Ona tili va adabiyot fanidan


Tuzuvchi: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Uralov Azamat


Download 1.44 Mb.
bet183/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

Tuzuvchi: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Uralov Azamat

182


Kirish
Ishchi dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli Qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-conli farmonida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, u zamonaviy talablar asosida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini oshirishni nazarda tutadi.
Dastur mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va ma’ruzalarida jamiyat rivoji hamda ta’lim-tarbiya masalalari, xalq ta’limining huquqiy-me’yoriy asoslari va qonunchilik normalari, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta’lim jarayonlarida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, amaliy xorijiy til, ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini o‘z ichiga oladi va ular bo‘yicha tegishli yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Dastur doirasida berilayotgan mavzular ta’lim soxasi bo‘yicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari va o‘quv rejasi asosida shakllantirilgan bo‘lib, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari fanga oid zamonaviy ta’lim va innovatsiya texnologiyalari, ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish, axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish, chet tillarini intensiv uzlashtirish darajasini oshirish xisobiga ularning kasb mahoratini, o‘quv-uslubiy faoliyatini muntazam yuksaltirish bilan bog‘liq bilim,
ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantiradi. Shuningdek, o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning kasb mahorati va o‘quv-uslubiy faoliyatini sifatli tashkil etish kompetentsiyalarini muntazam yuksaltirishni nazarda tutadi.
Modullarning ishchi o‘quv dasturi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari malakasini oshirish kursining o‘quv dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, fan bo‘yicha tanlangan mavzularni o‘qitishning zamonaviy usul va metodlari bilan tanishtiradi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling