yupiter c) Saturn d) Merkuriy

  1. Dastlabki globusni kim yaratgan va uning diametri qancha bo`lgan?

  1. Ibn Sino 8m c) Al-Farg`oniy Abu Rayhon Beruniy 15m

  2. Abu Rayhon Beruniy 5m d) Mirzo Ulug`bek 10m

  1. Yerning tabiiy yo`ldoshi qanday nomlanadi?

  1. Quyosh b) Oy c) Meteor d) Sayyora

  1. Yer yuzidagi eng baland tog` cho`qqisi qaysi tog`da joylashgan?

  1. Pomir c) Tyanshan

  2. Himolay d) And

  1. O`lkamiz hududidagi eng sersuv daryo bu -……

  1. Sirdaryo c) Zarafshon

  2. Amudaryo d) Chirchiq

  1. Sayyora atrofida doimiy aylanib yuradigan osmon jismi nima deb ataladi?

  1. Tabiiy yo`ldosh c) Sun`iy yo`ldosh

b) Kometa va meteor d) Sayyora va sun`iy yo`ldosh

  1. O`lkamizning tog`li hududlarida yashovchi qaysi hayvonlar xalqaro Qizil kitobga kiritilgan?

  1. Qoplon , arxar c) tog` suvsari, buxoro qo`yi

  2. Ayiq, Bug`u d) qor barsi, malla sug`ur

  1. O`zbekiston hududida nechta qo`riqxona tashkil etilgan?

  1. 7ta b) 8ta c) 9ta d) 10ta

  1. O`zbekiston bilan chegaradosh davlatlarni aniqlang?

  1. Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkiya

  2. Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Xitoy

  3. Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Afg`oniston

  4. Qozog`iston, Tojikiston, Qoraqalpog`iston, Rossiya

  1. Yerdan nihoyatda olisda olovdek yonib turgan shar shaklida ulkan osmon jismi nima deb ataladi?

a) Yulduzlar; b) Oy; d) Bulutlar; e) Quyosh.

12. Osmondagi eng yorug‘ yulduz nomi nima?

a) Mars; b) Oy; d) Quyosh; e) Yupiter.

13. 1018 ta yulduzni o‘rgangan va ularning joylashuv jadvalini tuzgan olim?

a) Al Xorazmiy; b) Zahiriddin Bobur; d) Ibn Sino; e) Mirzo Ulug‘ bek.

14. Alloma Mirzo Ulug‘bek yulduzlarni o‘rganish uchun qaysi shaharda rasadxona qurdirgan?

a) Toshkent; b) Samarqand; d) Buxoro; e) Xiva.

15. Yerdagi hayot manbayi?

a) Quyosh; b) Oy; d) Yulduzlar; e) sayyoralar.

16.Suv necha xil ko`rinishda bo`ladi?



  1. 2 xil qattiq va yumshoq c)3 xil qattiq, suyuq, gazsimon

  2. 3 xil yumshoq, qattiq, eruvchan d) To`g`ri javob yo`q

17.Ufqning tomonlarini aniqlaydigan asbobning nomi?

a)barometr b)soat c)kompas d)paletka

18.Ufqning tomonlarini yozing.

19.Respulikamizda nechta viloyatlarni yozing.

20. Oy nima?


  1. Yer yuzida nechta okean bor?

  2. Yonuvchi foydali qazilmalarning nomi?

  3. O`zbekistondagi qaysi cho`llarni bilasiz?

  4. Kim 1018ta yulduzni o`rgangan?

  5. 1 yil necha kundan iborat?

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

a

d

b

b

b

b

a

d

c

c

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

D

d

d

c

c

c

d

a

c

b

21. 4 ta

22. Neft, gaz, torf, ko`mir

23. Qizilqum, Ustyurt, Qarnob cho`l, Mirzacho`l, Qarshi

24. Mirzo Ulug`bek

25. 365-366 kun

II chorak

1.Yer sharining diametri necha kilometr?

a) 12800 km.; b) 40000km.; d) 18200 km.; e)143000 km.

2. Yer sharining ichini necha qismga ajratish mumkin?

a) uch qismga; b) to‘rt qismga; d) ikki qismga; e) besh qismga.

3. Yerning birinchi qismi qanday ataladi?

a) Yer sharining yadrosi; b) Yer sharining mantiyasi;

d) Yer sharining po‘sti; e) Yerning diametri.

4. Yer po‘sti nimalardan tashkil topgan?

a) foydali qazilma; b) temir va boshqa moddalar;

d)temir, nikel va boshqalar; e) ohaktosh, neft va boshqalar.

5.Globusning qoq o‘rtasidan o‘tkazilgan aylana nimani bildiradi?

a) ekvator; b) aylanish o‘qi; d) modeli; e) Yer sharining qutblari.

O‘quvchilarining javoblari baholanadi va mustahkamlanadi.

6. Yerning Quyosh atrofi dan aylanishida nechta holatni kuzatish mumkin?

a) 4 holat; b) 3 holat; d) 5 holat; e) 2 holat.

7.Yer sayyorasi Quyosh atrofi ni bir marta aylanib chiqishi uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi?

a)12 yilda; b) 365 sutka, 6 soat;

d) 368 sutka, 5 soat; e) 365 sutka, 5 soat.

8. Yer sharining o‘z o‘qi atrofi da aylanishidan nimalar almashinadi?

a) sutka almashinadi; b) kun va tun almashinadi;

d) yil fasllari almashinadi; e) hafta almashinadi.

9.Quyosh nurlari ekvatorning yuqori va past qismi birday yoritilganda qaysi faslga to‘g‘ri keladi?

a) bahor; b) qish;

d) yoz; e) kuz.

10. Quyosh nurlari ekvatorning yuqori qismini ko‘proq yoritganda qaysi faslga to‘g‘ri keladi?

a) yoz; b) bahor;

d) qish; e) kuz.

11.Quyosh chiqadigan tomonni belgilang?

a) shimol; b) sharq; d)g‘arb; e) janub.

12.Quyosh botadigan tomonni ayting.

a) shimol; b) sharq; d)g‘arb; e) janub.

13. Osmonning shimol tomonida faqat bitta yorug‘ yulduz siljimasdan bir joyda turadi. Bu qaysi yulduz haqida aytilgan fikr?

a) Quyosh; b) Qutb yulduzi; d)kompas; e) xarita.

14. Ufq tomonlari qanday asbob bilan aniqlanadi?

a) kompas; b) termometr; d) globus; e) barometr.

15. Kompasning qaysi rangdagi ko‘rsatkichi shimolni ko‘rsatadi?

a) qizil rangli; b) havorangli; d)sariq rangli; e) qizil rangli.

16. Amudaryo va Sirdaryoning quyilish manbayi?

a) Orol dengizi; b) cho‘llar; d) dalalar; e) tekisliklar.

17. Tabiiy ravishda vujudga kelgan, chuqurlikda to‘planib qolgan

katta miqdordagi suv qanday nomlanadi?

a) daryo; b) dengiz; d) ko‘l; e) irmoq.
18. Vatanimiz-O‘zbekiston qanday mintaqada joylashgan?

a)suptropik b)qutbiy d)mo`tadil e)tropik

19. Yer yuzidagi eng kattasi okeani yozing.

20. Vatanimiz−O‘zbekistonda qaysi tog‘ tizmalari bor?

21. O‘zbekiston nechta qo`shni davlat bilan chegaradosh?

22. Ma’muriy xarita qangay xarita?

23. Yer yuzi tabiatining xilma xil bo‘lishi nimaga bog`liq?

24. O‘zbekiston qanday zonada joylashgan?

25. Doimiy yashil o‘rmonlarda qanday o‘simliklari o‘sadi?


S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

J

B

A

A

D

A

E

B

B

D

B

B

D

B

A

A

A

D

D

19. Tinch okeani

20. Chotqol, Ugom, Qurama, Hisor, Zarafshon, Turkiston, Nurota

21. 5 ta


22. davlat chegaralarini belgilovchi

23. Tabiiy hodisalarga

24. Issiq

25.


III chorak

1. Cho‘l deb nimaga aytiladi?

a) past daraxtlar bilan qoplangan joy;

b) o‘simliklar yaxshi rivojlanmaydigan qurg‘oqchil yerlar;

d) tog‘larning bir-biriga ulangan joyi;

e) o‘t o‘simliklar bilan qalin qoplangan joy.

2. Shamol qumlarni surib, do‘nglik hosil qiladi. Bu do‘nglik nima deb ataladi?

a) barxan; b) taqir; d) gilli; e) adir.

3. O‘zbekiston hududidagi cho‘llarni belgilang.

a) Sirdaryo, Zarafshon; b) Qizilqum, Mirzacho‘l;

d) Navoiy, Toshkent; e) Qarshi, Surxondaryo.

4. Ildizlari juda uzun, yerosti suvlaridan bahra oladigan o‘simlik?

a) lolaqizg‘aldoq, rayxon; b) shuvoq, ajriq;

d) saksovul, yantoq; e) juzg‘un, xayrigul.

5. Cho‘lda qanday yirik hayvonlar yashaydi?

a) jayron, oqquyruq; b) ayiq, mushuk;

d) to‘ng‘iz, timsoh; e) yumronqoziq, toshbaqa.

6. Oy nima?

a) yerning tabiiy yo’ldoshi b) yulduz

c) yerning kichraytirilgan qismi? d) sayyora

7.Nimalar jonli tabiatga kirmaydi?

a)daraxtlar b)odamlar c)havo, suv d)o’simliklar, tuproq

8. O`zbekistondagi daryolar nomi qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan?

a) Nil, Amazonka, Chirchiq

b) Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq, Zarafshon

c) Baykal, Orol, Ko`ksuv

d) Hamma javob to`g`ri

9.Qaysi javobda butalar nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

a) anor, anjir, behi; b) olma, olcha, anor;

c) anjir, shaftoli, o‘rik; d) anor, anjir, na’matak.

10.Qaysi ekinlar donli ekinlarga kiradi?

A) bug‘doy, yong‘oq, olxo‘ri; c) sholi, yeryong‘oq, makkajo‘xori;

b) bug‘doy, sholi, shaftoli; d) bug‘doy, sholi, makkajo‘xori.

11.Poliz ekinlari poyalari qanday ko‘rinishda o‘sadi?

a) poyalari qattiq, tik o‘sadi;

b) butalar kabi poyalari yog‘ochlangan va to‘p-to‘p bo‘lib o‘sadi;

c) uzum toki kabi ishkomda yoki so‘rida o‘sadi;

d) poyalari yoyilib yer bag‘irlab o‘sadi.

12.Yer yuzidagi eng katta ko‘l?

a) Orol dengizi; b) Kaspiy dengizi; d) Baykal ko‘li; e) Yuqori ko‘l

13.Inson kuchi bilan yaratilgan suniy suv havzasi?

a) kanal; b) ariq; d) anhor; e) suv ombori.

14. Ko‘hitangtog‘ tizmasida qaysi qo‘riqxona joylashgan?

a) Kitob davlat geologiya qo‘riqxonasi; b) Surxon davlat qo‘riqxonasi;

d) Hisor davlat qo‘riqxonasi; e) Zomin davlat qo‘riqxonasi.

15. Hisor davlat qo‘riqxonasida qanaqa ayiq muhofaza qilinadi?

a) qo‘ng‘ir ayiq; b) Oq ayiq;

d) Oq tirnoqli Hisor ayig‘i; e) Qora ayiq.

16. Shahar, qishloq, korxonalar qurish, cho‘l, o‘rmonlarni o‘zlashtirish natijasida nimalar kamayib ketdi?

a) Tabiiy o‘simliklar; b) madaniy o‘simlik;

d) manzarali o‘simliklar; e) buta o‘simliklar

17. O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”ga kiritilgan qushni toping.

a) Laylak; b) qizilishton; d) to‘rg‘ay; e) qora laylak.

18.Foydali qazilmalar nima?

a)Yer osti boyliklari b)daryo boyliklari d)o`rmon boylklari e)osmon boyliklari

19. Neft va qaz konlari ilk bor qayerda aniqlangan?

20.Angrendan nima qazib olinadi?

21. Yurtimiz hududlarida noyob va qimmatbaho qaysi metallar qazib olinadi?

22. Qurilish xomashyolaridan qaysilarini bilasiz?

23.Vatanimizdagi tarixiy yodgorliklarni qayta ta’mirlashda qanday qazilma boyliklarimizdan foydalanilgan?

24.Metallar xalq xo‘jaligida qanday ahamiyatga ega ?

25. Qo‘riqxonalar qanday maqsadda tashkil etilgan?





S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

J

B

A

B

D

A

A

C

B

D

D

B

D

B

A

A

A

D

A



IV chorak

1. Xaritada okean, dengiz, suv havzalari qanday rang bilan

ko‘rsatilgan?

a) havorang; b) jigarrang; d) sariq rang; e) pushti rang.

2. Ufq tomonlarini o‘lchaydigan asbob?

a) kineskop; b) mikroskop; d) kompas; e) harorat o‘lchagich.

3. O‘zbekistonda nechta qo‘riqxona mavjud?

a)11ta; b)8 ta; d)9ta; e) 10 ta.

4. Mamlakatimizning yer maydoni qancha?.

a) 328000 kv.km; b) 448900kv.km;

d)7209 kv.km; e) 442600kv.km.

5. O‘zbekiston Respublikasining siyosiy-ma’muriy markazi?

a) Sirdaryo; b) Samardand;

d) Buxoro; e) Toshkent.

6. Toshkent shahrining egallagan maydoni va aholisi berilgan javobni belgilang.

a) maydoni - 328 kv.km. va aholisi - 2 mllion 300 ming kishi;

b) maydoni - 15300 kv.km. va aholisi – 2 million 700 ming kishi;

d) maydoni – 7400 kv.km. va aholisi – 2 million 400 ming kishi;

e) maydoni – 21100 kv.km. va aholisi 1 million 200 ming kishi.

7. Aholini Yer yuzining turli xil o‘simliklari bilan tanishtirish maqsadida shaharda qaysi bog‘ tashkil etilgan?

a) Hayvonot bog‘i; b) Botanika bog‘i; d) Bobur milliy bog‘i; e) G‘afur G‘ulom istirohat bog‘i.

8. Toshkent viloyatining shaharlari berilgan qatorni toping.

a) Urgut, Samarqand, Oqqo‘rg‘on; b) G‘ijduvon, Kogon, Shofi rkon;

d) Chirchiq, Angren, Olmaliq; e)Chust, Koson, Termiz.

9. Toshkent viloyatini suv bilan ta’minlaydigan daryolarni belgilang.

a)Sirdaryo, Chirchiq, Ohangaron; b) Sirdaryo, Ugom;

d) Katta Farg‘ona, Zarafshon; e) Do‘stlik, Zarafshon.

10. Toshkent viloyati hududida qahday konlar mavjud?

a) qo‘ng‘ir ko‘mir, ohaktosh; b) tabiiy gaz, neft;

d) Osh tuzi, marmar; e) oltin, neft.

11. Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari mamlakatimiz-

ning qaysi qismida joylashgan.

a) sharqiy; b) shimoliy; d)g‘arbiy; e) janubiy.

12. Guliston shahri qaysi viloyatda joylashgan?

a) Jizzax; b) Sirdaryo; d) Samarqand; e) Andijon.

13. Samarqand viloyatining aholisi qancha?

a) 1 million 200 ming; b) 750 ming;

d) 3 million 300 ming; e) 2 million 700 ming.

14.Tabiatni muhofaza qilish maqsadida Jizzax va Samarqand viloyat-

larida nechta qo‘riqxona tashkil etilgan?

a) 5 ta; b) 4 ta; d) 3ta; e) 9ta.

15. Zarafshon daryosi bo‘yida to‘qayzor majmuini muhofaza qilish

maqsadida qanday qo‘riqxona tashkil qilingan?

a) Zomin; b) Nurota; d) Zarafshon; e) Hisor.

16.Surxon davlat qo‘riqxonasida nimalar muhofaza qilinadi?

a) o‘simliklar; b) tog‘- yong‘oqlari;

d) archazorlar; e) hayvonlar.

17. Tog‘ jinslarini o‘rganish va muhofaza qilish maqsadida qanday qo‘riqxona tashkil etilgan?

a) Kitob davlat geologiya qo‘riqxonasi; b) Surxon davlat qo‘riqxonasi;

d) Hisor davlat qo‘riqxonasi; e) Zomin milliy tabiat bog‘i.

18.Surxondaryo viloyatining shaharlarini yozing.

19. Eng issiqsevar mevalar: xurmo, anor, anjir kabilar qaysi viloyat-

larda yetishtiriladi?

20. Insonning tabiatga beparvoligi qanday oqibatga olib keladi?

21. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish haqida belgilangan?

22.Tabiat qo‘ynida dam olish chog‘ida o‘zingizni qanday tutishingiz lozim?

a) atrofdagilarga xalaqit berish; b) yon-atrofni ifl oslantirmaslik;

d) chiqindilarni suv va tabiat qo‘yniga tashlamaslik; e) b va d javoblar to‘g‘ri.

23. Ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qanday hissa qo‘shish kerak?

a) gul va daraxt ko‘chatlari ekish; b) gul va daraxt ko‘chatlarga zarar yetkazish;

d) gul va daraxt ko‘chatlarni parvarishlash; e) a va d javoblar to‘g‘ri.

24. “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi”da necha turdagi o‘simlik va hayvon o‘rin olgan?

25. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining adirlarida qanday o‘simliklar o‘sadi?


S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

J

A

D

D

A

B

D

A

A

A

B

A

B

A

A

D

B

E

D



Download 104.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling